Islamov Baxtiyor Xaydarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy tolalar chiqindilarini qayta ishlash asosida kompozision materiallarni olishning ilmiy-amaliy yo‘llari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/K194. 
Ilmiy maslahatchilar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.09.2020.K.82.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; To‘xtaev Feruz Sadulloevich, kimyo fanlari doktori, dosent; Inagamov Sobitjon Yakubjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy tola chiqindilarini qayta ishlash asosida kompozision materiallar olishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish, kompozision materiallarning tuzilishi, tarkibi, fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy tolalarga, shuningdek, ikki yoki uch komponentli aralashmalarga siqilish va siljish deformatsiyasining ta’sirini o‘rganish asosida tolalarni mexanik ta’sirida maydalanish jarayoni, ularni boshqa qo‘shimachlar (ingredient) bilan aralashuvining asosiy mezonlari va yangi kompozision materiallar olish sharoitlari ilmiy asoslangan;
tabiiy va sintetik polimer asosida kompozision materiallar olishning muqobil (optimal) sharoitlari hamda ta’sir qiluvchi omillari aniqlangan;
tabiiy tolalarni tuzli aralashmasiga intensiv kuchli ta’sir qilishi, tabiiy tolalar tuzilmasini o‘zgarishiga, ularning gomogenlashishiga va pirovardida tabiiy tollarning gʻayritabiiy darajada yuqori konsentratsiyasi bo‘lgan yuqori yopishqoqlikdagi eritmalarga, yaʼni “qattiq fazali” eritmaga olib kelishi asoslangan;
tarkibida tabiiy tolalar miqdori 10-50 %gacha bo‘lgan, tabiiy tola va poliakrilonitril aralashmali kompozisiyalarini, ushbu materiallarga dastlab ayrim tuzlar bilan intensiv kuch ta’sirida, 293-393K harorat oraligʻida ishlov berilganda “qattiq fazali” aralashmali kompozitlar olish va bu jarayonning barcha parametrlarga o‘zaro bogʻliq qonuniyati aniqlangan;
to‘qimachilik ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashga asoslangan kompozistion material yordamida to‘qimachilik materiallarini takomillashtirish (modifikatsiya) usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati chiqindilarini qayta ishlash va kompozision materiallarni yaratish uchun chiqindilarni qayta ishlash jarayonlari asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sohasi tabiiy chiqindilarni qayta ishlash asosida polimer kompozisiyasini olish usuli “Jizzax KenTeks” MChJ to‘qimachilik korxonasida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan tikuv iplari ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zR “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 03/25-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan tikuv iplarining mustahkamligini 1,5÷2,0 barobar oshirish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonida iplarning uzilishini 25 %ga kamaytirish imkonini bergan; 
tabiy tolali iplarni modifikatsiyalash usuli va texnologik parametrlari  “Ideal tekstil-orzu” MChJ tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan (O‘zR “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 03/25-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, tikuv iplarining elektrofizik xususiyatlarini yaxshilanishi bilan uning mustahkamligi 1,5÷2,0 barobar oshirish imkonini bergan;  
termoplastik materiallar aralashmali kompozisiyalarini olish va uning yordamida to‘qimachilik materiallarini takomillashtirish (modifikatsiyalash) bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya “Jizzax KenTeks” va “Ideal tekstil-orzu” MChJ korxonalarida joriy etilgan (O‘zR “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 03/25-2508-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamayirilish va umumiy yillik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish