Abdullaeva Madina Abdulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigarga xos endotelial omillarning o‘zaro aloqalari nuqtai nazaridan bolalardagi yangi koronavirus infeksiyasining klinik-patogenetik qirralari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4. PhD/Tib4070.
Ilmiy rahbar: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnora Karimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda COVID-19ning kechish xususiyatlari shakllanishida SARS-CoV-2 ning turli shtammlari va jigar sinusoidal-endotelial hujayralarining jigarga xos (L-SIGN va Stab-2) reseptorlarining ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SOVID-19 bilan kasallangan bolalarda SARS-Cov-2 shtammlarining turli chastotasi: Delta (77,8%), WU (9,3%), UK(10,2%) i BR(2,8%) va ularning klinik ahamiyati aniqlanib, WU - va, ayniqsa BR -shtammlarida barcha klinik sindromlarning ustunligi bilan kasallikning og‘ir kechishi rivojlanishi triggeri sifatida ko‘rib chiqildi, Delta shtammi bilan infisirlanishda intoksikatsion, dispeptik va gepatolienal sindromlar yaqqoligi bilan kasallikning o‘rta og‘ir kechishi va UK shtammida klinik sindromlar kamroq rivojlanishi bilan engil kechishi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallanish sharoitida AlAT ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan bemor bolalarda jigarning patologik jarayonga jalb etilishi nuqtai nazaridan jigarga xos LDG5 va LDG4 fermentlari faolligini aniqlashning diagnostik ahamiyati ilmiy isbotlangan;
SARS-CoV-2 genomining jigar sinusoidal-endotelial funksiyasiga turli darajadagi ta’siri sharoitida kompensator mexanizmlarning kamayishini tavsiflovchi jigarga xos reseptorlar - L-SIGN va Stab2 ekspressiyasi darajasi bilan COVID-19 kechishining og‘irligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallanishda SARS-CoV-2 serologik profilining 4 ta varianti aniqlanib, ularning namoyon bo‘lishi virusning genetik o‘zgaruvchanligi va kasallik bosqichiga qarab o‘zgarib turishi, shuningdek, yuqori infeksion indeks va yuqumlilik Delta va ayniqsa BR-shtammlar bilan hamda erta gumoral javob UK va WU-shtammlar bilan, kechki javob Delta bilan, immun tizimining areaktivligi esa BR-shtammi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigarga xos endotelial omillarning o‘zaro aloqalari nuqtai nazaridan bolalardagi yangi koronavirus infeksiyasining klinik-patogenetik qirralarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 bilan kasallangan bolalarda SARS-Cov-2 shtammlarining turli chastotasi: Delta (77,8%), WU (9,3%), UK(10,2%) i BR(2,8%) va ularning klinik ahamiyati aniqlanib, WU -va, ayniqsa BR -shtammlarida barcha klinik sindromlarning ustunligi bilan kasallikning og‘ir kechishi rivojlanishi triggeri sifatida ko‘rib chiqildi, Delta shtammi bilan infisirlanishda intoksikatsion, dispeptik va gepatolienal sindromlar yaqqoligi bilan kasallikning o‘rta og‘ir kechishi va UK shtammida klinik sindromlar kamroq rivojlanishi bilan engil kechishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasi 2023 yil 23 dekabrdagi 166-P-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali 2023 yil 7 iyundagi 25-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ning og‘ir shakllarini erta aniqlash va prognoz qilish sifatini yaxshilash bemor bolalarda kasallikning asoratlari va nogironligi chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: “Kasallik qiymati tahlili” bo‘yicha moliyaviy samaradorlikni hisoblash kasallikning o‘tkir davrida to‘g‘ri xarajatlar farqi ishlab chiqilgan usul moliyaviy harajatlar bilan 500000 so‘mni tashkil etgan. Shu bilan birga, koviddan keyingi davrni (bilvosita xarajatlar) tahlil qilinganda, ishlab chiqilgan usulda asoratlarning rivojlanish chastotasi 4 barobarga kamaygan (an’anaviy 28,2% ga nisbatan 5,5%, r<0,001) va bu orqali 108 nafar bemor uchun bir marotabalik statsionar davolanishning umumiy xarajatlaridan 25889868 so‘mni iqtisod qilish imkoniyatini yaratgan. Xulosa: bolalarda COVID-19 ning og‘ir kechishi, asoratlari va salbiy oqibatlari rivojlanishi uchun xavf guruhlarini erta shakllantirishni optimallashtirish, SARS-Cov-2 shtammlari bilan kasallanishni genetik tasdiqlash, klinik shartli-spesifik mezonlar va bemor bolalarning yoshini hisobga olinganligi orqali bir nafar bemor uchun bir marotaba statsionar davolanishning umumiy xarajatlarini 239721 so‘mga iqtisod qilish imkoniyatini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallanish sharoitida AlAT ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan bemor bolalarda jigarning patologik jarayonga jalb etilishi nuqtai nazaridan jigarga xos LDG5 va LDG4 fermentlari faolligini aniqlashning diagnostik ahamiyati ilmiy isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasi 2023 yil 23 dekabrdagi 166-P-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali 2023 yil 7 iyundagi 25-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LDG izofermentlarini o‘rganish AlAT ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan COVID-19 bilan kasallangan bolalarda jigarning patologik jarayonga jalb etilishini tashxislashni yaxshilash imkonini beradi, bu umuman olganda surunkali gepatit rivojlanishini va jigar fibrozi va darvoza venasi trombozi ko‘rinishidagi asoratlarni kamaytirishga erishish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Xarajat samaradorligi koeffisientini hisoblash metodikasi (Jefferson T., 2003) ga ko‘ra, an’anaviy va ishlab chiqilgan diagnostika metodikalari o‘rtasidagi Keff farqi 7635 ni tashkil etdi, bu ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha ta’sir birligi uchun xarajatlarning kamligini ko‘rsatdi va bu orqali 108 nafar bemor uchun umumiy sarf 155611200 so‘mni tashkil etib, 100% samaradorlikka erishish imkoniyatini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bolalarda jigarning patologik jarayonga jalb qilinishini tashxislash uchun jigarning patologik jarayonga jalb qilinishini erta tashxislash va gepatoprotektiv davolash maqsadida laktatdegidrogenaza fraksiyalari (LDG5, LDG4) faolligi darajasini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lib, an’anaviy usul bo‘yicha bir nafar bemorda tashxislash uchun 56,3% samaradorlikda 1241400so‘m sarflandi, bunda Keff = 22049ga teng bo‘ldi, ishlab chiqilgan usulda esa Keff = 14414 teng bo‘lib, bir nafar bemor uchun umumiy sarf 1441400so‘mni tashkil qilgan va 100% samaradorlikga erishish imkoniyatini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 genomining jigar sinusoidal-endotelial funksiyasiga turli darajadagi ta’siri sharoitida kompensator mexanizmlarning kamayishini tavsiflovchi jigarga xos reseptorlar - L-SIGN va Stab2 ekspressiyasi darajasi bilan COVID-19 kechishining og‘irligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasi 2023 yil 23 dekabrdagi 166-P-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali 2023 yil 7 iyundagi 25-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostik mezonlar jigardagi patologik jarayonning og‘irlik darajasini va jigar endotelial disfunksiyasini erta aniqlashga, o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishga yordam beradi, bu esa o‘rinlar fondining bandligini va umumiy nogironlikni kamaytirishga erishish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Bolalar nogironligining oldini olish bo‘yicha moliyaviy samaradorlikni hisoblash shuni ko‘rsatdiki, agar davlatning ijtimoiy nafaqaga xarajatlari bir nafar nogiron bola uchun oyiga 621000 so‘m bo‘lib, yillik 7452000 so‘mni tashkil etsa, olingan tibbiy-ijtimoiy samara (13%) ga qayta hisoblanganda iqtisodiy foyda 100 nafar bemor bola uchun yiliga 745200000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: COVID-19 bilan og‘rigan bolalarda L-SIGN va Stab-2 jigarga xos endotelial reseptorlarni o‘rganish kasallikning og‘ir shakllari, asoratlari va salbiy oqibatlarining oldini olish uchun jigarning sinusoidal mexanizmlari dekompensatsiyasini o‘z vaqtida tashxislashni oldindan belgilash orqali bir nafar nogiron bola uchun oyiga 621000 so‘mni, yillik 7452000 so‘mni iqtisod qilish imkoniyatini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallanishda SARS-CoV-2 serologik profilining 4 ta varianti aniqlanib, ularning namoyon bo‘lishi virusning genetik o‘zgaruvchanligi va kasallik bosqichiga qarab o‘zgarib turishi, shuningdek, yuqori infeksion indeks va yuqumlilik Delta va ayniqsa BR-shtammlar bilan, hamda erta gumoral javob UK va WU-shtammlar bilan, kechki javob Delta bilan, immun tizimining areaktivligi esa BR-shtammi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasi 2023 yil 23 dekabrdagi 166-P-son buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali 2023 yil 7 iyundagi 25-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BR, WU, UK, Delta shtammlari bilan kasallangan bolalarda COVID-19 ning ehtimoliy (engil, o‘rtacha va og‘ir) kechishini va asoratlar rivojlanish xavfini tibbiy baholashning yaxshilanishi bemorlarni davolash taktikasini tanlashga, immunoterapiyani erta boshlashga va virusli yuklamani kamaytirishga yordam beradi, bu esa yotoq fondining bandligini 2,8±0,2 kunga va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanishni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorning statsionar davolanishida 10 yotoq kuniga kasallik narxi 9701400 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 7,2 yotoq kuniga qisqartirilgan sharoitda 7332600 so‘mni tashkil etdi. Bunda iqtisodiy samara 2368800 so‘mga teng bo‘lib, 100 nafar bemorga qayta hisoblanganda 236880000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bolalarda o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish va kasallik asoratlari xavfini kamaytirish uchun marker profilining 4 ta variantini aniqlash maqsadida SARS-Cov-2 markerlari va BR, WU, UK, Delta shtammlarining barcha serologik spektrini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, bir nafar bemor statsionar davolanishida 7,2 yotoq kuniga qisqartirilgan sharoitda 7332600 so‘mni iqtisod qilish imkoniyatini bergan.