Bozorov Baxriddin Nizomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oltin qazib olish shaxtalarida inson xavfsizligini ta’minlashning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish”, 05.01.10 – “Axborot olish tizimlar va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4651.
Ilmiy rahbar: Kalandarov Ilyos Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti t.f.d. professor A.A. Saidov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, t.f.f.d. (PhD), dotsent B.B. Elov.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot tizimlari aro jarayonlarni tizimlashtirish konseptual modeli asosida axborotlarga ishlov berishning kognitiv modellari, algoritmlari hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xavfsiz mehnat faoliyatini yaratish avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tahlili asosida axborot tizim konseptual modeli takomillashtirilgan;
axborot jarayonlarda salomatlikka ta’sir qiluvchi minimax normallashtirilgan parametrlar asosida qaror qabul qilishning kognitiv modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
real vaqt rejimida obektlar holati haqidagi axborot jarayonlarini shakllantirish asosida guruh qarorlarini qabul qilishning kognitiv modeli ishlab chiqilgan;
smart qurilmalar yordamida axborot jarayonlari va resurslarini tavsiflash, optimallashtirish hamda axborot oqimlaridagi qonuniyatlarni aniqlash asosida inson-mashina axborot tizimi interfeysi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oltin qazib olish shaxtalarida inson havfsizligini ta’minlashning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishga doir ilmiy tadqiqotlar natijalari:
axborot jarayonlarda salomatlikka ta’sir qiluvchi minimax normallashtirilgan parametrlar asosida qaror qabul qilishning kognitiv modeli va algoritmi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Janubiy kon boshqarmasi Zarmitan konida qo‘llanildi (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2025 yil 27 yanvardagi 25.01-01-07/124-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijasi er osti kon ishlarida faoliyat olib boruvchi ishbay va vaqtbay asosda ishlovchi xodimlarning mehnat unumdorligi 2%ga oshib, ushbu vaqtda xodimlarga maqsadsiz 16,6% ish haqi to‘lanishini oldini olish imkoniyati yaratilgan;
xavfsiz mehnat faoliyatini yaratish avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tahlili asosidagi axborot tizim konseptual modeli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Qizilqum kon boshqarmasi Qoraqo‘ton konida qo‘llanildi (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2025 yil 22 yanvardagi 25.01-01-07/238-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida xodimlarni smena boshlanishidan oldin avtomatlashtirilgan axborot tizim elementlari orqali tekshirib, og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish va kunlik doktor tekshiruviga yuborilganda o‘rtacha ish haqi to‘lab berilishi oldini olish natijasida mehnatga layoqatsizlik davrlariga to‘lanadigan mablag‘ miqdori 20%ga tejash imkonini bergan;
real vaqt rejimida obektlar holati haqidagi axborot jarayonlarini shakllantirish asosida guruh qarorlarini qabul qilishning kognitiv modeli va smart qurilmalar yordamida axborot jarayonlari va resurslarini tavsiflash, optimallashtirish hamda axborot oqimlaridagi qonuniyatlarni aniqlash asosida inson-mashina axborot tizimi interfeysi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Janubiy kon boshqarmasi Gujumsay konida qo‘llanildi (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2025 yil 24 yanvardagi 25.01-01-07/351-son ma’lumotnomasi). Kon-transporti vositalariga avtomatlashtirilgan axborot tizim elementlarini joriy qilish orqali turib qolish vaqtlarini qisqartirish evaziga dizel yoqilg‘isi 17,6%ga, yuklamasiz harakatlanish motosoat keffisientini 0,47 dan 0,48 ga oshirish orqali 2,08% yoqilg‘i iqtisodiga erishish imkoniyati yaratilgan.