Maxmudov Muxammad Ali Baxromjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarga ortopedik stomatologik yordamni optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.3. PhD/Tib 3049.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Odilxon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eserkepov Asilbek Abdurasilovich, tibbiyot fanlari nomzodi (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Navarra davlat universiteti (Ispaniya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarni aniqlash hamda ularga ko‘rsatiladigan ortopedik stomatologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda stomatologik kasalliklar kechishining klinik xususiyatlari (tish kariesining yuqori intensivligi - 12,71+0,87, mexanik jarohatlarning uchrash chastotasi - 31,57%, tish qattiq to‘qimalarining patologik emirilishi - 10,52%, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari - 75,4% va parodont kasalliklari - 21,7%) epilepsiya kasalligining og‘irlik darajasi va davomiyligiga to‘g‘ri mutanosib ravishda bog‘liqligi aniqlangan;
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda pastki jag‘ al`veolyar o‘sig‘i sohasida suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligi 0,901±0,0042 mg/mm3 ni, Foramen mentalis sohasida esa 1,245±0,0084 mg/mm3 ni tashkil etishi, bu esa suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligining asosiy kasallikning og‘irligi va davomiyligiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda m. masseter amplitudasi tinch holatda ham 10-20 mkV, qisqarganda esa 427,0-494,4 mkV ekanligi, bu mushaklarning doimiy yuqori tonusda bo‘lishiga qaramay, ularning qisqarish kuchi past ekanligidan dalolat berashi isbotlangan;
tez-tez tutqanoq xurujlari va og‘iz bo‘shlig‘ining yomon gigienasi natijasida bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi disbiotik o‘zgarishlarga uchrashi: Candida turkumi zamburug‘larining uchrash chastotasi oshganligi (80%), shuningdek, Staphylococcus miqdor ko‘rsatkichlari ham ko‘payganligi (50%), Str. salivarius uchrash chastotasi kamayganligi (30%) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 oktyabr` 07/15– son xulosasiga ko‘ra: 
 birinchi ilmiy yangilik: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda stomatologik kasalliklar kechishining klinik xususiyatlari (tish kariesining yuqori intensivligi - 12,71+0,87, mexanik jarohatlarning uchrash chastotasi - 31,57%, tish qattiq to‘qimalarining patologik emirilishi - 10,52%, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari - 75,4% va parodont kasalliklari - 21,7%) epilepsiya kasalligining og‘irlik darajasi va davomiyligiga to‘g‘ri mutanosib ravishda bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalarning klinik amaliyotda qo‘llanilishi epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni og‘iz bo‘shligida yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning namoyon bo‘lishini kamaytirishga yordam beradi,  bu esa bemorlarga ortopedik davolash sifatini oshirish, epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarni og‘iz bo‘shligidagi o‘zgarishlarni oldini olish va protezlash jarayonini optimallashtirish imkonini yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent sh. Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.05.24 y; № 861) hamda Chilonzor tumani 36-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.06.24 y; № 367) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorda hayot sifati oshadi, og‘riq va diskomfort hissi kamayadi, shuningdek, mazkur guruh bemorlarida olinmaydigan konstruksiya bilan protezlash jarayoni bilan bog‘liq asoratlar xavfi sezilarli darajada kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: individual yondashuvni qo‘llash va protezlash rejasini moslashtirish orqali takroriy aralashuvlar va qo‘shimcha dorilar bilan davolash xarajatlari kamaygan. Mahalliy davolashning yangi usulini tatbiq etish natijasida, mavjud bo‘lgan usulga nisbatan 2,5 barobar iqtisodiy ustunlik beradi. Xulosa: tadqiqot natijalari, epilepsiya kasalligi bo‘lgan bemorlarda assosiy kasallikni og‘iz bo‘shlig‘iga ta’sirini inobatga olish zarurligini tasdiqlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i xolatini to‘g‘ri baxolash va davolashning moslashtirilgan taktikasi asoratlar xavfini minimallashtirib, ortopedik yordam samaradorligini oshirish va bemorlarning umumiy holatini yaxshilash imkoniyatini beradi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: rentgenodensitometrik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida, epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda pastki jag‘ al`veolyar o‘sig‘i sohasida suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligi 0,901±0,0042 mg/mm3 ni, Foramen mentalis sohasida esa 1,245±0,0084 mg/mm3 ni tashkil etashi, bu esa suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligining asosiy kasallikning og‘irligi va davomiyligiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: davolash va profilaktika majmuasida suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligini aniqlash va buni inobatga olgan xolda ortopedik konstruksiyani tanlash protezlarni xizmat qilish muddatini uzaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent sh. Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.05.24 y; № 861) hamda Chilonzor tumani 36-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.06.24 y; № 367) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligini inobatga olgan xolda ortopedik konstruksiyani tanlash va shu orqali uni xizmat qilish muddatini oshirish bemorlarni hayot sifati yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy murojatlar va qo‘shimcha davolash choralariga ketadigan xarajatlar kamayishi tufayli 2,5 barobar iqtisodiy ustunlik beradi. Xulosa: suyak to‘qimasining minerallarga to‘yinganligini aniqlash to‘g‘ri konstruksiyani tanlash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida ortopedik konstruksiyalarni xizmat qilish muddatini oshiradi. Mos ravishdagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etilishi ortopedik davolash prognozini yaxshilash va mazkur bemorlar toifasida hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda m. masseter amplitudasi tinch holatda ham 10-20 mkV, qisqarganda esa 427,0-494,4 mkV ekanligi, bu mushaklarning doimiy yuqori tonusda bo‘lishiga qaramay, ularning qisqarish kuchi past ekanligidan dalolat berashi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda chaynov mushaklarining doyimiy yuqori tonusga ega bo‘lganligini inobatga olgan xolda protezlarni oklyuzion tekisligini korreksiyalash mushaklarni tonusini pasayishiga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent sh. Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.05.24 y; № 861) hamda Chilonzor tumani 36-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.06.24 y; № 367) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda protezlarning oklyuzion yuzasini korreksiyalash chaynov mushaklarining tonusini pasaytiradi. Natijada, og‘riq va diskomfort xislari barqaror ravishda kamayadi va chaynov mushaklarining umumiy holati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chaynov mushaklarining tonusini oshishini oldini olish orqali ularning konvulsion xolatlarini kamaytirishga erishish epilepsiya xuruji vaktida protezlarni va bemorning tabiy tishlarini sinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha davolash va gospitalizatsiyaga ketadigan xarajatlar kamayadi. Xulosa: epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda chaynov mushaklarining tonik buzulishlari tish qatorlari nuqsonlari mavjudligi bilan bog‘liqligi ularni to‘ldirish maqsadida ortopedik konstruksiyalarni qo‘llash va mushaklarning tonusi va qisqarish kuchini doyimiy nazorat qilish maqsadga muvofiq. Bunday kompleks yondashuv mazkur toifa bemorlarida asoratlarni samarali oldini olish, davolash xarajatlarini optimallashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tez-tez tutqanoq xurujlari va og‘iz bo‘shlig‘ining yomon gigienasi natijasida bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi disbiotik o‘zgarishlarga uchrashi: Candida turkumi zamburug‘larining uchrash chastotasi oshganligi (80%), shuningdek, Staphylococcus miqdor ko‘rsatkichlari ham ko‘payganligi (50%), Str. salivarius uchrash chastotasi kamayganligi (30%) isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarni qo‘llanilishi patogen mikroorganizmlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining sog‘lom muvozanatini tiklashga va epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda parodontning yag‘illanish jarayonlari rivojlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent sh. Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.05.24 y; № 861) hamda Chilonzor tumani 36-oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.06.24 y; № 367) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy antimikrob vositalarni qo‘llash ikkilamchi patogen floraning miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi undan tashqari epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda tradision antikonvul`santlarni og‘iz boshlig‘i maxaliy ximoya omillariga salbiy tasiri aniqlanganligi tufayli ularni almashtirishga qaror qilindi, bu esa og‘iz bo‘shligi mikroflorasining normal balansini tiklashga yordam beradi. Natijada, yallig‘lanish jarayonlari, og‘riq va noqulaylik hislari barqaror ravishda kamayadi va epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda parodontning umumiy holati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: jiddiy yallig‘lanish jarayonlari va ularning tarqalishini oldini olish orqali qo‘shimcha davolash, gospitalizatsiya va qayta antibakterial terapiyaga ketadigan xarajatlar kamayadi. Xulosa: epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda parodontdagi surunkali va disbiotik jarohatlanishlarni ikkilamchi patogen floraning mavjudligi va mahalliy himoya omillarini kamayishi bilan bog‘liqligi mahalliy antimikrob vositalarni qo‘llash va og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozni muntazam nazorat qilishning maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bunday kompleks yondashuv mazkur toifa bemorlarida asoratlarni samarali oldini olish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish