Aslanov Alisher Qahramon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi NPKS kompleks o‘g‘itlarini olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4581.
Ilmiy rahbar: O‘rozov To‘lqin Samatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Alimov Umarbek Kadirberganovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlarini oltingugurt ishtirokida ammoniy sulfat, karbamid, kaliy xloridlar kabi oziqa sifatida foydalaniladigan moddalar bilan faollashtirish orqali murakkab azot-fosfor-kaliy-oltingugurtli murakkab kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosforit namunalarini oltingugurt ishtirokida ammoniy sulfat, karbamid, kaliy xloridlar kabi ozuqa modda sifatida foydalaniladigan tuzlar yordamida faollashtirish jarayoni tadqiq qilinib, fosforitlarning faollanishi tuzlar hisobiga o‘rtacha 5,3 barobarga oshirishi aniqlangan;
boyitilmagan va past sifatli fosforitlarining oltingugurt ishtirokida ammoniy sulfat, kaliy xlorit va karbamidlar hamda sulfat kislotaning to’liqsiz me’yorlari ishtirokida qayta ishlash jarayonida ham faollanish tuzlar hisobiga o‘rtacha 6,2 barobarga oshishi aniqlangan;
tarkibida NPKS komponentlarni saqlagan o’g‘itlar olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan, jarayonning moddiy balanslari va texnologik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan;
tarkibida NPKS kabi bir nechta ozuqa elementlarini o‘zida saqlagan murakkab tarkibli o’g‘itlarning fizik-kimyoviy, reologik va tovar xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizilqum fosforit na’munalarini oltingugurt va ammoniy sulfat, karbamid, kaliy xloridlar bilan qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Qizilqum fosforitlaridan tarkibida NPKS komponentlarni saqlagan murakkab o‘g‘itlarni olish texnologiyasi Elektrokimyozavod QK AJning “2026-2028-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJ korxonasining 2024 yil 19 noyabrdagi  465/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqonchilik talablariga to‘liq javob beradigan NPKS li murakkab o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
Markaziy Qizilqum fosforitlarini oltingugurt ishtirokida tuzlar va sulfat kislotaning to‘liqsiz me’yori bilan faollashtirib NPKS li murakkab o‘g‘it olish texnologiyasi Elektrokimyozavod QK AJning “2026-2028-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJ korxonasining 2024 yil 19 noyabrdagi  465/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida bir nechta ozuqa elementlarini o‘zida saqlagan NPKS li murakkab o‘g‘itlar olish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish