Ruzmetova Nilufar Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koronavirus infeksiyasida rivojlanmagan homiladorlikni prognozlash va profilaktikasining patogenetik jihatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib3264.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muminova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq rivojlanmagan homiladorliklarni prognozlash, profilaktikasi va abortdan keyingi davrda reabilitatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda (immunologik tahlillar asosida) rivojlanmagan homiladorlik holatida yallig‘lanish belgilari, jumladan, IL-6 darajasining oshishi, shuningdek, immun tizimining giperaktiv reaksiyasi va yallig‘lanish jarayoni homilaning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan ayollarda (gormonal tahlillar asosida) rivojlanmagan homiladorlik holatida gravidar gormonlar darajasida jiddiy o‘zgarishlar aniqlangan, xususan xorionik gonadotropin-β darajasi pasayishi, α-fetoprotein (AFP) darajasining oshishi va progesteron gormoni darajasining pasayishi kuzatilib, ushbu gormonal disbalans COVID-19 fonida rivojlanmagan homiladorlik patogenezida muhim rol o‘ynashi asoslangan;
koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlik holatida (morfologik va immunogistokimyoviy tahlillar asosida) abortiv material tahlilida desidual to‘qimalarda leykotsitar infil`tratsiya, qon quyilish o‘choqlari, sinsitiotrofoblast hujayralarida o‘choqli proliferatsiya va qon tomirlarining etarli darajada rivojlanmaganligi qayd etilgan, shuningdek, Pdl-1 reseptorining fokal, geterogen va diffuz ekspressiyasi aniqlangan;
koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlikni (gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari asosida) profilaktika qilish maqsadida mikronizirlangan progesteronni qo‘llash homiladorlikni muvaffaqiyatli saqlab qolishga yordam berishi, shuningdek, COVID-19 sababli rivojlanmagan homiladorlik holatlarida abortdan keyingi davrda reproduktiv funksiyani tiklash maqsadida drospirenon va estetrol monogidrat tarkibli kombinirlangan peroral kontratseptivini qo‘llash hayz sikli va reproduktiv funksiya tiklanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/78-son xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda (immunologik tahlillar asosida) rivojlanmagan homiladorlik holatida yallig‘lanish belgilari, jumladan, IL-6 darajasining oshishi, shuningdek, immun tizimining giperaktiv reaksiyasi va yallig‘lanish jarayoni homilaning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: sitokinlar – IL-6 va IFN-γ – darajalarining yuqori ko‘rsatkichlarda aniqlanishi homiladorlik kechishini baholash, immunologik xavfni prognozlash va rivojlanmagan homiladorlikni erta aniqlash uchun aniq biomarker sifatida foydalanish imkonini yaratadi. Ushbu mezonlarning joriy etilishi klinik amaliyotda taxminiy baholarga emas, balki ishonchli laborator parametrlarga asoslangan profilaktika va skrining mezonlari sifatida foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan immunologik ko‘rsatkichlar asosida rivojlanmagan homiladorlik xavfini erta bosqichda baholash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa invaziv tekshiruvlar (biopsiya, morfologik tahlil va gistologiya) dan voz kechish imkonini yaratib, har bir ayol uchun o‘rtacha 400000 so‘mgacha sarfni kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, samarali tashxis va profilaktika orqali har bir bemorga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning umumiy xarajatlari 150000 so‘mgacha qisqartirildi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimida byudjet tejamkorligini ta’minlaydi. Xulosa: ushbu tadqiqot doirasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq rivojlanmagan homiladorlik xavfini IL-6 va IFN-γ darajalari asosida aniqlash imkonini beruvchi samarali immunologik taxislash va prognozlash mezonlari ishlab chiqildi. Ushbu mezonlar homiladorlik davrida kasallikning og‘irlik darajasini baholash, homilani saqlab qolish strategiyasini belgilash va individual terapevtik taktikani shakllantirishda katta amaliy va strategik imkoniyatini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan ayollarda (gormonal tahlillar asosida) rivojlanmagan homiladorlik holatida gravidar gormonlar darajasida jiddiy o‘zgarishlar aniqlangan, xususan xorionik gonadotropin-β darajasi pasayishi, α-fetoprotein (AFP) darajasining oshishi va progesteron gormoni darajasining pasayishi kuzatilib, ushbu gormonal disbalans COVID-19 fonida rivojlanmagan homiladorlik patogenezida muhim rol o‘ynashi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan XGCh-β, AFP va progesteron darajalarining sezilarli o‘zgarishi homiladorlik holatini baholash, reproduktiv xavfni erta aniqlash va rivojlanmagan homiladorlikni prognozlash uchun aniq gormonal biomarkerlar sifatida foydalanish imkonini yaratdi. Bu amaliyot mutaxassislarga homiladorlikni samarali monitoring qilish, perinatal yo‘qotishlarni kamaytirish va homiladorlikni saqlab qolish imkoniyatlarini kengaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan gormonal ko‘rsatkichlar asosida rivojlanmagan homiladorlik xavfini erta aniqlash imkoni tufayli qo‘shimcha invaziv tekshiruvlar — biopsiya, morfogistologik tahlillar talab etilmaydigan holatlar soni kamaydi. Bu har bir bemor uchun o‘rtacha 450000 so‘mgacha mablag‘ni tejab, shuningdek, samarali tashxislash va davolash orqali tibbiy yordamning samaradorligi oshirilib, har bir bemor hisobidan byudjet mablag‘lari 200000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq rivojlanmagan homiladorlik xavfini erta aniqlash va baholash uchun XGCh-β, AFP va progesteron gormonlari darajalariga asoslangan samarali tashxislash mezonlari ishlab chiqilib, ushbu mezonlar asosida homiladorlik kechishining patogen mexanizmlari prognozlash, individual davolash va saqlash taktikasini aniqlanish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlik holatida (morfologik va immunogistokimyoviy tahlillar asosida) abortiv material tahlilida desidual to‘qimalarda leykotsitar infil`tratsiya, qon quyilish o‘choqlari, sinsitiotrofoblast hujayralarida o‘choqli proliferatsiya va qon tomirlarining etarli darajada rivojlanmaganligi qayd etilgan, shuningdek, Pdl-1 reseptorining fokal, geterogen va diffuz ekspressiyasi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi. koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlik aniqlangan ayollarda abortiv materialining morfologik va immunogistokimyoviy tahlili 88,3% ayolda desidual to‘qimalarda leykotsitar infil`tratsiya, 70% ayolda qon quyilish o‘choqlari va sinsitiotrofoblast hujayralarida o‘choqli proliferatsiya, 65% ayolda qon tomirlarning etarli darajada rivojlanmaganligi, Pdl-1 reseptorining fokal ekspressiyasi – 67%, geterogen ekspressiyasi – 58%, diffuz ekspressiyasi – 54% aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar mutaxassislarga rivojlanmagan homiladorlikning morfologik va immunologik mexanizmlarini yaxshiroq tushunish, erta tashxis qo‘yish va samarali davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni baholash orqali rivojlanmagan homiladorlikning asosiy patogenetik mexanizmlarini aniqlash va maqsadli davolashni tashkil etish imkonini berdi. Bu esa qo‘shimcha invaziv tekshiruvlar (genetik va qo‘shimcha immunologik testlar)dan voz kechishga olib kelib, har bir ayol uchun 500000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlikning morfologik va immunogistokimyoviy asoslarini chuqur o‘rganish natijasida desidual to‘qimalarda leykotsitar infil`tratsiya, qon quyilish o‘choqlari, qon tomirlarning rivojlanmaganligi va Pdl-1 reseptorining ekspressiyasi kabi ko‘rsatkichlar aniqlangan. Ushbu natijalar rivojlanmagan homiladorlik patogenezini tushunish, uning oldini olish va maqsadli terapiyani ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati oshiriladi va davolash xarajatlari kamaytirilib, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 250000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlikni (gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari asosida) profilaktika qilish maqsadida mikronizirlangan progesteronni qo‘llash homiladorlikni muvaffaqiyatli saqlab qolishga yordam berishi, shuningdek, COVID-19 sababli rivojlanmagan homiladorlik holatlarida abortdan keyingi davrda reproduktiv funksiyani tiklash maqsadida drospirenon va estetrol monogidrat tarkibli kombinirlangan peroral kontratseptivini qo‘llash hayz sikli va reproduktiv funksiya tiklanishiga olib kelishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlik tushirilgan ayollarda abortdan keyingi reproduktiv funksiyani tiklash va koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlikni profilaktikasi maqsadida 3 mg drospirenon va 15 mg estetrol monogidrat tarkibli kombinirlangan peroral kontratseptiv hamda mikronizirlangan progesteron 200 qo‘llash 82% ayollarda homiladorlik muvaffaqiyatli saqlanib qolishiga, guruxlarda mos ravishda 87% va 82% ayollarda hayz sikli va reproduktiv funksiya tiklanishiga olib kelishi isbotlangan. Ushbu metodika mutaxassislarga abortdan keyingi davrda reproduktiv funksiyani samarali tiklash, homiladorlikni saqlash va perinatal yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda ishlab chiqilgan gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari abortdan keyingi davrda qo‘shimcha davolash usullariga ehtiyojni kamaytirib, reproduktiv funksiya tiklanishi uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi. Bu esa har bir ayol uchun 550 000 so‘mni iqtisod qilish imkon bergan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi sababli rivojlanmagan homiladorlik tushirilgan ayollarda reproduktiv funksiyani tiklash va homiladorlikni saqlash uchun gormonal terapiya va reabilitatsiya usullari ishlab chiqildi. 3 mg drospirenon va 15 mg estetrol monogidrat tarkibli peroral kontratseptiv hamda mikronizirlangan progesteron 200 qo‘llangan holda 82% ayollarda homiladorlik saqlanishi, guruxlarda mos ravishda 87%, va 82% ayollarda hayz sikli va reproduktiv faoliyat tiklanishi ta’minlangan. Ushbu natijalar reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, qayta homiladorlik xavfini pasaytirish va fertillikni oshirish imkonini beradi. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati oshirildi va davolash xarajatlari kamaytirib, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mgacha tejash imkoniyati yaratildi.