Yuldashev Adhamjon Axadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Hudud byudjet resurslarini boshqarishni takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)» 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt 3017.
Ilmiy rahbar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Botir Abdulxamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hudud byudjet resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “hududlarda byudjet resurslarini boshqarish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlat moliyasi boshqaruvida hududiy darajada byudjet mablag‘larini samarali taqsimlash, boshqarish va sarflashni ta’minlovchi tizimga hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda byudjet rejalashtirish, daromadlarni yig‘ish, xarajatlarni moliyalashtirish va nazorat qilish jarayonlari orqali hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanishga erishish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududlar byudjetni boshqarish jarayonida muayyan tartib-qoidalarni amalga oshirish sifatini tavsiflovchi oraliq umumiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda ijtimoiy soha (16≤〖FI〗_inf^1≤48), aholi daromadlari (3≤〖FI〗_slp^1≤9), aholining savodxonlik darajasi (6≤〖FI〗_slp^1≤18), aholi sonining o‘sishi (1≤〖FI〗_Pop^overal≤10) ko‘rsatkichlari bo‘yicha ballar belgilash orqali ekspert baholarining aniqligini ta’minlash asoslangan;
jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i asosiy qismining rasman turli darajalardagi mahalliy byudjetlarning daromad bazasiga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan aholi bandligi tadbirlarining samaradorligi rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining daromadlarga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida hudud byudjetining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hudud byudjet resurslarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “hududlarda byudjet resurslarini boshqarish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini davlat moliyasi boshqaruvida hududiy darajada byudjet mablag‘larini samarali taqsimlash, boshqarish va sarflashni ta’minlovchi tizimga hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda byudjet rejalashtirish, daromadlarni yig‘ish, xarajatlarni moliyalashtirish va nazorat qilish jarayonlari orqali hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanishga erishish nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Global iqtisodiy xavfsizlik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mahalliy byudjet o‘z ichiga olgan yangi mazmundagi “Hudud byudjeti” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududlar byudjetni boshqarish jarayonida muayyan tartib-qoidalarni amalga oshirish sifatini tavsiflovchi oraliq umumiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda ijtimoiy soha (16≤〖FI〗_inf^1≤48), aholi daromadlari (3≤〖FI〗_slp^1≤9), aholining savodxonlik darajasi (6≤〖FI〗_slp^1≤18), aholi sonining o‘sishi (1≤〖FI〗_Pop^overal≤10) ko‘rsatkichlari bo‘yicha ballar belgilash orqali ekspert baholarining aniqligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 15-apreldagi 05-13/1506-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida daromadlar ortishiga imkon yaratilgan;
jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i asosiy qismining rasman turli darajalardagi mahalliy byudjetlarning daromad bazasiga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan aholi bandligi tadbirlarining samaradorligi rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 15-apreldagi
05-13/1506-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida xarajatlar optimallashtirilib, viloyat byudjet xarajatlari kamaytirishga erishilgan;
Namangan viloyatida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining daromadlarga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida hudud byudjetining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 15-apreldagi
05-13/1506-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati daromadi hududda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi inobatga olgan holda hudud byudjetining uzoq muddatli davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.