Toxtaeva Nozila Murodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish", 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt 3474.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xodjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamroev Mehroj Sirojhonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat xaridlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra "davlat xaridlari" tushunchasining iqtisodiy mazmuni xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan samarali foydalanish maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga davlat ehtiyojlarni ta’minlash uchun ularni etkazib beruvchilar va buyurtmachilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy munosabatlarni namoyon etuvchi tizim korrupsiyaga qarshi kurash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
davlat xaridlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomaning tovarni, uning sifatini va assortimentini o‘zgartirish, tovarning miqdorini va bahosini oshirish, etkazib berish muddatini uzaytirish kabi muhim shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha mazkur shartnoma shartlariga muvofiq qo‘shimcha kelishuv tuzishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davlat xaridlari tartib-taomili natijasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar qiymatini shartnoma bo‘yicha uning umumiy boshlang‘ich summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lgan summaga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi talabini qo‘llash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida davlat xaridlari hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra "davlat xaridlari" tushunchasining iqtisodiy mazmunini xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan samarali foydalanish maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga davlat ehtiyojlarni ta’minlash uchun ularni etkazib beruvchilar va buyurtmachilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy munosabatlarni namoyon etuvchi tizim korrupsiyaga qarshi kurash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish nuqtai-nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan "Korprpativ moliya" nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 31 yanvardagi 03\03-237-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korrupsiyaga qarshi kurash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan davlat xaridlari tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
davlat xaridlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomaning tovarni, uning sifatini va assortimentini o‘zgartirish, tovarning miqdorini va bahosini oshirish, etkazib berish muddatini uzaytirish kabi muhim shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha mazkur shartnoma shartlariga muvofiq qo‘shimcha kelishuv tuzish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qaroriga ilova "Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom"da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 31 yanvardagi 03\03-237-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan sharoitlarida davlat xaridlari jarayonlarining barqarorligi va moslashuvchanligini oshirish imkonini bergan;
davlat xaridlari tartib-taomili natijasi bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar qiymatini shartnoma bo‘yicha uning umumiy boshlang‘ich summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lgan summaga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi talabini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qaroriga ilova "Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom"da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 31 yanvardagi 03\03-237-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar qiymatini nazorat qilish imkonini bergan;
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modnl asosida davlat xaridlari hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 31 yanvardagi 03\03-237-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari hajmining istiqboldagi o‘zgarishlarini boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.