Asadov Diyor Alisher o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oftal`mologik kasalliklarining diagnostika va davolash samaradorligini axborot va kommunikatsiya texnologiyalar yordamida baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2717.
Ilmiy rahbar: Djamalova Shirin Abdumuratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Nazrulla Sagdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Nabiev Abduvali Mirzalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm` davlat tibbiyot universiteti Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan xastalangan bemorlar misolida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - telemedisinaning qo‘llanilishi orqali oftal`mologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash jarayonini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oftalmogipertenziya, birlamchi ochiq burchakli glaukomaga shubha qilingan va birlamchi ochiq burchakli glaukomaning haqiqiy holatlarida tashxislash va differensial tashxislashida, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish aniqligini 97% gacha oshirishi va ixtisoslashtirilgan muassasalarda tekshiruv bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish klinik va funksional (ko‘z ichi bosimi, perimetriya ko‘rsatkichlari) va morfometrik parametrlarga (neyroepiteliyning o‘rtacha qalinligi) asoslanganligi, bemorlarning ahvolini kuzatish va tuzatishga imkon berishi aniqlangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish belgilangan davolanishga rioya qilishni oshirishi va belgilangan davolash sifatini yaxshilashi va komplaensga sodiqlik, bu esa kasallikning rivojlanish holatlarini 1,5 baravar kamaytirashi isbotlangan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish birlamchi ochik burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlar ambulator nazorati ostida sonini ko‘paytirishi, ixtisoslashtirilgan muassasaga tashriflar sonini kamaytirishi va konsultatsiyalar orasidagi muddatlarni qisqartirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oftal`mologik kasalliklarining diagnostika va davolash samaradorligini axborot va kommunikatsion texnologiyalar yordamida baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/117-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: oftalmogipertenziya, birlamchi ochiq burchakli glaukomaga shubha qilingan va birlamchi ochiq burchakli glaukomaning haqiqiy holatlarida tashxislash va differensial tashxislashida, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish aniqligini 97% gacha oshirishi va ixtisoslashtirilgan muassasalarda tekshiruv bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Teletibbiyotni glaukoma skriningida qo‘llash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) va “Oftal`mologiyada teletibbiyot xizmati faoliyatini tashkil etish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №97, 13.11.2023 y.) va Farg‘ona filiali (buyruq №97, 13.11.2023) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: munosib darajada rivojlangan va joriy etilgan taqdirda oftal`mologiyadagi teletibbiyot xizmati sog‘liqni saqlashning muhim qismiga aylanib, respublikamizning uzoqlashgan hududlar aholisiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan oftal`mologik yordamni ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Iqtisodiy samaradorligi: teletibbiyot xonalarining hozirgi unumdorligidan (1 yil davomida 1.940 maslahatlar) kelib chiqqan holda uni qo‘llanilishi, bemorlar tomonidan poytaxtning ihtisoslashtirilgan muassasalariga uyushtiriladigan safarlariga sarflanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larni tejash imkonini beradi, ya’ni, 1 nafar bemor uchun ovqatlanish bilan birga viloyatlardan kelish uchun yo‘l kira haqining o‘rtacha narxi hisoblanganida, ushbu summa 1 yilda 485 mln. so‘mni tashkil qiladi (tibbiy muassasada maslahat olish va tashhislash narhini hisoblamagan holda). Bitta teletibbiyot xonasini jihozlash uchun esa o‘rtacha 9.230 AQSh dollari sarflanadi. Hulosa: oftal`mologiyada teletibbiyot xizmati, yoki teleoftal`mologiya, zamonaviy tashhislashni, davolashning yuqori darajasini, nazorati yuqori malakali va tor ihtisoslashgan, soni chegaralangan oftal`molog-mutaxassislarning ishtirokini taqozo etadigan ko‘p sonli oftal`mologik kasalliklarni oldini olish va reabilitatsiya qilishga bo‘lgan tegishli yondashuvni ta’minlashi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish klinik va funksional (ko‘z ichi bosimi, perimetriya ko‘rsatkichlari) va morfometrik parametrlarga (neyroepiteliyning o‘rtacha qalinligi) asoslanganligi, bemorlarning ahvolini kuzatish va kuzatishga imkon berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Teletibbiyotni glaukoma skriningida qo‘llash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) va “Oftal`mologiyada teletibbiyot xizmati faoliyatini tashkil etish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №97, 13.11.2023 y.) va Farg‘ona filiali (buyruq №97, 13.11.2023) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: teletibbiyot vositalarini qo‘llash xizmati glaukoma skriningida ushbu patologiyani o‘z vaqtida aniqlash, hamda bemorlarni nazoratga olib ularga tegishli davolashni tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: glaukoma skriningida teletibbiyotni qo‘llanilishi, davolashning lazerli yoki jarrohlik usullarini qo‘llash uchun xarajatlarni tejash yo‘li bilan glaukomaning mumkin bo‘lgan holatlarini davolash uchun sarflanadigan umumiy harajatlarni 50-60%ga kamaytirish imkonini beradi. Hulosa: aholini glaukomani aniqlash yuzasidan skriningli tekshirish jarayonida va bahsli klinik holatlarni, ayniqsa, gap glaukomaning preperimetrik bosqichi yoki normotenzivli glaukoma haqida ketgan taqdirda, aniqlashda teletibbiyot vositalarini qo‘llashning samaradorligini yuqoridagi natijalar yaqqol ko‘rsatadilar.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish belgilangan davolanishga rioya qilishni oshirishi va belgilangan davolash sifatini yaxshilashi va komplaensga sodiqlik, bu esa kasallikning rivojlanish holatlarini 1,5 baravar kamaytirashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Teletibbiyotni glaukoma skriningida qo‘llash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) va “Oftal`mologiyada teletibbiyot xizmati faoliyatini tashkil etish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №97, 13.11.2023 y.) va Farg‘ona filiali (buyruq №97, 13.11.2023) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi ochiq burchakli glaukomaga rivojlanishini bashoratlash imkoniyati aholida ko‘ruv qobiliyatini mumkin bo‘lgan yo‘qolishini rivojlanishining ulushini qisqartirish, va ushbu bilan ularning mexnat layoqatini saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi ochiq burchakli glaukomaga rivojlanishini bashoratlash usulini qo‘llanilishi, davolashning lazerli yoki jarrohlik usullarini qo‘llash uchun harajatlarni tejash yo‘li bilan glaukomaning mumkin bo‘lgan holatlarini davolash uchun sarflanadigan umumiy harajatlarni 50-60%ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: mazkur natijalar, klinik amaliyotida oftal`mogipertenziyali bemorlarda birlamchi ochiq burchakli glaukomaga rivojlanishining havfini baholash, hamda qo‘shimcha kuzatuv, skrining tadqiqotlar, yoki kasallikni oldini olish bo‘yicha choralarni qo‘llash zarurati haqidagi qarorni qabul qilish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, bu narsa, boshqarish va davolash strategiyalarini yakka tartiblash uchun havfning turli darajalari bilan bemorlarni aniqlash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish birlamchi ochik burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlar ambulator nazorati ostida sonini ko‘paytirishi, ixtisoslashtirilgan muassasaga tashriflar sonini kamaytirishi va konsultatsiyalar orasidagi muddatlarni qisqartirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Teletibbiyotni glaukoma skriningida qo‘llash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) va “Oftal`mologiyada teletibbiyot xizmati faoliyatini tashkil etish” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 10/6-son, 07.11.2023 y.) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №97, 13.11.2023 y.) va Farg‘ona filiali (buyruq №97, 13.11.2023) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi ochiq burchakli glaukomaga o‘tishining holatlarini yanada aniqroq topilishi bemorlarda ko‘rlikni rivojlanish havfini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: teletibbiyot yordamida birlamchi ochiq burchakli glaukomaga o‘tishini monitoring qilish usulining qo‘llanilishi an’anaviy maslahatlar qo‘llanilganida amalga oshirilayotgan umumiy harajatlarni 70-75%ga kamaytirish imkonini berishi mumkin. Hulosa: masofadan maslahatlar natijalari bo‘yicha birlamchi ochiq burchakli glaukomaga o‘tishini aniq baholanishi, 6,7% ko‘zlar uchun medikamentozli terapiyaning turini va rejimini almashtirish uchun ko‘rsatmalarni aniqlash, 5,6% holatlarda selektiv lazerli trabekuloplastikani, 6,7 % holatlarda trabekulektomiyani tayinlash, shuningdek 3,3% holatlarda drenaj moslamalarini o‘rnatishni tayinlash imkonini berdi.