Bayjanov Timurning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqishida tergovga tegishlilik institutini takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat rrotsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq, sud eksrertizasi (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.4.PhD/Yu1703. Ilmiy rahbar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovish, yuridik fanlar doktori,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
II.    Tadqiqotning maqsadi: ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergovga tegishlilik yuzasidan olimlarning ilmiy qarashlarini tadqiq qilgan holda ilmiy munozaraga kirishib, tergovga tegishlilik institutiga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi kollizion holatlarni tadqiq qilish asosida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergov organlarining foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish jinoyatlarining oldini olish, ularni tez va to‘la ochish, aybdor shaxslarni aniqlash va ularning aybini isbotlash faoliyati samaradorligi tezkor-qidiruv va huquqbuzarlik profilaktikasi xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurati bilan bog‘liqligini inobatga olib, bu turdagi jinoyatlar ichki ishlar organlarining tergoviga tegishli bo‘lishi lozimligi asoslantirilgan;
tergov organlarining foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish jinoyatining oldini olish, ularni tez va to‘la ochish, aybdor shaxslarni aniqlash va ularning aybini isbotlash faoliyati samaradorligi tezkor-qidiruv va huquqbuzarlik profilaktikasi xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurati bilan bog‘liqligini inobatga olib, bu turdagi jinoyatlar ichki ishlar organlarining surishtiruviga tegishli bo‘lishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni tegishliligiga ko‘ra yuborilishi lozimligi haqida asoslar aniqlangan paytdan e’tiboran tergovga qadar tekshiruvning barcha materiallari bir sutkadan kechiktirmasdan tergovga qadar tekshiruvning tegishliligiga ko‘ra yuborilishi zarurati asoslantirilgan;
odam o‘limi bilan bog‘liq fosh etilmagan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, uy-joyga kirib sodir etilgan bosqinchilik, jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish, g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan tergov boshqarmalari tomonidan olib borishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergovga tegishlilik institutini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tergov organlarining foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish jinoyatlarining oldini olish, ularni tez va to‘la ochish, aybdor shaxslarni aniqlash va ularning aybini isbotlash faoliyati samaradorligi tezkor-qidiruv va huquqbuzarlik profilaktikasi xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurati bilan bog‘liqligini inobatga olib, bu turdagi jinoyatlar ichki ishlar organlarining tergoviga tegishli bo‘lishi lozimligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 28 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga erni va er osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-984-son Qonunning 2-moddasi 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi beshinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 10 yanvardagi 3dn/5-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov davomida shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
tergov organlarining foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish jinoyatining oldini olish, ularni tez va to‘la ochish, aybdor shaxslarni aniqlash va ularning aybini isbotlash faoliyati samaradorligi tezkor-qidiruv va huquqbuzarlik profilaktikasi xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurati bilan bog‘liqligini inobatga olib, bu turdagi jinoyatlar ichki ishlar organlarining surishtiruviga tegishli bo‘lishi lozimligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 28 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga erni va er osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-984-son Qonunning 2-moddasi 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 3812-moddasi birinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 10 yanvardagi 3dn/5-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov davomida shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarning hududiy yoki tergovga qadar tekshiruvning tegishliligiga ko‘ra yuborilishi belgilanmaganli bois O‘zbekiston Respublikasi JPKning 329-moddasini “jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarning hududiy yoki tergovga qadar tekshiruvning tegishliligiga ko‘ra yuborilishi lozimligi haqida asoslar aniqlangan paytdan e’tiboran bir sutkadan kechiktirmasdan to‘plangan hujjatlar tergovga qadar tekshiruvning tegishliligiga ko‘ra yuborilishi lozim” mazmunidagi beshinchi qism bilan to‘ldirish haqidagi taklifidan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi” Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 10 yanvardagi 3dn/5-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov davomida shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
odam o‘limi bilan bog‘liq fosh etilmagan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, uy-joyga kirib sodir etilgan bosqinchilik, jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish, g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undan bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan tergov boshqarmalari tomonidan olib borishi lozimligiga doir taklifidan Ichki ishlar vazirining 2017 yil 12 iyundagi 100-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 69-bandi ikkinchi xat boshiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining 2024 yil 4 martdagi 18/1595-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi jinoyat ishlarini tez, to‘la va xolisona tergov qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish