Qidirniyazov Zulxandiyar Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istonda 1925-1959 yillarda o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi»,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar190.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent. Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Qoraqalpog‘iston o‘lkashunosligi tarixini ilmiy bilim sohasi sifatida o‘rganish hamda o‘lkashunos-tadqiqotchilarning 1925-1959 yillardagi amaliy faoliyati tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat: 
Qoraqalpog‘istonda o‘lkashunoslikning rivojlanishi 1920-yillarda ilmiy ekspedisiyalar tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy yo‘nalish sifatida Qoraqalpoq jamiyatining tarixiy va madaniy maqsad va vazifalariga hamda sovet hukumatining qishloq xo‘jaligi mintaqa xom ashyosini ishlab chiqarishga bo‘lgan intilishlariga mos ravishda rivojlana boshlaganligi isbotlangan;
1930-yillarda Qoraqalpog‘istonda o‘lkashunoslik tadqiqotlarida ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalarning ustunligi, ommaviy tarixiy, etnografik, lingvistik va geologik ekspedisiyalar amaliyotga kirganida, olingan natijalar 1930-yillarning o‘rtalaridayoq paydo bo‘lganligini tasdiqlashi isbotlangan;
mahalliy aholi orasidan birinchi etnografik, badiiy va boshqa materiallar to‘plovchi o‘lkashunos-tadqiqotchi tadqiqotchilarining etishib chiqishi keyinchalik aholining yuksak umuminsoniy qadriyatlar va fuqarolik sifatlarini shakllanishiga sezilarli hissasi mavjud Qoraqalpog‘iston xalqining asosiy madaniy merosiga aylangan boy materiallarning to‘planishiga xizmat qilganligi aniqlangan;
urushdan keyingi davrda o‘lkashunoslikda o‘lkashunoslik tadqiqotlari resurslari milliylashtirilib, u o‘tgan yillardagi to‘plangan tajribaga tayanishni boshlagani va unda ustuvor vazifa vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash, kommunistik mafkuraga asoslangan milliy madaniyat til, tarix shakllantirish vazifasi maqsad qilinganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: 1925-1959 yillarda Qoraqalpog‘istondagi o‘lkashunoslik tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda o‘lkashunoslikning rivojlanishi 1920-chi yillari tashkil etilga ilmiy ekspedisiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy yo‘nalish sifatida qaror topib, qoraqalpoq jamiyatining tarixiy-madaniy maqsad va vazifalari hamda sovet hoqimiyatining mintaqa homashyo resurslarini foydalanishi intilishlari mos kelishi bilan bog‘liqligi xaqidagi fikr-mulohazalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan «Qoraqalpog‘istondagi siyosiy-iqtisodiy va sotsiomadaniy jarayonlarning tarixiy retrospektivasi va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash tendensiyalarini o‘rganish (1946-1991 yilar)» fundamental loyihasining 1925-1959 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishi tarixiga oid masalalarni o‘rganishda nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 19-avgustdagi 337/1-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, keltirilgan asosiy nazariy mulohaza, tavsiya va xulosalardan foydalanilishi tarixmizni xolis o‘rganishga xizmat qilgan.  
1930-yillarda Qoraqalpog‘istonda o‘lkashunoslik tadqiqotlarida ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalarning ustunligi, ommaviy tarixiy, etnografik, lingvistik va geologik ekspedisiyalar amaliyotga kirganida, olingan natijalar 1930-yillarning o‘rtalaridayoq paydo bo‘lganligi xaqidagi fikr-mulohazalari Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi tarafidan “Alis o‘tmishten saza” ko‘rsatuvi va radioeshittirishlarini tayorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokampaniyasining 2024-yil 23-avgusdagi 05-22/378-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, keltirilgan asosiy nazariy mulohaza, tavsiya va hulosalardan foydalanilishi tomoshabinlarning tariximizni holis urganishqa xizmat qilgan.
mahalliy aholi orasidan birinchi etnografik, badiiy va boshqa materiallar to‘plovchi o‘lkashunos-tadqiqotchi tadqiqotchilarining etishib chiqishi keyinchalik aholining yuksak umuminsoniy qadriyatlar va fuqarolik sifatlarini shakllanishiga sezilarli hissasi mavjud Qoraqalpog‘iston xalqining asosiy madaniy merosiga aylangan boy materiallarning to‘planishiga xizmat qilganligi va ularning muzey fondi asoslarining shakllanganligi oid ilmiy xulosalar va natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining faoliyatida nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining 2024-yil 13-avgustdagi 234-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, xulosalar va natijalar muzeyining etnografik masalalar bo‘yicha yangi ma’lumotlar bilan boyitish va ekspozisiyalar tayorlash masalalarda nazariy va amaliy manba sifatida foydalanildi.
Urushdan keyingi davrda o‘lkashunoslikda o‘lkashunoslik tadqiqotlari resurslari milliylashtirilib, u o‘tgan yillardagi to‘plangan tajribaga tayanishni boshlagani va unda ustuvor vazifa vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash, kommunistik mafkuraga asoslangan milliy madaniyat til, tarix shakllantirish vazifasi maqsad qilinganligi xaqidagi fikr-mulohazalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqlpog‘iston filialida AX-XT-0-92997 “Yochlarni umuminsoniy, miliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalahning muammolari” nomli amaliy tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqlpog‘iston filiali 2024-yil 15-avgustdagi 326-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, 1925-1959 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishi tarixiga oid masalalarni o‘rganishda keltirilgan asosiy nazariy mulohaza, tavsiya va xulosalardan foydalanilishi tarixmizni xolis o‘rganishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish