Ravshanova Gulruxbegim Qaxramon qizining filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zbek she’riyatida hajviyotning tadrijiy takomili va badiiyati” (Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon ijodi misolida), 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil481 
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Boynazar Yo‘ldoshev; filologiya fanlari doktori, professor Quvvatova Dilrabo Xabibovna; filologiya fanlari doktori Ashurova Gulbahor Nurillaevna.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi o‘zbek she’riyatida hajviyotning tadrijiy takomili va badiiyatini Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon ijodi misolida aniqlashdan iborat.               
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hajvning ilk ildizlari antik davr yunon adabiyotiga borib tutashuvi, hajvnavislik an’anasi yangi o‘zbek she’riyatida xalq og‘zaki ijodidagi hazil-mutoyibalar zamirida yuzaga kelganligi, kulgi zamirida umumning kayfiyati zuhur etilishi, uning odamlarni birlashtirish xususiyati, hajvning bilish (kognitiv) funksiyasini bajarishi aniqlangan; 
Abdulla Oripovning hajviy she’rlarida yoqimli yumor bilan zaharxanda kinoyaning bir-biriga  singib ketganligi, oniy kayfiyatning pragmatik talqini, ironiya, sarkazm, zaharxandalikning yetakchilik qilishi, Erkin Vohidov  va Anvar Obidjon she’rlarida kinoyaviy-parodik usul, komiklik, piching mazmunining yetakchilik qilishi, yagona hajviy qahramonlar yaratilganligi, falsafiy-psixologik yo‘sinda ochib berilganligi asoslangan;
Abdulla Oripov ijodida masnaviy, to‘rtlik, ballada, voqeaband she’r; Erkin Vohidovda turkum, g‘azal, she’r; Anvar Obidjonda muxammas, mustazod kabi janrlar hamda yovvoyi ruboiy, yovvoyi tuyuq, yovvoyi to‘rtlik, yovvoyi fard, to‘rtqavatli, so‘taruboiy, tuyuq-suyuq, ikkiqatlar, o‘rtabarmoq kabi badiiy shakllarda hajviy asarlar yozilganligi ochib berilgan;   
Erkin Vohidovning Muqimiy, Zavqiy va Furqat uslubida, ohangida jamiyatdagi katta-kichik illatlarni kulgili tarzda hajv qilganligi, Abdulla Oripovning hajviy she’rlarida ham faylasufona qarashlar o‘z aksini topganligi, Anvar Obidjonning engil hazil, kinoyali kulgi vositasida ko‘ngil dardlarini ifoda etganligi,  kulgi orqali inson fe’lidagi xusumat, hasad, ko‘rolmaslik, ig‘vo, g‘iybat kabi illatlarning tanqid ostiga olinganligi dalillangan;
 hajviy she’rlarda lirik qahramon, muhit, davr va muammolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muallif ko‘z o‘ngida gavdalangan, sodir bo‘layotgan, xalq dardini tinglashga o‘zida ehtiyoj tuymayotgan shaxslar, yopiq hajviy she’rlarda hayvonot va narsa-hodisalar nomi bilan ramziylashib, masal yo‘sinida, metaforik ko‘rinishda talqin qilinganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Yangi o‘zbek she’riyatida hajviyotning tadrijiy takomili va badiiyatini yoritish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
hajvning ilk ildizlari antik davr yunon adabiyotiga borib tutashuvi, hajvnavislik an’anasi yangi o‘zbek she’riyatida xalq og‘zaki ijodidagi hazil-mutoyibalar zamirida yuzaga kelganligi, kulgi zamirida umumning kayfiyati zuhur etilishi, uning odamlarni birlashtirish xususiyati, hajvning bilish (kognitiv) funksiyasini bajarishi aniqlanganiga doir xulosalaridan PF-2011912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining (2024-yil 24-fevraldagi 378-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek she’riyatida hajviy tafakkur tadriji, satira va yumorning ilk unsurlari, janrlar xilma-xilligiga doir ilmiy qarashlar, yangi nazariy ma’lumotlar bilan takomillashtirish imkonini bergan;
Abdulla Oripovning hajviy she’rlarida yoqimli yumor bilan zaharxanda kinoyaning bir-biriga  singib ketganligi, oniy kayfiyatning pragmatik talqini, ironiya, sarkazm, zaharxandalikning yetakchilik qilishi, Erkin Vohidov  va Anvar Obidjon she’rlarida kinoyaviy-parodik usul, komiklik, piching mazmunining yetakchilik qilishi, yagona hajviy qahramonlar yaratilganligi, falsafiy-psixologik yo‘sinda ochib berilganligi asoslanganiga doir xulosalaridan  Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi 2022-2023-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-22-23 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining 2022-yil 25-avgust № 30UZB-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmunini hajviyotning she’riyatdagi ildizlari, mumtoz adabiyotda yuzaga kelishi bilan aloqador yangi qarashlar bilan boyitish imkonini bergan;
Erkin Vohidovning Muqimiy, Zavqiy va Furqat uslubida, ohangida jamiyatdagi katta-kichik illatlarni kulgili tarzda hajv qilganligi, Abdulla Oripovning hajviy she’rlarida ham faylasufona qarashlar o‘z aksini topganligi, Anvar Obidjonning engil hazil, kinoyali kulgi vositasida ko‘ngil dardlarini ifoda etganligi,  kulgi orqali inson fe’lidagi xusumat, hasad, ko‘rolmaslik, ig‘vo, g‘iybat kabi illatlarning tanqid ostiga olinganligi dalillanganligiga oid fikr va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatini yuritishda, mahorat darslarida, yosh kitobxonlar bilan ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 2-fevraldagi 01-03/141-son ma’lumotnomasi). Natijada she’riyatda hajvni aks ettirish bilan bog‘liq to‘garak a’zolarining estetik didi va dunyoqarashini rivojlantirish imkonini bergan; 
ochiq hajviy she’rlarda lirik qahramon, muhit, davr va muammolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muallif ko‘z o‘ngida gavdalangan, sodir bo‘layotgan, xalq dardini tinglashga o‘zida ehtiyoj tuymayotgan shaxslar, yopiq hajviy she’rlarda hayvonot va narsa-hodisalar nomi bilan ramziylashib, masal yo‘sinida, metaforik ko‘rinishda talqin qilinganligi asoslanganiga doir fikr-xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” radioeshittirishida “Yangi o‘zbek she’riyatida hajviyotning o‘rni”, “Hajviyotning shakllanish bosqichlari”, mavzularidagi chiqishlarida foydalanilgan. (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-noyabrdagi 17-05/262-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning hajviyot va uning shakllanishi, yaralish tarixi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish