Niyozov Ma’ruf Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “"Pochta aloqasi" korxonalarida raqamli iqtisodiyotni samarali joriy etishni takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi dastlab ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2364 
Ilmiy rahbar:    Kenjabaev Aman Turgunovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01.
Rasmiy opponentlar:    Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), akademik.
Teshabaev To‘lqin Zakirovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot:    O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi pochta aloqasi korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “pochta aloqasi korxonasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida elektron axborot tizimlarini joriy qilish, pochta logistikasini raqamlashtirish, onlayn xizmatlarni kengaytirish, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali pochta korxonalarining iqtisodiy samaradorligi va mehnat unumdorligi oshirish, iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish jihatidan takomillashtirilgan; 
raqamli iqtisodiyot sharoitida Yagona milliy tizim – “Gibrid pochta” xizmatini joriy qilish asosida pochta aloqasi xizmatlarini davlat organlari va tashkilotlari bilan integratsiya qilish orqali pochta aloqasi korxonalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha daromadlari miqdorini (3,0 – 3,5 marta) oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston pochta tarmog‘ining operativ samaradorligi ko‘rsatkichini baholashda pochtani o‘z vaqtida etkazib berish darajasi (OTDR=0,15), pochtalarni saralash samaradorligi (MSE=0,18), har bir jo‘natilish narxi (CPS=0,13), xato darajasi (ER=0,08), ishchi kuchi mahsuldorligi (WP=0,25), operatsion xarajatlar samaradorligi (OCE=0,21) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi solishtirma vaznlarning maqbul nisbatini ta’minlash taklifi asoslangan; 
O‘zbekistonda pochta xizmatlari rivojlanishining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha 2026 yilga qadar “O‘zbekiston pochtasi” AJ barqarorligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi korxonalarida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy  tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “pochta aloqasi korxonasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida elektron axborot tizimlarini joriy qilish, pochta logistikasini raqamlashtirish, onlayn xizmatlarni kengaytirish, ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali pochta korxonalarining iqtisodiy samaradorligi va mehnat unumdorligi oshirish, iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Rakamli iktisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Profi universiteti rektorining 2025-yil 20-martdagi 7-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pochta korxonalarining iqtisodiy samaradorligi va mehnat unumdorligi oshirish, iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish jihatidan takomillashtirilgan pochta aloqasi korxonasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
raqamli iqtisodiyot sharoitida Yagona milliy tizim – “Gibrid pochta” xizmatini joriy qilish asosida pochta aloqasi xizmatlarini davlat organlari va tashkilotlari bilan integratsiya qilish orqali pochta aloqasi korxonalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha daromadlari miqdorini (3,0 – 3,5 marta) oshirish taklifi “O‘zbekiston pochtasi” AJda “Gibrid pochta” xizmati loyihalarini joriy etish, baholash va qaror qabul qilish jarayonida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AJning 2023 yil 27 dekabrdagi №29-06/2208-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Buning natijasida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan, kompaniya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi. Natijada “Gibrid pochta” xizmatidan 2023 yilda (50 438 456 ming so‘m) 2022 yilga ( 20 052 086 ming so‘m) nisbatan daromadlar 2,5 borobarga oshishiga erishilgan.  Jamiyat foydasiga o‘tgan yilga nisbatan 30 386 370 000 ( O‘ttiz milliard  uch yuz sakson olti million uch yuz etmish      ming)  so‘m ortiqcha daromad olingan;
O‘zbekiston pochta tarmog‘ining operativ samaradorligi ko‘rsatkichini baholashda pochtani o‘z vaqtida etkazib berish darajasi (OTDR=0,15), pochtalarni saralash samaradorligi (MSE=0,18), har bir jo‘natilish narxi (CPS=0,13), xato darajasi (ER=0,08), ishchi kuchi mahsuldorligi (WP=0,25), operatsion xarajatlar samaradorligi (OCE=0,21) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi solishtirma vaznlarning maqbul nisbatini ta’minlash taklifi “BTS Express Cargo Servis”  MChJning xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlariga joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AJning 2023 yil 27 dekabrdagi №29-06/2208-sonli, “BTS Express Cargo Servis” MChJning 2023 yil 25 dekabrdagi №291-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pochta aloqasi korxonasida raqamli iqtisodiyotni rivojlanish darajasini baholash, hayotga tatbiq etish natijasida yangi raqamli platforma ishlab chiqilib, 13.01.2022 yilda ishga to‘shirildi, pochta xizmatini joriy etishning yangicha raqamli elektron xizmatlar  taklif etilishi natijasida “BTS Express Cargo Servis” MChJ pochta aloqasi va boshqa xizmatlaridan 2023 yilda (4 563 567, 04 ming so‘m), 2022 yilda (2 752 566,86 ming so‘m) 2021 yilga ( 1 601 947, 09 ming so‘m) nisbatan daromadlar 2,81 borobarga oshishiga erishilgan. Korxona foydasiga o‘tgan yilga nisbatan nisbatan 1 811 000,18 ming so‘m (  Bir milliard  sakkiz yuz un bir million un sakkiz ming)  so‘m ortiqcha daromad olingan bo‘lib, bu esa 2022 yilga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 65,8 % o‘sish bo‘lganligini bildiradi;
O‘zbekistonda pochta xizmatlari rivojlanishining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ barqarorligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari “Raqamli O‘zbekiston-2030” milliy Konsepsiyasini qabul qilishda va ushbu sohada boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda, shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston pochtasi” AJning 2023 yil 27 dekabrdagi №29-06/2208-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston pochtasi” AJda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning jamiyat daromadiga ta’siri aniqlanib, yuqori ta’sir etuvchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar belgilab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish