Mamadinova Lolaxon Xomidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
    

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning 2-turi bilan og‘rigan bemorlarning tana vazni indeksiga bog‘liq holda asab tizimining zararlanish xususiyatlari» 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.3129. 
Ilmiy rahbar: Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Omonova Umida Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorlarning tana vazni indeksiga bog‘liq ravishda markaziy va periferik asab tizimining zararlanish xususiyatlarini o‘rganish va erta tashxislash mezonlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlar asosida bosh miyada qon aylanishing o‘tkinchi buzilishlari yuzaga kelish xavf omillari aniqlangan va uning diagnostik samadorligi isbotlangan;
2-tur qandli diabet mavjud bemorlarda polineyropatiya rivojlanishining elektroneyromiografik ko‘rsatkichlari va tana vazni indeksi ortishi orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorlarda tana vazni indeksi oshishiga bog‘liq holda lazerli doppler fluometriya usuli yordamida diabetik polineyropatiyani erta bosqichlarida aniqlash samaradorligi asoslangan;
qandli diabetning 2-turi mavjud bemorlarda kompleks tekshiruvlar asosida tana vazni indeksiga bog‘liq holda polineyropatiyani erta tashxislash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/16-son xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlar asosida bosh miyada qon aylanishing o‘tkinchi buzilishlari yuzaga kelish xavf omillari aniqlangani va uning diagnostik samadorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda klinik-nevrologik va neyropsixologik tekshiruvlar asosida bosh miyada qon aylanishing o‘tkinchi buzilishlari yuzaga kelish xavf omillari erta bosqichda aniqlash, bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar yuzaga kelishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq profilaktik choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarning oldini olish natijasida 1000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa. Tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turi mavjud bemorlarda samarali diagnostik algoritmini ishlab chiqish shifokor nevrologlarga kasallikning barcha bosqichlarida olib borish taktikasini to‘g‘ri qo‘llashni hal qilish, tibbiy yordamning turi va hajmini oqilona tanlash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda elektroneyromiografik ko‘rsatkichlarni tana vazni indeksi oshishiga to‘g‘ri korrelyativ bog‘liqliligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda elektroneyromiografik ko‘rsatkichlarni tana vazni indeksi oshishiga to‘g‘ri korrelyativ bog‘liqliligini erta aniqlash natijasida bosh miyada qon aylanishing buzilishlari va nevrologik o‘zgarishlar yuzaga kelishini erta bosqichda aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: TVI oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar yuzaga kelishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq profilaktik choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 800000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa. Tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turi mavjud bemorlarda nevrologlarga kasallikning barcha bosqichlarida olib borish taktikasini to‘g‘ri qo‘llashni hal qilish, tibbiy yordamning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorlarda tana vazni indeksi oshishiga bog‘liq holda lazerli doppler fluometriya usuli yordamida diabetik polineyropatiyani erta bosqichlarida aniqlash samaradorligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda TVI oshishiga bog‘liq holda lazerli doppler fluometriya usuli yordamida diabetik polineyropatiyaning rivojlanishi aniqlash bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: TVI oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar yuzaga kelishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq profilaktik choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 9000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan. qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorlarda tana vazni indeksi oshishiga bog‘liq holda lazerli doppler fluometriya usuli yordamida diabetik polineyropatiyani erta bosqichlarida aniqlash samaradorligi asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi mavjud bemorlarda kompleks tekshiruvlar asosida tana vazni indeksiga bog‘liq holda polineyropatiyani erta tashxislash mezoni ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning 2 turi mavjud bemorlarda kompleks tekshiruv asosida tana vazni indeksiga bog‘liq holda erta tashxislash mezoni yaratilib, uning yuqori samaradorligi ularning hayot sifatini yaxshilash, nogironlik darajasining kamayish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tana vazni indeksi oshgan qandli diabetning 2 turiga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar yuzaga kelishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq profilaktik choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asoratlarni oldini olish natijasida 1200000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa. ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6I-25/x-sonli xati yuborilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13 oktyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiqi bo‘yicha xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish