Ibragimova Kamola Saidbarievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt 639 
Ilmiy rahbar: Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, dotsent, Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqobatbardoshlikning nisbiyligi hamda sohaning xususiyati, amaldagi darajasi va istiqbol maqsadlariga ko‘ra bozor talablari ustuvorligi va istiqbol talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan holda mahsulotlar raqobatbardoshligini kompleks baholash bosqichlari takomillashtirilgan;
mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishda sifatga ta’sir etuvchi sof diskont qiymatlari va raqobatbardoshlikni ta’minlashning tashkiliy-ishlab chiqarish tizimida soha xususiyatlariga ko‘ra ilgarilab standartlashtirish, o‘zaro bog‘liq obektlar ko‘rsatkichlari va talablari me’yorlarini uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
“UZTEXTGROUP” va “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan raqobatbardoshligini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari taqqoslama ekonometrik modelga ko‘ra ishlab chiqilgan.
“UZTEXTGROUP” MChJ korxonasining ishlab chiqarish harajatlarini optimallashtirish va mahsulotlarni diversifikatsiyalashga ko‘ra, jumladan ipning suniylik foizining sifat va raqobatbardoshlilik darajasiga ta’siri va turli tarkibli tolalardan foydalangan holda ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish takliflari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.    
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
raqobatbardoshlikning nisbiyligi hamda sohaning xususiyati, amaldagi darajasi va istiqbol maqsadlariga ko‘ra bozor talablari ustuvorligi va istiqbol talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, shunga ko‘ra mahsulotlar raqobatbardoshligini kompleks baholash bosqichlari takomillashtirishga oid taklif “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 30 sentyabrdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” MChJ korxonasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 49-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatiga joriy etilishi umumiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,3 foizga oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan;
mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishda sifatga ta’sir etuvchi sof diskont qiymatlari va raqobatbardoshlikni ta’minlashning tashkiliy-ishlab chiqarish tizimida soha xususiyatlariga ko‘ra ilgarilab standartlashtirish, o‘zaro bog‘liq obektlar ko‘rsatkichlari va talablari me’yorlarini uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berishning maqsadga muvofiqligi taklifi “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 30 sentyabrdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO”  MChJ korxonasi-ning 2024 yil 10 sentyabrdagi 49-sonli dalolatnomasi).Ushbu taklifning korxona amaliyotiga joriy etilishi to‘qimachilik mahsuloti eksportidagi ulushini 1,7 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
 “UZTEXTGROUP” va “SIYoVUSh TEKSTIL BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan raqobat-bardoshligini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan “UZTEXTGROUP” MChJ korxonasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 30 sentyabrdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “UZTEXTGROUP” MChJ korxonasining 2024 yil 27 avgustdagi 245 sonli dalolatnomasi). Mazkur prognoz parametrlari bo‘yicha berilgan takliflar asosida korxonaning ichki imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga korxona umumiy mahsuloti hajmi muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
“UZTEXTGROUP” MChJ korxonasining ishlab chiqarish harajatlarini optimallashtirish va mahsulotlarni diversifikatsiyalashga ko‘ra, jumladan ipning suniylik foizining sifat va raqobatbardoshlilik darajasiga ta’siri va turli tarkibli tolalardan foydalangan holda ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish takliflari.“UZTEXTGROUP” MChJ korxonasi ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 30 sentyabrdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “UZTEXTGROUP” MChJ korxonasining 2024 yil 27 avgustdagi 245-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyoga joriy etilishi  trikotaj matosi ishlab chiqarish sifatini 1,9 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish