Abdulxaeva Shaxnoza Muxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Bilvosita soliqlarni undirish mexanizmini raqamlashtirish jarayonida takomillashtirish”
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD /Iqt2949
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Alimardanov Ilhom Muzrobshoevich va iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toshkent shahar soliq Bosh Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmado‘stov Jalol Maxmadustovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida egri soliqlarni, jumladan QQS va aksiz soliqlarini undirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu borada ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliq tizimini raqamlashtirish orqali QQSni undirishning samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan;
soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha salbiy farq summasini qaytarish va soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi takomillashtirilgan;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan haqiqatda realizatsiya qilingan dizel yoqilg‘isi miqdorini aksiz solig‘i hisobotida to‘liq aks ettirilishini raqamlashtirish orqali, hisoblanmasdan qolgan dizel yoqilg‘isi miqdorini aniqlash uslubiyoti taklif qilingan;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarish, tahlil qilish va aylanmasini boshqarishni (ishlab chiqarish, aylanma, hisobdan chiqarish) "onlayn" rejimida raqamli markirovkalash Data Matrix kodi tizimiga o‘tish maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq tizimini raqamlashtirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari xususidagi taklifi soliq tizimi amaliyotida QQS bo‘yicha soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2025-yil 25-yanvardagi №16/1-09877-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan soliq bazasini kengaytirish imkoniyatiri vujudga keldi va qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi o‘tgan yildagiga nisbatan 4,3 %ga, raqamlashtirilishi darajasi 6,5 %ga ko‘payib, xufiyona iqtisodiyot darajasi kamaydi, shuningdek soliq tizimini raqamlashtirishni soddalashtirish natijasida xo‘jalik yurituvchi subektlarga qulayliklar va keng imkoniyatlar yaratildi.
Soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘I bo‘yicha salbiy farq summasini qaytarish va soliq summasi o‘rnini qoplashning
tezlashtirilgan tartibini qo‘llash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el
yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 489-sonli qarorida o‘z aksni topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2025-yil 25-yanvardagi №16/1-09877-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratiladi. Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan, soliq organlarini avtomatik ravishda to'ldirilib xabardor qilinadi. Soliq qo'mitasi murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi. “AAA” toifadagi soliq to‘lovchilarga QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 2024 yil 8 oyda soliq to‘lovchilarga 15 trln so'mga yaqin QQS qaytarildi.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan
haqiqatda realizatsiya qilingan dizel yoqilg‘isi miqdorini aksiz solig‘i hisobotida to‘liq aks ettirilishini raqamlashtirish orqali soliqqa tortish amaliyotida foydalanish uchun qabul qilindi va ichki lokal me’yoriy hujjatlarda aks ettirildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2025-yil 25-yanvardagi №16/1-09877-sonli ma’lumotnomasi). Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan realizatsiya qilingan dizel yoqilg‘isi miqdorini aksiz solig‘i hisobotida to‘liq aks ettirilishini raqamlashtirish orqali hisoblanmasdan qolgan dizel yoqilg‘isi miqdorini aniqlash mumkin.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarish, tahlil qilish va aylanmasini boshqarishni "onlayn" rejimida raqamli markirovkalash Data Matrix kodi tizimi amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2025-yil 25-yanvardagi №16/1-09877-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida tovarlarning haqiqiyligini tekshirish, raqamlashtirish samarasini yanada kengaytirish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish respublika byudjet tizimi tushumlari oshdi.