Uralova Oysuluv Poyan qizining
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida zookomponentli maqollarning semantik, struktur, lingvopoetik va mental xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil660
Ilmiy rahbar:Eshmo‘minov Asqar Allamuradovich, filologiya fanlari doktori, (DSc).dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Abduvaliev Muhammadjon Arabovich; Urganch davlat universiteti professori filologiya fanlari doktori (DSc) Cho‘ponov Otanazar Otajonovich; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Axmedov Oybek Saparboevich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi zookomponentli maqollarining semantik, struktur, lingvopoetik va mental xususiyatlarini aniqlash, ularning mazmun va ifoda planidagi o‘xshash va farqli tomonlarini dalillashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda zoonim komponentli maqollarni o‘rganish turli xalqlarning tili, madaniyati va timsollarini yaxshiroq tushunishga, anamalistik paremalarni bilish turli etnoslarning madaniy xususiyatlari va ijtimoiy qadriyatlarini to‘g‘riroq tushunishga imkoniyat yaratishi, konstruksiyasida hayvon nomlari mavjud bo‘lgan naqllar dunyo va undagi insonning o‘rni haqidagi qarashlarini aks ettirishi, ularning chog‘ishtirma tahlili olamning lisoniy manzarasini tavsiflash, taqqoslanayotgan tillarda uchta asosiy xususiyat (umumiy, o‘xshash va o‘ziga xoslik)larni aniqlashga xizmat qilishi dalillangan;
maqollarda turli xil hayvonlardan foydalanilganiga qaramay, asosiy assotsiativ aloqalar o‘zbek va ingliz xalqlari o‘rtasida bir-biriga to‘g‘ri kelishi, o‘zbek tilida odamlar hayvonlar bilan chambarchas aloqada bo‘lganligi bois qishloq hayotini aks ettiruvchi maqollar ko‘pchillikni tashkil etishi, ingliz tilidagi zoonimik maqollar ko‘pincha jamiyat va kundalik hayot bilan bog‘liq universal insoniy fazilatlar va odatlarni anglatishi, zookomponentli paremalar mazmuni maqolni yaratgan xalqning hayoti, turmush tarzi, madaniy xususiyatlari va mamlakat geografiyasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi zookomponentli maqollarning ifoda planidagi strukturaviy-sintaktik xususiyatlari, mazmun-mohiyatiga ko‘ra generalized-personal sentence/shaxsi umumlashgan gap shaklidagi maqollar ustuvorlik qilishi, paremalarda o‘xshash va farqli tomonlarning majudligi faktik materiallar (sodda, qo‘shma gap shaklidagi naqllarlar) asosida isbotlangan;
zoonim komponentli maqollar halqning dunyoqarashi, xarakteri va mentalitetini ko‘rsatishda, muhim obrazlar yaratishda katta rol o‘ynashi, dog / it, eagle / burgut , ass (donkey) / eshak, sheep / qo‘y (qo‘chqor), lamb / qo‘zi (qo‘zichoq) / komponentli ingliz va o‘zbek maqollarning har ikki millatning milliy, madaniy va ruhiy xususiyatlarini aks ettirishdagi ahamiyati, aniqlangan xususiyatlar ekstralingvistik omillar (tarixiy, demografik, madaniy, sotsial, diniy, etnik, yoshdagi farq) bilan bog‘liqligi isbotlangan;
maqollar tarkibida alliteratsiya, assonans, geminatsiya, polisemik, omonimik, paronimik, antonimik, sinonimik, eskirgan, shevaga xos, o‘zlashma, kam qo‘llaniladigan, so‘zlashuv tiliga xos so‘zlar, terminlar, barqaror birikmalar qayd etilishi, til birliklarining takrorlanishi, grammatik parallelizm, antroponim, toponimlar, emotsional gaplar, ritorik murojaatlar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis, antiteza, gradatsiya, bog‘lovchisizlik, o‘xshatish usullari, ko‘chimlarning metafora, jonlantirish, kinoya, parafraza kabi lingvopoetik hodisalarning aniqlanishi etnoslarning hayotiy tajribasiga uzviy daxldorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida zookomponentli maqollarning semantik, struktur, lingvopoetik va mental xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek tilida zookomponentli maqollarning ilmiy-nazariy asoslari va darajalanish omillari aniqlangan, o‘zbek tilida zookomponentli maqollarning boshqa ingliz zookomponentli xalq maqollaridan farqli xususiyatlari tahlil natijalari va materiallaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 16.07.2021-yil 311-sonli ma’lumotnomasi); Natijada to‘plangan zookomponentli maqollar ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, dunyo qarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
tilshunoslikda zoonim komponentli maqollarni o‘rganish turli xalqlarning tili, madaniyati va timsollarini yaxshiroq tushunishga, anamalistik paremalarni bilish turli etnoslarning madaniy xususiyatlari va ijtimoiy qadriyatlarini to‘g‘riroq tushunishga imkoniyat yaratishi, konstruksiyasida hayvon nomlari mavjud bo‘lgan naqllar dunyo va undagi insonning o‘rni haqidagi qarashlarini aks ettirishi, ularning chog‘ishtirma tahlili olamning lisoniy manzarasini tavsiflash, taqqoslanayotgan tillarda uchta asosiy xususiyat (umumiy, o‘xshash va o‘ziga xoslik)larni aniqlashga xizmat qilishi dalillangan xulosalardan tadqiqot natijalari va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 16.07.2021-yil 311-son); Natijada zoonim komponentli maqollarni o‘rganish turli xalqlarning tili, madaniyati hamda timsollar tizimini chuqurroq anglash imkonini beradi. Hayvon nomlari ishtirok etgan paremiologik birliklar (anomalistik maqollar) orqali etnoslarga xos bo‘lgan madaniy xususiyatlar, ijtimoiy qadriyatlar va dunyoqarashlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu kabi maqollar, odatda, inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni obrazli shaklda ifodalaydi hamda olamning lisoniy manzarasini yaratishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi;
maqollar tarkibida alliteratsiya, assonans, geminatsiya, polisemik, omonimik, paronimik, antonimik, sinonimik, eskirgan, shevaga xos, o‘zlashma, kam qo‘llaniladigan, so‘zlashuv tiliga xos so‘zlar, terminlar, barqaror birikmalar qayd etilishi, til birliklarining takrorlanishi, grammatik parallelizm, antroponim, toponimlar, emotsional gaplar, ritorik murojaatlar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis, antiteza, gradatsiya, bog‘lovchisizlik, o‘xshatish usullari, ko‘chimlarning metafora, jonlantirish, kinoya, parafraza kabi lingvopoetik hodisalar ekanligiga oid xulosalardan Termiz davlat universitetida 2021-2024 yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 5-martdagi 06/12/899-son ma’lumotnomasi). Natijada zookomponentli maqollar transformatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar tarkibida alliteratsiya, assonans, geminatsiya, polisemik, omonimik, paronimik, antonimik, sinonimik, eskirgan, shevaga xos, o‘zlashma, kam qo‘llaniladigan, so‘zlashuv tiliga xos so‘zlar, terminlar, barqaror birikmalar qayd etilishi, til birliklarining takrorlanishi, grammatik parallelizm, antroponim, toponimlar, emotsional gaplar, ritorik murojaatlar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis, antiteza, gradatsiya, bog‘lovchisizlik, o‘xshatish usullari, ko‘chimlarning metafora, jonlantirish, kinoya, parafraza kabi lingvopoetik hodisalarning aniqlanishi etnoslarning milliy timsollar tasvirini yaratishda uzviy daxldorligi aniqlangan faktik materiallardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mo‘ljallangan I-OT-2019-42. “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish nomli” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 16.07.2021-yil 311-son).Natijada metafora, jonlantirish (personifikatsiya), kinoya, parafraza kabi ko‘chma ma’nolarni ifodalovchi usullar milliy timsollar – inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va xalqona tasavvurlar orqali gavdalangan obrazlarning yaratilishida bevosita xizmat qilishi kuzatildi. Ushbu hodisalarning barchasi etnoslarning lingvokulturologik tafakkurini, milliy qadriyatlarini va estetik didini aks ettiruvchi timsollarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
maqollarda turli xil hayvonlardan foydalanilganiga qaramay, asosiy assotsiativ aloqalar o‘zbek va ingliz xalqlari o‘rtasida bir-biriga to‘g‘ri kelishi, o‘zbek tilida odamlar hayvonlar bilan chambarchas aloqada bo‘lganligi bois qishloq hayotini aks ettiruvchi maqollar ko‘pchillikni tashkil etishi, ingliz tilidagi zoonimik maqollar ko‘pincha jamiyat va kundalik hayot bilan bog‘liq universal insoniy fazilatlar va odatlarni anglatishi, zookomponentli paremalar mazmuni maqolni yaratgan xalqning hayoti, turmush tarzi, madaniy xususiyatlari va mamlakat geografiyasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan xulosala va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi davlat muassasasi”ning; 24-apel 2025 yil 05-09-550-son ma’lumotnomasi).
Natijada ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga o‘zbek va ingliz xalqlarining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini, qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, ma’naviy qadriyatlar tizimida alohida o‘rin egallagan marosimlar, xalq og‘zaki ijodi haqidagi matnlar bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.