Saburova Nasiba Rozumovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt.4040.
Ilmiy rahbar: Berkinov Bazarbay Berkinovich iqtisodyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, Urgench davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ayubdjanov Abbos Hasilovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab ekologik sharoitda qishloq hududiy tizimlarini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish usullarini tadqiq etish va ularni tuman qishloq hududi misolida sinab ko‘rish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
murakkab ekologik sharoitda faoliyat yuritayotgan qishloq hududida aholini ish bilan band qilish, ular turmush sifatini yaxshilash va mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishning “aholi sifati” mezoni, modeli va algoritmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
qishloq hududlarida dehkonchilik va chorvachilikga ixtisoslashgan xo‘jaliklarning yaqin va o‘rta istiqbolda rivojlanishi aholining oziq-ovqatga bo‘lgan istemol talabi, mahsulotlar ishlab chiqarish va taqsimlash balansi o‘zgarishi ko‘p omilli dinamik qatar sifatida takomillashtirilgan.
qishloq hududlari aholi tarkibi o‘zgarishining uzoq muddatli tendensiyalari asosida ijtimoiy soha obektlarini istiqbolda rivojlanish bosqichlari davrlar kesimida tahlil qilish orqali qishloq hududlarini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlash takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanining asosiy kapitalga investisiyalar kiritish, byudjet daromadlari va xarajatlarining istiqbolda o‘zgarishini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar muqobil variantlari prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
murakkab ekologik sharoitda faoliyat yuritayotgan qishloq hududida aholini ish bilan band qilish, ular turmush sifatini yaxshilash va mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirish “aholi sifati” mezoni, modeli va algoritmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifidan Xo‘jayli tumani qishloq hududlarini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-maydagi 05/07/04/208-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda aholi bandligi, ular yashash sifati va daromadlari oshishining asoslanganlik darajasini yaxshilash imkoni yaratilgan;
qishloq hududlarida dehqonchilik va chorvachilikga ixtisoslashgan xo‘jaliklarning yaqin va o‘rta istiqbolda rivojlanishi aholining oziq-ovqatga bo‘lgan iste’mol talabi, mahsulotlar ishlab chiqarish va taqsimlash balansi o‘zgarishining ko‘p omilli dinamik qator sifatida takomillashtirish taklifidan Xo‘jayli tumani dehqonchilik va chorvachilik sohalarini istiqbolda rivojlanish ko‘rsatkichlarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-y. 27-maydagi 05/07/04/208-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xo‘jayli tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2030 yilda 2023 yilga nisbatan qariyb 40 foiz ortishi mumkinligi aniqlangan;
qishloq hududlari aholisi tarkibi o‘zgarishining uzoq muddatli tendensiyalar asosida ijtimoiy soha obektlarining istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini davrlar kesimida tahlil qilish orqali qishloq hududlarini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlash takomillashtirish taklifidan Xo‘jayli tumanining ijtimoiy obektlarini boshqarish bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-y. 27-maydagi 05/07/04/208-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xo‘jayli tumani ijtimoiy soha obektlarida talab va taklif muvozanatiga erishish imkoni yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanining asosiy kapitalga investisiyalar kiritish, byudjet daromadlari va xarajatlarining istiqbolda o‘zgarishini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yillarga qadar ishlab chiqilgan muqobil variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xo‘jayli tumani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-y. 27-maydagi 05/07/04/208-sonli ma’lumotnomasi).. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xo‘jayli tumani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha asoslangan boshqaruv qarori qabul qilish imkoniyatlari kengaygan.