Mamaraximov Bekzod Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va bandligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt740
Ilmiy rahbar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulova Dilfuza Valievna, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kurolov Kobiljon Kulmanovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va bandligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishchi kuchini takror ishlab chiqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun talab etiluvchi ishchi kuchi resurslarini miqdor va sifat jihatidan tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarining uzlyuksizligi tavsifini kiritish asosida takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonining ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol fazalari orqali harakati davomida navbatdagi ishchi kuchi guruhining vujudga kelishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish sikllari tavsifiga muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan asoslangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning har bir turi iqtisodiy tizimning muayyan davridan kelib chiqqan holda tarkibiy jihatdan (malakasiz, malakali, yuqori malakali, innovatsion takror ishlab chiqarish) hamda toifasiga qarab (qisqartirilgan, oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish) shakllarining amal qilish holatlari nazariy jihatdan asoslangan;
ishchi kuchi bozoriga kirib keluvchilarning asosiy qismni yoshlar tashkil etishini inobatga olgan holda, mahallalardagi ishsiz yoshlarni ishchi kuchi bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish orqali tadbirkorlikka tayyorlash hamda qayta tayyorlashda tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imkoniyatlar yaratishda (kredit va subsidiyalar ajratilishi) ko‘maklashish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarning dinamik harakatidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar iqtisodiy faol aholi o‘sish darajasining ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va bandligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo'yicha olingan natijalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ishchi kuchini takror ishlab chiqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun talab etiluvchi ishchi kuchi resurslarini miqdor va sifat jihatidan tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarining uzlyuksizligi tavsifini kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy yondashuvdan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000 - “Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiyot» nomli darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyruqlari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda ishchi kuchini takror hosil qilish tushunchalari o‘rtasidagi farqli jihatlar bo‘yicha yanada kengroq nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra uslubiy yondashuvga ko‘ra ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonining ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol fazalari orqali harakati davomida navbatdagi ishchi kuchi guruhining vujudga kelishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish sikllari tavsifiga muvofiqligini ta’minlashga oid nazariy va uslubiy yondashuvdan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000-“Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiyot» nomli darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyruqlari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish fazalarining amal qilishi hamda ularning ishlab chiqarish jarayoniga takroriy jalb qilinishi bo‘yicha nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, uslubiy yondashuvga ko‘ra ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning har bir turi iqtisodiy tizimning muayyan davridan kelib chiqqan holda tarkibiy jihatdan (malakasiz, malakali, yuqori malakali, innovatsion takror ishlab chiqarish) hamda toifasiga qarab (qisqartirilgan, oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish) shakllarining amal qilish holatlariga oid nazariy va uslubiy yondashuvdan 410 000 - “Biznes va boshqaruv” va 310 000 - “Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar” ta’lim sohalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiyot» nomli darsliklarini tayyorlashda hamda Kasbiy ko‘nikmalar markazlari tinglovchilari uchun dasturlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №01/00-03/10-3398-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning ishchi kuchining darajasiga qarab turli toifalarga bo‘lish kerakligi bo‘yicha nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
ishchi kuchi bozoriga kirib keluvchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etishini inobatga olgan holda, mahallalardagi ishsiz yoshlarni ishchi kuchi bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish orqali tadbirkorlikka tayyorlash hamda qayta tayyorlashda tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imkoniyatlar yaratish (kredit va subsidiyalar ajratilishi)da ko‘maklashish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son Qarorining 6-ilovasidagi “Aholi bandligini ta’minlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish” Dasturini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №01/00-03/10-3398-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2024-yil 12-noyabrdagi 04-13/1048-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatimizdagi ishchi kuchi bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning qaysi kasb-hunarni egallashlari va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlar va moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarning dinamik harakatidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar iqtisodiy faol aholi o‘sish darajasining ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Mamlakat hududlarida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №01/00-03/10-3398-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda kelgusi davrda ishchi kuchi bozorini tartibga solish imkoniyati yaratilgan.