Matenova Yuliya Umidovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy fransuz tilidagi adabiyotda E.-E. Shmittning ijodi: madaniyatlararo o‘zaro bog‘liqlik muammosi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlarining tillari va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Fil194.
Ilmiy maslahatchi: yo‘q
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zoxidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Pasxaryan Natalya Tigranovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy fransuzzabon adabiyoti kontekstida Erik-Emmanuel` Shmitt nasrining qadriyat yo‘nalishlari va madaniy-axloqiy munosabatlarini tizimlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ongli va ongsiz (metatmatn) paradigmatikaning madaniyatlararo muloqot darajalari E.-E. Shmitt ijodi misolida bir-biriga uzviy holda ko‘rib chiqilib, jahon klassikasi va zamonaviy adabiyotda Shmitt badiiy olami tipologik jihatdan qiyoslangan;
zamonaviy davr ko‘p hollarda postorientalistik yoki postsaid deb nomlanadi, ushbu intellektual vektorni tasvirlash uchun zamonaviy ilmiy munozara va bahslarga tayanib, “orientalizm” tushunchasi va hodisasi dalillangan;
E.-E.Shmitt nasrida orientalizmning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, orientalizmning an’anaviy tamoyillariga murojaat qilgan yozuvchi ularga noan’anaviy – ekzistensial ma’nolar bergani bois E.-E. Shmitt antiorientalist adib ekani isbotlangan;
E.-E. Shmitt badiiy ijodining to‘liq ilmiy tahlillari birinchi marta o‘zgalik mavzusi va muammosi kontekstida taqdim etilgan; yosh, gender, diniy va deviant jihatlariga xoslangan begonalashuv shakllari aniqlangan, zamonaviy adiblarning matnlaridagi E.-E. Shmitt syujetlariga mushtarak yangi (urushdan keyingi yillardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan) allomotiv – panoh va olam xaloskori – taqvodori motivlari ko‘rib chiqilgan;
jahon adabiyoti uchun an’anaviy sanalgan kattalar olamidagi bola mifologemasi E.-E. Shmitt nasrida yangi material sifatida rivojlantirilgan, muallif uni ksenofobiya va xolokost muhitiga bog‘lab, qo‘shimcha ekzistensional ma’nolar bergani asoslangan;
birinchi marta ilmiy diskursda o‘rta asrlardan XX asrga qadar davr tahlilini qamragan kengko‘lamli material – E.-E. Shmitt ijodining intertekstual aloqalari bo‘yicha tizimli ish bajarilib, mazkur yozuvchilik intensiyasi zamonaviy fransuz adabiyoti uchun xosligi, unda adiblar o‘tgan davrlar adabiyotiga murojaat qilishlari munosabati bilan “o‘tmishga qaytish”i dalillangan;
zamonaviy fransuzzabon adabiyotining eng mashhur mualliflari, ya’ni Ameli Notombning “Qo‘rquv va hayajon”, “Quvurlar metafizikasi”, “Tokiolik kelinchak”, Amin Maalufining “Samarqand”, “Levant darvozasi”, J.-F. Tussenning “Mes`e” nomli romanlari, K. Bobenning “Hamma band” qissasi tahlil qilinib, mazkur asarlarning aksariyati ilmiy diskursda, xususan, E.-E. Shmitt ijodi kontekstida ko‘rib chiqilmaganligi, yuqorida nomlari keltirilgan yozuvchilarning E.-E. Shmitt bilan poetika va mavzular, o‘zgalik muammosi, Sharq va G‘arb, yaqqol namoyon bo‘lgan intertekstuallik va madaniyat metamatnidan uzoqlashish borasida umumiy ijodiy niyati mavjudligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy fransuz tilidagi adabiyotda E.-E. Shmittning ijodi: madaniyatlararo o‘zaro bog‘liqlik muammosini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ongli va ongsiz (metatmatn) paradigmatikaning madaniyatlararo muloqot darajalari E.-E. Shmitt ijodi misolida bir-biriga uzviy holda ko‘rib chiqilib, jahon klassikasi va zamonaviy adabiyotda Shmitt badiiy olami tipologik jihatdan tipologik jihatdan qiyoslanganiga doir ilmiy xulosalar Navoiy davlat pedagogika institutining Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Zamonaviy adabiy jarayon” uslubiy qo‘llanmasida foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2022-yil 2-martdagi ma’lumotnomasi). Natijada uslubiy qo‘llanmaning mazmun-mohiyati boyitilgan;
zamonaviy davr ko‘p hollarda postorientalistik yoki possaid deb nomlanadi, ushbu intellektual vektorni tasvirlash uchun zamonaviy ilmiy munozara va bahslarga tayanib, “orientalizm” tushunchasi va hodisasi dalillanganiga oid xulosalardan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining Rus tili va adabiyoti fakultetining 5111300 – Ona tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarida rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida, ya’ni “Zamonaviy adabiy jarayon” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishda muvaffaqiyatli foydalanilgan (Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘quv-metodik materiallarni, shuningdek, Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
E.-E.Shmitt nasrida orientalizmning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, orientalizmning an’anaviy tamoyillariga murojaat qilgan yozuvchi ularga noan’anaviy – ekzistensial ma’nolar bergani bois E.-E. Shmitt antiorientalist adib ekani isbotlanishi xususidagi xulosa va umumlashmalardan Buxoro davlat universitetining filolog talabalariga “Zamonaviy adabiy jarayon” faniga oid orientalizmning nazariy qonuniyatlari, E.-E. Shmitt ijodi muammolarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida o‘quv jarayoniga joriy etishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 7-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda E.-E. Shmitt asarlarini badiiylik mezonlari asosida tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan;
E.-E. Shmitt badiiy ijodining to‘liq ilmiy tahlillari birinchi marta o‘zgalik mavzusi va muammosi kontekstida taqdim etilgan; yosh, gender, diniy va deviant jihatlariga xoslangan begonalashuv shakllari aniqlangan, zamonaviy adiblarning matnlaridagi E.-E.Shmitt syujetlariga mushtarak yangi (urushdan keyingi yillardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan) allomotiv – panoh va olam xaloskori – taqvodori motivlari tahlili borasidagi xulosalardan Urganch davlat universitetining 5111300 – Ona tili va adabiyoti (O‘zga tilli guruhlardagi rus tili va adabiyoti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga zamonaviy fransuz adabiyotini o‘qitishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022-yil 7-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar zamonaviy fransuz adabiy jarayoni bilan tanishish imkoniyatini yuzaga keltirgan;
jahon adabiyoti uchun an’anaviy sanalgan kattalar olamidagi bola mifologemasi E.-E. Shmitt nasrida yangi material sifatida rivojlantirilgan, muallif uni ksenofobiya va xolokost muhitiga bog‘lab, qo‘shimcha ekzistensional ma’nolar bergani asoslangani xususidagi mulohazalar N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti filologiya va jurnalistika institutining o‘quv jarayonida foydalanilgan (N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti 2022-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar bakalavriat, magistratura va aspiranturada o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
birinchi marta ilmiy diskursda o‘rta asrlardan XX asrga qadar davr tahlilini qamragan kengko‘lamli material – E.-E. Shmitt ijodining intertekstual aloqalari bo‘yicha tizimli ish bajarilib, mazkur yozuvchilik intensiyasi zamonaviy fransuz adabiyoti uchun xosligi, unda adiblar o‘tgan davrlar adabiyotiga murojaat qilishlari munosabati bilan “o‘tmishga qaytish”i dalillangani borasidagi nazariy umumlashmalardan Moskva davlat pedagogika universiteti 5-kurs talabalari uchun “Zamonaviy rus adabiyoti”; magistrlar uchun “Zamonaviy adabiyot: raqamli texnologiyalar o‘zlashtirish, o‘rganish va o‘qitish vositasi sifatida”, “Zamonaviy adabiyotning o‘zgamadaniy matni”, “Zamonaviy madaniyatdagi mifologik mavzular”, “Filologik antropologiya”, “Zamonaviy nasrning falsafiy intermatni”, “Adabiyotni o‘rganishda muzey konteksti”; aspirantlar uchun mo‘ljallangan “XX-XXI asrlar adabiyoti mifopoetikasi” kurslarini o‘qitishda muvaffaqiyatli foydalanilgan (Moskva davlat pedagogika universitetining 2022-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari magistrantlar va aspirantlar uchun dasturlar, sillabuslar, nazariy va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda muhim nazariy manba bo‘lgan;
zamonaviy fransuzzabon adabiyotining eng mashhur mualliflari, ya’ni Ameli Notombning “Qo‘rquv va hayajon”, “Quvurlar metafizikasi”, “Tokiolik kelinchak”, Amin Maalufining “Samarqand”, “Levant darvozasi”, J.-F. Tussenning “Mes`e” nomli romanlari, K. Bobenning “Hamma band” qissasi tahlil qilinib, mazkur asarlarning aksariyati ilmiy diskursda, xususan, E.-E. Shmitt ijodi kontekstida ko‘rib chiqilmaganligi, yuqorida nomlari keltirilgan yozuvchilarning E.-E. Shmitt bilan poetika va mavzular, o‘zgalik muammosi, Sharq va G‘arb, yaqqol namoyon bo‘lgan intertekstuallik va madaniyat metamatnidan uzoqlashish borasida umumiy ijodiy niyati mavjudligi aniqlanganiga oid tahlil va mulohazalar “Zamonaviy fransuzzabon adabiyot. madaniyatlararo muloqot” darsligida foydalanilgan (Matenova, Yu.U. Sovremennaya frankoyazichnaya literatura. mejkul`turnoe vzaimodeystvie: uchebnik i praktikum dlya vuzov / Yu. U. Matenova, E. F. Shafranskaya. – Moskva: Izdatel`stvo Yurayt, 2023. – 225 s. – (Visshee obrazovanie). – ISBN 978-5-534-15791-8. – Tekst: elektronniy // Obrazovatel`naya platforma Yurayt [sayt]. – URL: https://urait.ru/bcode/509731 (data obrashheniya: 11.07.2024). Natijada darslik fransuzzabon zamonaviy yozuvchilar: Ameli Notomb, Amin Maaluf, Kristian Bobin, Jan-Filip Tussen, shuningdek, jahon klassiklari (Volter, Didro, Russo, Xeminguey va boshqalar) bilan tipologik aloqasining ilmiy-nazariy tahlili bilan boyitilib, oliy ta’limning federal davlat ta’lim standartining joriy talablariga mos ravishda tayyorlangan. Darslik filologiya yo‘nalishidagi magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan.