Li Adikning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy-huquqiy tartibga solish muammolari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Yu353.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Otaxonov Foziljon Xaydarovich; yuridik fanlar doktori, professor Xamedov Isa Axlimanovich; yuridik fanlar doktori, professor Xusanov Ozod Tillaboevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy-huquqiy jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirish uchun takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subektlarining tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larini hududiy tamoyil asosida erkin harakatlanishini cheklash, to‘xtatish va taqiqlashga yo‘l qo‘ymaydigan tartibni o‘rnatish zarurligi asoslantirilgan;
aniqlangan soliq qonunbuzarliklaridagi aybini tan olgan va soliq organining soliq qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan boshlab o‘n kun ichida moliyaviy jazo summasini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda jarima miqdorini belgilangan miqdorga nisbatan ikki barobar kamaytirish zarurligi asoslab berilgan;
tadbirkorlik subektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda, shuningdek, ularning mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni tashqi va ichki bozorlarda sotishda, jumladan, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subektlarini faol jalb etish va ularning mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishda ko‘maklashish lozimligi asoslantirilgan;
tadbirkorlik subektlari o‘z faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani to‘g‘risida davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi asoslab berilgan;
hisob palatasiga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, banklarning ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish huquqini berish asoslantirilgan;
prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining mavjudligi asos bo‘ladigan tartibni o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi taklif asoslantirildi. Bunda tekshiruv faqatgina xo‘jalik yurituvchi subektning qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatini qamrab olishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi shartligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
Tadbirkorlik subektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonuni (yangi tahrirdagi) 18-moddasi 5-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil                       4-apreldagi 3/dn-66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi integratsiyalashgan va raqobatbardosh iqtisodiy muhitning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga va tadbirkorlik subektlari hududiy chegaralarni hisobga olmagan holda erkin faoliyat yuritishiga xizmat qilgan; 
aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan boshlab o‘n kun ichida moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarima miqdorini belgilangan miqdorga nisbatan ikki barobar kamaytirish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-sonli Qonuni (yangi tahriri) 40-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 4-apreldagi 3/dn-66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytirish, ularning halol xulq-atvorini rag‘batlantirish, soliq organlari bilan nizolashish xarajatlarini pasaytirish va fiskal samaradorlikka erishishga xizmat qilgan; 
tadbirkorlik subektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda, shuningdek, ularning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda,  jumladan, tadbirkorlik subektlarini davlat xaridlari jarayoniga faol jalb etish va ularning mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tuzish orqali yordam berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri)ning 43-moddasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 4-apreldagi 3/dn-66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tadbirkorlik subektlariga kreditlar, subsidiyalar va investisiya dasturlariga kirishni kengaytirish; ishlab chiqaruvchilarning bozorlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish; tadbirkorlarni davlat xaridlariga kengroq jalb etish orqali ularning mahsulotlariga kafolatlangan talabni yaratish va daromadlar barqarorligini ta’minlash; eksport hajmini kengaytirish hamda tashqi bozorlardagi o‘z mavqeyini mustahkamlash imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qilgan; 
tadbirkorlik subektlarini davlat va boshqa organlar qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida sudga murojaat etganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 50-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 4-apreldagi 3/dn-66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tadbirkorlarni o‘zining mulkiy manfaatlarini himoya qilish vositasi sifatida sud tizimidan ko‘proq foydalanishga rag‘batlantirdi hamda davlat xizmatlarini rasmiylashtirish tartib-qoidalari sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;  
hisob palatasiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, jumladan, banklarning ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini berish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–546-sonli Qonuni 30-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 4-apreldagi 3/dn-66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Hisob palatasiga byudjet mablag‘lari, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllaridan foydalanish bilan bog‘liq shubhali yoki maqsadsiz moliyaviy oqimlarni nazorat qilish imkoniyatini beradi. Zarur ma’lumotlardan markazlashgan tarzda foydalanish vaqt va resurslarni tejash bilan bir qatorda, nazorat qilinadigan tadbirkorlik subektlariga tushadigan yukni ham kamaytirishiga xizmat qilgan; 
prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining mavjudligi asos bo‘lishi va bunda xo‘jalik yurituvchi subektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkinligi, bu haqda tekshiruv tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonuni 9-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 4-apreldagi 3/dn-66-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan etarli asoslarsiz tasodifiy yoki oldini olish maqsadidagi ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi, bunda aniq huquqiy mezon o‘rnatiladi – faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ishgina biznesni tekshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa nazorat qiluvchi organlarning vijdonsiz rahbarlari tomonidan suiisteʼmolchiliklarga yo‘l qo‘yish imkoniyatlarini cheklaydi va biznes bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish