Obidov Oybek Sobitjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chizel-kultivatorning eyilgan ishchi organlarini tiklash texnologiyasini takomillashtirish (dolota misolida)” 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash. (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4737
Ilmiy rahbar: Mo‘ydinov Azizbek Shuxratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor va Almataev Tojiboy Orziqulovich texnika fanlari nomzodi, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chizel-kultivatorning eyilgan dolotalarini tiklash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
chizel-kultivator dolotalarining resursini oshirish maqsadida, ularning tez eyiladigan qismini almashtirish imkonini beradigan yangi yig‘ma konstruksiyasi yaratilgan; 
ish organlarining ishqalanish yuzasida hosil qilingan eyilishga chidamli qatlam tarkibidagi qattiq qotishmalar zarralarining o‘lchamini tuproq tarkibidagi abraziv zarralarining o‘rtacha o‘lchamigacha ortib borishi va ushbu qattiq qotishmalar zarralari orasidagi masofani qisqarib borishi ish organining abraziv eyilishga chidamliligini ortishi hamda ish organi yuza qatlamidagi qattiq qotishmalarning hajmiy miqdori 50% gacha bo‘lishi kerakligi asoslangan.  
eksperimental tadqiqotlar asosida dolota materialining eyilish miqdori, eyilish jadalligi, tuproqning bosimga, ishqalanish tezligiga hamda dolota materialining qattiqligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi empirik bog‘lanishlar aniqlangan; 
chizel-kultivator dolotalarining tez eyiladigan qismini mahalliy hom ashyolardan quyib qayta tiklash uchun uning resursini mavjudlariga nisbatan yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan strukturaga, qattiqlikka, eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan materialning tarkibi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dolotalarni tiklab resursini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan dolotalarning tez eyiladigan qismini almashtirish orqali qayta tiklash imkonini beradigan yangi yig‘ma konstruksiyasi Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “BALIQChI AGROMAKS” va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “KHANTEX AGRO SERVIS” MChJ larida ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazilgan  hamda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04/497-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu chizel-kultivator dolotalarining ish resursi 1,71 martaga ortishiga va ehtiyot qismlar sarfi 30 - 35 % ga kamayishiga erishilgan.
dolotalarning tez eyiladigan qismini almashtirish orqali qayta tiklash imkonini beradigan takomillashtirilgan texnologiyasi “AVTO  TEXNO IMPULS”  MChJ ga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 05/04-04/497-son ma’lumotnomasi). Natijada tez eyiladigan qismini almashtirish imkonini beradigan yangi yig‘ma konstruksiyadagi dolotalarni seriyalab ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish