Bokova Anna Aleksandrovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dorivor o‘simlik ekstraktlari asosida kardioprotektor ta’sirga ega biologik faol ko‘shimcha yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo, 03.00.01- Biokimyo  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B712.
Ilmiy rahbarlar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Gayibova Sabina Narimanovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali Agzamovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shomurodov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: turkiston arslonquyrug‘i, turkiston doʻlanasi, botqoq quritkichi (qo‘nog‘i) ekstraktlarining kardioprotektiv taʼsirini oʻrganish, faol metabolitlari va ularning taʼsir mexanizmlarini aniqlash hamda ular asosida kardioprotektiv ta’sirga ega biologik faol qoʻshimchani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor adrenalin bilan chaqirilgan miokarditda kreatinkinaza (KFK) va S-reaktiv oqsil (SRO) darajasini pasaytirish uchun ekstraktlarning maqbul dozalari aniqlangan;
ekstraktlarning oksidlovchi stressni kamaytiruvchi yuqori samaradorligi aniqlanib, ularning antioksidant va antiradikal ta’sir mexanizmi isbotlangan;
hujayrada kalsiy kanallarini ingibirlash va erkin kalsiyni bog‘lash orqali ekstraktlarning vazorelaksant (qon tomirlarini bo‘shashtiruvchi) ta’sir mexanizmi aniqlangan;
ekstraktlar og‘iz orqali yuborilganda normobarik gipoksiya sharoitida hayvonlarning yashovchanligini oshishi isbotlangan;
olingan ekstraktlar asosida yaxshilangan kardioprotektorlik xususiyatiga ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik ekstraktlarining kardioprotektor xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekstraktlarning fitokimyoviy tarkibi va komponentlarining tuzilishini aniqlash boyicha olingan natijalar Barselonadagi Avtonomiya Universiteti (Universitat Autonoma de Barcelona), Biokimyo va molekulyar biologiya kafedrasida bajarilgan “Lipid-based nanosystems for biomedical applications” loyihasi doirasida faydalanilgan (Universitat Autonoma de Barcelonaning 2024 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, fitokomponentlar tuzilishi va biologik faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikligini aniqlash imkonini bergan;
o‘simlik ekstraktlarining kardioprotektiv faolligini aniqlash va komponentlar nisbatini optimallashtirish natijalari asosida “Herbal Cardio Harmony” nomli biologik faol qo‘shimcha uchun Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TU 03535393-55:2024, 2024 yil 14 noyabr, №31-8/1082). Natijada, “Herbal Cardio Harmony” biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish