Xusanov Nuriddin Ahmadxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ruda maydalovchi jihozlar detallarining ishchi yuzalariga eyilishbardosh qoplama qoplash uchun qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqish va tadqiqot qilish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3108.
Ilmiy rahbar: Karimov Shoirdjon Ahralovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Tulqin Usmanovich, texnika fanlari doktori; Begatov Jahongir Maxamadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ruda maydalovchi jihozlar detallarining ishchi yuzalariga eyilishbardosh qoplama qoplash uchun qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoplama qoplash jarayonlarni modellashtirish asosida elektrokontaktli pishirish usulida qoplashga mo‘ljallangan yuqori eyilishga bardoshli qoplamaning yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
elektrokontaktli pishirish jarayonini modellashtirish asosda optimal tarkibli kukun aralashmasidan yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan qoplama olishning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
vol`fram karbidi asosli kukun aralashmani elektrokontaktli pishirish usulida detallar yuzasiga qoplashda tok kuchi 475 A, kuchlanish 0,66 V qiymatiga ega bo‘lgan holda kukun aralashmadagi bog‘lovchi komponentni suyuq fazaga o‘tishi qoplamani qoplash jarayonini modellashtirish asosida aniqlangan;
vol`fram karbidi asosli kukun aralashmani elektrokontaktli pishirish usulida detallar yuzasiga qoplashda tok kuchini 485 A qiymatidan va kuchlanishni 0,80 V qiymatdan ortishi kukun aralashmadagi bog‘lovchi komponent miqdorini kamayishiga olib kelishi eksperemental aniqlangan;
vol`fram karbidi asosli qattiq qotishma kukun aralashmalarini elektrokontaktli pishirish orqali detallar yuzasiga qoplashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ruda maydalovchi jihozlar detallarining ishchi yuzalariga eyilishbardosh qoplama qoplash uchun qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ruda maydalovchi jihozlar detallarining toresli ishchi yuzasiga elektrokontakt pishirish usulida eyilishga bardoshli qoplama qoplash qurilmasi «Olmaliq KMK» AJ qoshidagi “Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi”da amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2024 yil 3 dekabrdagi 03-24/42-0008 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kerakli o‘lchamgacha maydalangan rudalarni ishlab chiqarish unumdorligini 1,3...1,5 marta oshirish imkonini bergan;
ruda maydalovchi jihozlar detallarining toresli ishchi yuzasiga elektrokontakt pishirish usulida eyilishga bardoshli qoplama qoplash uchun vol`fram karbidi asosli qattiq qotishma kukunlarining optimal tarkibi «Olmaliq KMK» AJ qoshidagi “Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi”da amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2024 yil 3 dekabrdagi 03-24/42-0008-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ruda maydalovchi jihozlar detallarining ishchi yuzasini qoplama bilan qoplash detallarning ishlash resursini 15-20% oshirish hamda sarf xarajatlarni 10-12% kamaytirish imkonini bergan.