Anarboev Iqboljon Ibroximovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyosh nurlari bilan qizdirilib olingan kremniyning elektrofizik va termoelektrik xossalari» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM664
Ilmiy rahbar:, Olimov Lutfiddin Omonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: 
Onarkulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Abdulazizov Baxrom Toshmirza o‘gli, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot:Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy zarrachalarini quyosh nurlari yordamida qizdirib biriktirish orqali olingan polikristal kremniyning elektrofizik va termoelektrik xarakteristikalarini hajmiy nuqson va lokallashgan kirishmali holatlariga bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlash, ular asosida termoelektrik materiallar olishning fizik mexanizmlari hamda texnik echimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat, ilk bor,:kremniy zarrachalarini quyosh nurlari bilan kremniyning erish haroratidan 20 % past (T1350 K) haroratda qizdirib biriktirish vaqtini boshqarish begona kirishmalardan holi sof polikristal kremniy hosil qilishi asoslangan; 
T≤575 K da polikristal kremniy old sirtda elektro‘tkazuvchanligi hamda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi ortib so‘ngra kamayishi, aksincha, orqa tomoni elektro‘tkazuvchanligi hamda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kamayib so‘ngra ortishi mos holda, old va orqa sirt soha donadorliklararo chegaralarida lokallashgan tuzoqlarda zaryad tashuvchilar ushlanishi va ozod bo‘lihiga bog‘liqligi aniqlangan;
T300÷800 K da donadorliklararo chegaradagi lokallashgan tuzoqlarda zaryad tashuvchilar ushlanishi hisobiga ularning yashash vaqtining kamayishi polikristal kremniyning har ikki old va orqa tomonida zaryad tashuvchilar harakatchanligining 0,0245 dan 0,015 sm2/Vs gacha kamayishiga olib kelishi aniqlangan; 
donadorliklararo chegaradagi potensial to‘siq balandligi 0,39÷1,0 eV oraliqlarida o‘zgarib, T=300÷775 K da old yuza sirt sohasiga nisbatan orqa yuza sirtida 0,061 eV farq bilan o‘zgarishi aniqlangan;
T300÷800 Kda donadorliklararo chegara sohalardagi kirishmali holat va nuqsonlarda elektron-kovak juftliklarining hosil bo‘lishi bilan Uq va Iq hamda Uf va If paydo bo‘lishi aniqlangan;
kremniy zarrachalari negizida tayyorlangan polikristal kremniy solishtirma termoeyukkasi 400 K da 800-1000 mikrovolt/gradus, issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 0,12 Vt/m*K ekanligi, bu esa monokristal kremniydan mos holda, 20 marta katta va 1240 marta kichikligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh nurlari bilan qizdirib olingan kremniyning elektrofizik va termoelektrik xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyosh nurlari yordamida kremniy zarrachalarini qizdirib biriktirish orqali “Termoelektrik material tayyorlash usuli” ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan (Oʼzbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining foydali model uchun Patenti Uz FAP 01593, sana 25.02.2021). Ishlab chiqilgan usul kremniy zarrachalari negizida polikristal tuzilmali issiqlik energiyasi o‘zgartirgichini yaratish imkonini bergan; 
granullangan kremniy zarrachalari va ularni quyosh nurlari bilan qizdirib quyish texnologiyasini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalari “Andijon kabel” aksionerlik jamiyati O‘zbekiston Rassiya qo‘shma korhonasida mis granulalarining xossalari va ular asosida elektrokabellar quyish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilishda qo‘llanilgan (“O‘zeltexsanoat” aksionerlik jamiyatining 2022 yil 12  avgustdagi № 04-3/1836- sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usul mis elektrokabellarini oksidlanish holatini 50% dan 80% gacha boshqarish hamda ularda yuz beruvchi fizik jarayonlarni tahlil qilish imkonini bergan; 
granullangan  kremniy zarrachalarini quyosh nurlari bilan qizdirib biriktirish orqali kremniy tuzilmalari olishda olingan ilmiy natijalari Qirg‘iziston respublikasi Osh Davlat universitetining olimlari tomonidan fundamental va amaliy loyxalarida qo‘lanilgan (Osh davlat universitetining 2022 yil 25 yanvardagi №150 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalardan foydalanish temperatura o‘zgarishi jarayonida polikristal yarimo‘tkazgichli energiya o‘zgartirgichlarning ishchi parametrlarini orttirish hamda ularning hajmida yuz beradigan fizik jarayonlarni tushuntirish imkonini bergan;
kremniy zarrachalarini quyosh nurlari bilan qizdirib biriktirish orqali temoelektrik material olishda olingan ilmiy natijalari Qirg‘iziston respublikasi Osh Davlat texnologiyalar universiteti “Fizika va energo mashinasozlik” kafedrasi ilmiy laboratoriyasi va ilmiy ishlarida foydalanilgan (Qirg‘iziston respublikasi Osh Davlat texnologiyalar universitetining 2022 yildagi 10 febraldagi № 04-02/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalardan foydalanish kremniy zarralarini quyosh nurlari bilan qizdirish yo‘li bilan polikristal kremniy va termoelektrik materiallar olishning optimal rejimini aniqlash, harorat o‘zgarishi jarayonida polikristal tuzulmalar donadorliklararo chegara sohalarida zaryad ko‘chish jarayonlarini va termoelektrik xarakteristikalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish