Xojaniyazova Gulshana Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy malumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoqlarning kundalik hayotida oʻzaro yordam an’analari ”07.00.07–“Etnografiya, etnologiya va antropologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1159
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Davletiyarov Madatbay Maxsetbaevich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Matkarimova Sadokat Maksudovna - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Turekeev Quwanishbay Jienbekovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), k.i.x.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoqlarning o‘zaro yordam – «ko‘mak» an’anasining jamiyatimizdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoqlarning kundalik turmushida o‘zaro yordam ya’ni «ko‘mak» an’anasining har xil shakllarining ya’ni jabiw, oramal saliw, nemewrin, homiylik qilish, pullik yordam berish,qarindoshlar, do‘stlar va qo‘shnilar orasidagi yordam hamda 2020-yilgi Pandemiya paytidagi yordamning o‘zgarishga uchragan yangi turlari va ularning kundalik hayotda qo‘llanilishi aniqlandi;
qoraqalpoqlarning to‘y-hashamlardan oldin, bu kabi marosimlar paytida va undan keyingi qarindosh-urug‘lar, qo‘shnilar orasidagi o‘zaro yordam turlari «nemewrin», «jabiw», «oramal saliw», «spiskadan o‘tiw (marosimlarda pul yozdirish)» kabi urf-odatlarning bir-biridan farqli xususiyatlari har tomonlama o‘rganilib isbotlandi;
bozor iqtisodi sharoitida qishloq xo‘jalik ishlaridagi har xil yordam turlari, otin ko‘mek, gunji ko‘mek, ju’weri ko‘mek kabi turlarining pullik xizmat ko‘rsatish turiga o‘tganligi, shuningdek, «jay ko‘mek» an’anasining ham transformatsiyaga uchraganligi va ularning sabablari aniqlandi;
qoraqalpoqlarda tabiiy ofat holatidagi o‘zaro yordam, ko‘mak masalasi o‘rganilib, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, yong‘in holatidagi, Pandemiya paytidagi an’anaviy yordamdan tashqari yangi turlari ochib berildi.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qoraqalpoqlarning kundalik turmushida o‘zaro yordam an’analarini o‘rganishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ekologik sharoitda qoraqalpoqlarning agrar xo’jaligida o‘zaro yordam masalasi, bozor iqtisodi sharoitida shakllangan yordam turlari - pullik xizmat turlarining jamiyatimizda joriy etilishiga (pullik xizmat ko’rsatish turlarining qishloq xo’jaligi sohasida qo’llanilishi, uning turlari, ishtirokchilari) doir natijalardan “Globallashuv sharoitida qoraqalpoq xalqining an’anaviy madaniyati” (2021-2023) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar-ilmiy tadqiqot instituti 2024-yil 23-sentyabrdagi 429/1-sonli ma’lumoti). Asosan, joriy etilgan natijalar qoraqalpoqlarning tabiiy ofat sharoitida o‘zaro yordam an’anasi va uning transformatsiyasi kabi yo‘nalishlarini o‘rganish imkonini bergan;
qoraqalpoqlarning turmushida o‘zaro yordam masalasining kundalik turmushda qo’llanilishi, shuningdek, nemevrin, yopish, ro‘mol yopish, o’ng bo’lsin kabi an’analarning xususiyatlari, o‘ziga xos ma’lumotlari va natijalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasida qoraqalpoqlarning turmush tarzini aks ettiruvchi materiallar tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqapog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2024-yil 9-apreldagi 129-sonli ma’lumoti). Bunda asosan, qoraqalpoqlarning uy-ro‘zg‘or ishlarida, kundalik maishiy ishlarini tashkillashtirish bilan bog‘liq bo’lgan muzey eksponatlarini keng tushuntirishda o‘zaro yordam an’analari muhim ahamiyatga ega sanaladi;
qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zaro yordam an’analari, ayniqsa ularning etnomadaniy jihatdan muhim bo’lgan to’y marosimlari va to’ylarda beriladigan o‘zaro yordamlar bo’yicha tayyorlangan ko‘rsatuvlar “Assalom Qoraqalpog‘iston”, “O‘lkamiz bo’ylab” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan hamda “Qoraqalpog‘iston”radiokanali orqali efirga berilgan “Yoshlar vaqti” radio eshittirishida o‘z tadqiqotining dolzarbligi, zarurati, maqsad va vazifalarini ilmiy asosda tahlil qilib berdi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-sentyabrdagi 05-22/425-son ma’lumotnomasi). Asosan, ishda oila va qarindoshlik munosabatlaridagi o‘zaro yordam va uning turlari, yordamning turmushdagi o‘rni haqida asoslab berilgan ilmiy xulosalar yosh oilalarning turmush qurishdagi yoki qarindosh-urug‘chilik munosabatlaridagi, inqirozli pandemiya sharoitidagi xayr-saxovat, homiylik yordamlarini tartibga solish bo‘yicha ko‘nikmalarni boyitishga yordam bergan;
qoraqalpoqlar turmushidagi o‘zaro yordam an’analari, ayniqsa ularning kundalik maishiy ishlarida muhimligi va uy-ro‘zg‘or ishlarini tashkillashtirishda yordam an’analaridan foydalanganligi va qoraqalpoq tasviriy san’at vakillarining ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponantlarining mazmunini to‘la ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston badiiy-san’at akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2023 yil 18 maydagi 84-son ma’lumotnomasi). Asosan, tadqiqot natijalari qoraqalpoqlarda o‘zaro yordam institutining jamiyatdagi tutgan o‘rni, saqlanish darajasini, ularning jamiyatdagi vazifalari va roliga oid ilmiy bilimlarni boyitishga yordam beradi.