Xannarov Komiljon Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Davlat byudjetidan aholini uy-joy bilan ta’minlashni rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Moxichexra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Shernaev Akbar Aqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor..
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholini davlat byudjetidan uy-joy bilan ta’minlashni moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditini taqdim etishda oila a’zolarining sonini inobatga olish orqali uy-joy narxining bozor qiymati yuklamasi ta’sirini yumshatish taklif etilgan.
turar-joy narxlarini tartibga solishda monetar omillarni tahlil qilish asosida byudjetning ipoteka krediti siyosatidan foydalanish samaradorligini oshirish taklif etilgan.
davlat byudjetidan subsidiyalar ajratishda aholini jinslar kesimida tizimlashtirish orqali ularni uy-joy bilan ta’minlashning ijtimoiy elementi sifatini oshirish asoslangan.
eskrou hisobraqam vositasida davlat maqsadli jamg‘armasi ekotizimini tashkil etish asosida aholining bo‘sh turgan mablag‘larini yangi uy-joy qurilishiga yo‘naltirish bilan moliyaviy munosabatlarni ulushli shartnoma mezoni asosida tartibga solish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda aholi aholini uy-joy bilan ta’minlashda byudjetdan moliyalashtirish ustuvorliklarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditini taqdim etishda oila a’zolarining sonini inobatga olish orqali uy-joy narxining bozor qiymati yuklamasi ta’sirini yumshatish taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son farmonining 3-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 37-06/2379-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash 17 foizga oshdi.
turar-joy narxlarini tartibga solishda monetar omillarni tahlil qilish asosida byudjetning ipoteka krediti siyosatidan foydalanish samaradorligini oshirish taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son farmonining 4-bandi v-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 37-06/2379-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda byudjet hisobidan ipoteka kreditlarini ajratish 13 foizga oshdi.
davlat byudjetidan subsidiyalar ajratishda aholini jinslar kesimida tizimlashtirish orqali ularni uy-joy bilan ta’minlashning ijtimoiy elementi sifatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son farmonining 10-ilova 24-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 37-06/2379-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda daromadga ega bo‘lmagan aholini uy-joy bilan ta’minlash 30 foizga oshdi.
eskrou hisobraqam vositasida davlat maqsadli jamg‘armasi ekotizimini tashkil etish asosida aholining bo‘sh turgan mablag‘larini yangi uy-joy qurilishiga yo‘naltirish bilan moliyaviy munosabatlarni ulushli shartnoma mezoni asosida tartibga solish taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son farmonining 10-ilova 18-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 37-06/2379-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda aholini uy-joy bilan ta’minlashda moliyaviy firibgarlik muammolari 9 foizga kamaydi.