Mavlanova Moxira Umrbek qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tanqidiy fikrlash orqali bo‘lajak muxandislarda muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”  13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirkasimova Madina Bahodirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc 03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori professor; Utaeva Iroda Baxodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tanqidiy fikrlash orqali bo‘lajak muxandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari analitik tafakkur qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, interaktiv muloqot va kreativ g‘oyalarini tahlil qilish, chet tilida texnik terminologiyani egallash natijadorligini oshirish hamda global kasbiy integratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, tilning kontekstual, kognitiv jarayonlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish modeli muammoga, shaxsga, kompetensiyaga, muloqot, germenavtik va madaniy yondashuvlarga ko‘ra matnlarni tahlil qilish, kognitiv rolini anglash va til birligini ta’minlashga qaratilgan muloqot ehtiyojlarini rivojlantirish hamda hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish va barcha subektlarining uyg‘un fikrlash jarayonini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi tanqidiy fikrlash va samarali muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, kommunikativ o‘qitish metodi (CLT), case study va discussion metodlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash hamda guruh, individual o‘qitish shakllariga va interaktiv vositalariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlar va vizual muhokamalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi madaniyatlararo muloqot, tanqidiy fikrlarini aniq va mos kontekstda ifoda etishni motivatsion, kognitiv, muloqot-faollik, perseptiv-refleksiv  mezonlariga ko‘ra optimallashtirish hamda muloqotni tahlil qilish, tinglash, auditoriyaga moslashish va fikrlarni asoslashga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari analitik tafakkur qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, interaktiv muloqot va kreativ g‘oyalarini tahlil qilish, chet tilida texnik terminologiyani egallash natijadorligini oshirish hamda global kasbiy integratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, tilning kontekstual, kognitiv jarayonlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “General english” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 10-aprel “11/05-2222/04” sonli dalolatnoma). Natijada, bo‘lajak muhandislarning tanqidiy fikrlash orqali muloqot kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini  tahlil qilishga erishilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish modeli muammoga, shaxsga, kompetensiyaga, muloqot, germenavtik va madaniy yondashuvlari matnlarni tahlil qilish, kognitiv rolini anglash va til birligini ta’minlashga qaratilgan  muloqot ehtiyojlarini rivojlantirish, hamkorlik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish uchun o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini o‘zaro hamkorligini tashkil etish hamda barcha subektlarining uyg'un fikrlash jarayonini yaratish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “General english” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 10-aprel“11/05-2222/04” sonli dalolatnoma). Natijada, talabalarning muloqot kompetensiyalarini takomillashtirish modeli komponentlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi tanqidiy fikrlash va samarali muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, kommunikativ o‘qitish metodi (CLT), case study va discussion metodlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash hamda guruh, individual o‘qitish shakllariga va interaktiv vositalariga ko‘ra rivojlantiruvchi mashqlar va visual muxokamalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “General english” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 10-aprel “11/05-2222/04”  sonli dalolatnoma). Natijada talabalarning muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mashqlar tizimi orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi samaradorligi madaniyatlararo muloqot, tanqidiy fikrlarini aniq va mos kontekstda ifoda etishni motivatsion, kognitiv, muloqot-faollik, perseptiv-refleksiv  mezonlariga ko‘ra optimallashtirish, hamda muloqotni tahlil qilish, tinglash, auditoriyaga moslashish va fikrlarni asoslashga yo‘naltirilgan pedagogic mikromuhitni yaratish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “General english” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 10-aprel “11/05-2222/04”  sonli dalolatnoma). Natijada talabalarning muloqot kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi monitoringi baholash mezonlari orqali  aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish