Ashurov Dilshod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Notariat sohasini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu465
Ilmiy rahbar: Xakimov Raximjon Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Nematov Jo‘rabek Nematilloevich; yuridik fanlar nomzodi Raxmonov Akmal Ergashevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida notariat sohasini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, sohadagi mavjud huquqiy-amaliy muammolarni tahlil qilish, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda qonunchilik bazasi va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishdan iboorat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlovni xolisona o‘tkazish va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini munosib nomzodlarga berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Notarial palata vakillari va notariuslarni kiritish zarurligi asoslantirilgan;
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etishi, uning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar hamda vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan;
Notarial palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanish tartibini joriy etish zarurligi asoslantirilgan;
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlovni xolisona o‘tkazish va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini munosib nomzodlarga berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Notarial palata vakillari va notariuslarni kiritish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi yangi tahririni ishlab chiqishda inobatga olingan. (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqoti institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/08-237-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi notariuslar korpusini xolisona shakllantirish va tanlov o‘tkazish hamda xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini munosib nomzodlarga berish uchun shart-sharoit yaratadi;
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etishi, uning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar hamda vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining
224-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan. (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqoti institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/08-237-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi notariat institutiga o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmni joriy etilishiga xizmat qildi;
Notarial palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanish tartibini joriy etish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 226-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan. (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqoti institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/08-237-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi notariuslar hamjamiyatining manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati organlarida ifoda etilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmni mustahkamlanishiga xizmat qildi;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil etish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 227-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan. (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqoti institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/08-237-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmni mustahkamlanishi va fuqarolarning notariuslar professional xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshishiga xizmat qilgan.