Hamzaev Jamshid Fayzidin o‘g‘lining
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Trafik oqimlariga intellektual ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4637.
Ilmiy rahbar: Kuchkorov Temurbek Ataxonovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor, Allamov Oybek Turaboevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Trafik oqimlariga intellektual ishlov berish asosida avtotransport vositalarini tanib olish, sanash, harakatini kuzatish modellari va tirbandlikka mos holda svetoforni moslashuvchan boshqarishning algoritmlari hamda apparat-dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- konvolyusion neyron tarmoq arxitekturasiga asoslangan kuzatuv kameralari tasvirlaridan  chorrahadagi avtotransport vositalarini tanib olish, sanash va ularning keyingi harakatini kuzatish neyron tarmoq modeli va  algoritmi ishlab chiqilgan;
- DeepSort algoritmi asosida avtotransportlar harakati zich holatida, bir – biriga yaqin bo‘lgan avtotransport vositalarini alohida obekt sifatida ajratib olish algoritmi ishlab chiqilgan; 
- bilimlar bazasi va qoidalari asosida chorrahadagi kuzatiladigan tirbandlikni bartaraf  etishga ko‘maklashuvchi svetoforni adaptiv boshqarishning noravshan mantiq modeli ishlab chiqilgan;
- IoT texnologiyalari asosida chorrahalardagi tirbandlik ma’lumotlarini o‘zaro almashinuvchi arxitektura hamda apparat-dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan model, algoritm va dasturiy vositalar asosida: 
CNN neyron tarmoqlari asosida obektlarni aniqlash va sanash algoritmi hamda avtotransportlar harakati yuqori holatida, bir – biriga yaqin bo‘lgan avtotransport vositalarini alohida obekt sifatida ajratib olish modeli, chorrahada o‘rnatilgan svetoforlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni ta’minlovchi Internet of Things (IoT)-asosidagi arxitektura kabi bir qator ishlab chiqilgan algoritm va dasturiy ta’minot Sirdaryo viloyati
IIB JXX YHXB bo‘limi ish faoliyatida joriy etilgan. (Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB bo‘limining 2024 yil 14 sentyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, yaratilgan dastur hamda algoritmlar avtotrasnport yo‘llarida kuzatilayotgan tirbandlikni engilashtirishda hamda chorrahaning o‘tkazuvchanligini 7-9 % oshirish imkonini bergan.
Svetoforni adaptiv boshqarishning noravshan mantiq modeli, aynan svetoforning qaror qabul qilish jarayonini ta’minlab berishda bevositda asosiy funksiyani amalga oshirishda ishlab chiqilgan bilimlar bazasi avtotrasnport tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Damirjon Dilnurjon hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ish faoliyatiga joriy etilgan. (“Damirjon Dilnurjon hamkor” MChJ tomonidan taqdim qilingan 2024 yil 10 sentyabrdagi dalolatnomasi).Natijada, transport vostalarini harakatini tartibga solishda hamda yo‘lovchilarning o‘z manzillariga belgilangan vaqtda etib borishi uchun sharoit yaratgan.
Olingan dalolatnomalar asosida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan ma’lumotnoma olingan (O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati hokimligi 2024 - yil 16 - oktyabr  08-1-3 – son ma’lumotnomasi ).

Yangiliklarga obuna bo‘lish