Mexmonaliev Ulug‘bek Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Korxonalar ichki nazorat tizimini takomillashtirish”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/ Iqt3820.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.1.06.05
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islom Nematovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi subektlarda ichki nazorat tizimini samaradorligini ta’minlashga va moliyaviy hisobotlarni axborot nafliligini ortirishiga qaratilgan analitik ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan raqamli segmentar hisobot shakllari ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektning ichki nazorat tizimidagi chetlanishlarni oldini olish, ular oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlarni minimallashtirishga qaratilgan 8590-“Ichki nazorat tizimi buzilishlari bo‘yicha rezerv” ishchi schyoti taklif etilgan;
ichki nazorat tizimini shaffofligini baholash uslubiyoti COSO modelini “nazorat jarayonlari”, “xavf-xatarni boshqarish”, “axborot va aloqa”, “monitoring”, “nazorat muhiti” elementlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ichki audit xizmati tomonidan o‘tkaziladigan audit jarayonlarida auditorlik dalillarini olish usluli “chek list” tamoilini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
analitik ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan raqamli segmentar hisobot shakllari “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning amaliy faoliyatiga joriy qilingan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024-yil 5-apreldagi 11-69-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni korxonada joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotlarning axborot nafliligini, operativliligini oshirish, korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha aniq va batafsil analitik ma’lumotlar taqdim etilishi, qaror qabul qilish jarayonini yanada optimallashtirish, hisob-kitoblarda aniqlilikni ta’minlash, vaqt va resurslarni tejash imkoniyatini yaxshilagan;
ichki nazorat tizimi faoliyatiga baho berish shaffofligini ta’minlash, mazkur tizimdagi xodimlar ma’suliyasizligi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlar yoki chetlanishlarni minimallashtirish maqsadida tavsiya etilgan 8590-“Ichki nazorat tizimi buzilishlari bo‘yicha rezerv” ishchi schyoti “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning amaliyotiga joriy etilgan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024-yil 5-apreldagi 11-69-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi natijasida, korxona ichki nazorat tizimini monitoring qilish sifatini oshirgan, shuningdek, nazorat tizimidagi kamchiliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni qoplash imkoniyatini yaratgan;
ichki nazorat tizimini shaffofligini baholashning COSO modeli asosida takomillashgan uslubiyoti “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ amaliyotiga joriy qilingan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024-yil 5-apreldagi 11-69-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyani joriy etilishi natijasida ichki nazorat mexanizmlarining yaxlit, o‘zaro aloqadorlikda aniq va tizimli ishlashiga, shuningdek, har bir elementning mantiqiy ketma-ketligi bo‘yicha xulosalar olish imkoniyati yaxshilanib, uning natijadorligi sezilarli darajada ortgan;
ichki audit xizmati jarayonlarida “chek listlar”ni joriy etish asosida auditorlik dalillarini olish usullari “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda amaliyotga joriy etilgan. (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024-yil 5-apreldagi 11-69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, auditning maqsadlari va ko‘lamini aniqlash, audit natijalarini tahlil qilish, hisobotlarni tayyorlash hamda zaruriy tavsiyalar ishlab chiqish, monitoring va qayta tekshirish jarayonlarini tizimli tashkillash asosida audit natijalarining ishonchliligi hamda operativliligi ta’minlangan.