Shodiyev Ne’matjon Sadirovishning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish (Mashina detallari fani misolida), 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped5256
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar:
1. Sobirov Tolib Ruzievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02);
2. Murodova Feruza Rashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02) Ilmiy kengash a’zosi;
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuv asosida umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari hamda didaktik shart-sharoitlari elektron o‘quv-uslubiy ta’minotini integratsiyalash asosidagi dasturiy ishlanmalarni transformatsiyalash hamda tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarga mashina detallari va loyihalash asoslari fanini o‘qitishni tashkiliy-funksional modeli funksional, morfologik, axborotli maqsad tizimiga asoslangan mantiqiy, freym, semantik hamda ishlab chiqarish komponentlarini qo‘llash asosida modellashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga mashina detallari va loyihalash asoslari fanini o‘qitish metodikasini integrativ yondashuv asosida talabalarda zamonaviy robotlar mexanizmi, kinematik tahlil qilish, detallarni AutoCAD tizimida vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan va ilmiy asoslab berilgan;
bo‘lajak muhandislarga motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv kompetensiyalarning shakllanganligini baholash me’zonlari integrativ o‘qitish metodikasiga asoslangan kasbiy sifatlar (kreativlik, intellektuallik, mobillik)ni talabalarning o‘quv-manipulyativ faoliyati natijalarini umumlashtirish natijasida qiyosiy tahlil qilingan va optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o‘qitishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va didaktik shart-sharoitlari elektron o‘quv-uslubiy ta’minoti, talaba portfoliosi va dasturiy ishlanmalar (AutoCAD) ishlab chiqish hamda tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mashina detallari va loyihalash asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (OTFvaI vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi №391-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan o‘quv adabiyoti guvohnomasi). Natijada mazkur darslik talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o‘qitishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va natijaviy komponentlar integrativligida tizimlilik, prognostik, universallik, izchillik, ierarxiya va modellashtirish tamoyillari asosida ishlab chiqishga oid takliflardan “Intensiv bog‘larni tuproq ichidan sug‘orishning suv tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining 2023.21.08dagi № 202107019-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni bashoratlashga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga va texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning savodxonlik, intellektuallik, mobillik kabi muhandislikka xos kasbiy sifatlarini va kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid takliflar “Mashina detallari va loyihalash asoslari fanidan kurs loyihasini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” (OO‘MTVning 2022 yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan o‘quv adabiyoti guvohnomasi) va “Materiallar qarshiligi fanidan tajriba ishlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” (2022 yil 25-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan o‘quv adabiyoti guvohnomasi)lar mazmuniga singdirilgan. Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Buxoro muhandislik - texnologiya instituti “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiu resurslarni boshqarish instituti va Qarshi irrigatsiua va qishloq xo’jaligi texnologiualari institutlari ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi 02/01-01-191-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyalar, qo‘llanmalar, integrativ yondashuv asosida talabalarga umumkasbiy fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.