Narzieva Gulnoza Akbarovnaning falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Media- internetda tilning milliy-madaniy kodi (publisistik uslub misolida)”, 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2153. 
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, IK raqami PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abdushukurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bozorov Oybek Odilovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi media-internet publisistik uslubida milliy-madaniy kodning assotsiativ-mental belgilari hamda axborot voqelanishida olam lisoniy manzarasining namoyon bo’lish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
media-internet – onlayn nashrlar matnlarining uslubiy va vazifaviy belgilari, struktur xususiyatlari hamda milliy-madaniy kodning namoyon bo‘lish darajasi antroposentrik tamoyil asosida tahlil qilinib, mediamatnning asosiy g‘oyasini ifodalashdagi roli, olamning lisoniy manzarasida milliy-madaniy kodning o’rni, media-internet publisistik uslubida milliy-madaniy kodning assotsiativ-mental belgilari va lingvomadaniy xususiyatlari aniqlangan;
mediamatnlarning shakllanish jarayonida medianing nutqiy faoliyatini va axborotning qiymatini belgilovchi mediakontentni yaratish, etkazish va qabul qilish jarayonida turli xil til birliklarini qo‘llashda jurnalistning muloqot texnikasi, kommunikativ taktika va strategiyalardan foydalanish mahorati milliy-madaniy omillar bilan belgilanishi ilmiy asoslangan;
media olam lisoniy manzarasini ifodalovchi leksik-lisoniy birliklar, ya’ni simvol, presedentlik, paremiya, realiya, ma’no ko’chish turlari va boshqa shu kabi lingvistik vositalarning funksional jihatlari o’rganilib, voqelikni namoyon bo’lishida makon va zamon masalalari hamda milliy-madaniy kodlarni belgilashda har bir xalqning xulq-atvor stereotiplari asosiy omil bo’lishi dalillangan;
 onlayn nashrlarda ifodalangan milliy-madaniy kod ostida har bir xalqning umummilliy, ma’naviy-ma’rifiy, aksiologik-mental qonuniyatlari, qadriyatlari, dunyoqarashi va milliy xarakteri yotishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Media-internet – onlayn nashrlarda tilning milliy-madaniy kodi tadqiqi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
media-internet – onlayn nashrlar matnlarining uslubiy va vazifaviy belgilari, struktur xususiyatlari hamda milliy-madaniy kodning namoyon bo‘lish darajasi antroposentrik tamoyil asosida tahlil qilinganligi, mediamatnning asosiy g‘oyasini ifodalashdagi roli, olamning lisoniy manzarasida milliy-madaniy kodning o’rni, media-internet publisistik uslubida milliy-madaniy kodning assotsiativ-mental belgilari va lingvomadaniy xususiyatlari haqidagi xulosalardan 2016-2018-yillarga mo’ljallangan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O’zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (SamDChTIning 2023-yil 15-sentyabrdagi 463/02-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy-madaniy kodlar, har bir xalqning umummilliy, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga oid ilmiy qarashlar ta’lim tizimi jarayonlarini xalqarolashtirish masalalariga oid materiallarni boyitishda ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
mediamatnlarning shakllanish jarayonida medianing nutqiy faoliyatini va axborotning qiymatini belgilovchi mediakontentni yaratish, etkazish va qabul qilish jarayonida turli xil til birliklarini qo‘llashda jurnalistning muloqot texnikasi, kommunikativ taktika va strategiyalardan foydalanish mahorati milliy-madaniy omillar bilan belgilanishiga doir xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O’zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining 2023-yil 15-avgustdagi 570/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada mediakontentni yaratish, etkazish va qabul qilish jarayonida turli til birliklari, milliy kodlarning o’rni katta ekanligi haqidagi nazariy bilimlar asosida o’zbek tili milliy korpusining boyishi va takomillashuviga erishilgan;
media olam lisoniy manzarasini ifodalovchi leksik-lisoniy birliklar, ya’ni simvol, presedentlik, paremiya, realiya, ma’no ko’chish turlari va boshqa shu kabi lingvistik vositalarning funksional jihatlari o’rganilib, voqelikni namoyon bo’lishida makon va zamon masalalari hamda milliy-madaniy kodlarni belgilashda har bir xalqning xulq-atvor stereotiplari asosiy omil bo’lishi, Internet media diskursda milliy-madaniy kod ekspressiv baholash konnotatsiyalariga ega bo’lishi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-avgustdagi “Assalom, Samarqand!” teleko’rsatuvi dastur-ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va “Assalom, Samarqand!” teleko’rsatuvida to’g‘ridan-to’g‘ri efirga uzatilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 293/01-07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada media-internetning jamiyat a’zolari hayotiga ta’siri, shuningdek, OAV orqali uzatilayotgan yangiliklar, tahlillar va maqolalar hamda ko’rsatuvlarning turfa xilliligi va qiziqarli bo’lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish