Xamdamov Olim Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak qafasi exinokokkozi xirurgik davosining taktik – texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4710.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
ko‘krak qafasining exinokokkozini jarrohlik taktikasini takomillashtirish va kasallikning qaytalanishini kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pkada makrokistadan uzoqroq joylarda mikrokistlar topilmasligi, agar topilsa, makrokistalar dominantligining belgilari yo‘qligi va ular keyingi parallel o‘sishga qodir ekanligi eksperimental ravishda isbotlangan. Fibroz kapsulaning morfologik tuzilishi o‘rganildi, uning devorida yashovchan protoskolekslar mavjudligi aniqlandi, bu birlamchi lokalizatsiyadagi exinokokkozning qaytalanishiga olib kelishi mumkinligi isbotlangan;
differensiallashgan yondashuvdan foydalangan holda exinokokkektomiyani o‘tkazish uchun baholash ball tizimi ishlab chiqilgan va samaradorligi o‘rganilgan;
atrof to‘qimaga exinokokk birlamchi elementlari tarqalish xavfini kamaytirishga imkon beradigan, exinokokk kistasi tarkibini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun xirurgik uskunalar – punksion igna va “xirurgik qisqich” takomillashtirilgan;
radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ul`tratovush dissektor aspiratorni qo‘llash operatsiyadan keyingi bevosita va uzoq muddatdagi natijalarga effektiv erishishga imkon berishi isbotlangan. Adekvat germitizatsiyaga erishish va bronxoplevral aloqani oldini olish uchun o‘pkadan exinokokkektomiyadan keyin qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak qafasi exinokokkozi xirurgik davosining taktik – texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.01.2025 y. 11/95-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘pkada makrokistadan uzoqroq joylarda mikrokistlar topilmasligi, agar topilsa, makrokistalar dominantligining belgilari yo‘qligi va ular keyingi parallel o‘sishga qodir ekanligi eksperimental ravishda isbotlangan. Fibroz kapsulaning morfologik tuzilishi o‘rganildi, uning devorida yashovchan protoskolekslar mavjudligi aniqlandi, bu birlamchi lokalizatsiyadagi exinokokkozning qaytalanishiga olib kelishi mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.12.2024 y. 169-son buyrug‘i va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.12.2024 y. 68-son va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 24.12.2024 y. 5025-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: miniinvaziv aralashuvlar yordamida o‘pkadan exinokokkektomiya qilish uchun ko‘rsatmalar kasallikning og‘irligi uchun ball bilan davolash taktikasini tanlash uchun taklif qilingan algoritmlarni hisobga olgan holda aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miniinvaziv aralashuvlar yordamida o‘pkadan exinokokkektomiyani o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar kasallikning og‘irligini nuqtali baholash bilan davolash taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7 kun uchun 2147120 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1157300 so‘m sarflanadi. Torakoskopik yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 820500 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: In vitro eksperimentida o‘pka exinokokkozida asosiy tirik parazit kista va o‘pka to‘qimalariga kirib borgan protoskolekslar o‘rtasidagi "raqobat"siz, keyingi rivojlanishga tayyor, to‘laqonli exinokokk kistalar rivojlanishi isbotladi. Asoratlangan exinokokk kistalarda fibroz kapsula qattiq, qalinlashadi, infeksiyalanadi va ohaklanadi, kapsula qalinligida hayotiyligi saqlangan protoskolekslar aniqlanadi. Kistlarning ekzogen vezikulyasiya qilish qobiliyati birlamchi lokalizatsiyadagi exinokokkozning qaytalanish ehtimolini kamaytirish uchun umumiy perisistektomiya uchun ko‘rsatmalarning kengayishini nazarda tutadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: differensiallashgan yondashuvdan foydalangan holda exinokokkektomiyani o‘tkazish uchun baholash ball tizimi ishlab chiqilgan va samaradorligi o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.12.2024 y. 169-son buyrug‘i va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.12.2024 y. 68-son va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 24.12.2024 y. 5025-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi va qaytalangan exinokokkozning murakkab shakllarida fibroz kapsulani enukleatsiya qilish bilan radikal exinokokkektomiya uchun kavitatsion ultratovush dissektor aspiratorining amaliyotga joriy etilishi operatsiya natijalarini yaxshilash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqtini qisqartirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 2180500 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kavitatsion ultratovush dissektor aspiratoridan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3258400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: O‘pka exinokokkozi joylashuvini topik aniqlash, hamda kistalar soni, ularning o‘lchami, asoratlar mavjudligi va ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda kasallik kechishining og‘irlik darajasini ballarda baholashning tavsiya etilgan diagnostik algoritmi asosiy guruhdagi 53,6% holatda kam invaziv usulda, xususan minitorakotom kesim orqali (43,2%), hamda endovideoxirurgik usulda (10,4%) adekvat exinokokkektomiya bajarish imkonini berdi. Ushbu orqali an’anaviy keng kesimlar bajarish 56,8% (χ2 mezonining qiymati 213.345ni tashkil etdi; erkinlik darajalari soni – 2 ni; ahamiyatlilik darajasi esa p<0,001 ni tashkil etdi)gacha qisqardi, operatsiya davomiyligi esa minitorakotom kesim orqali taqqoslash guruhidagi bemorlar bilan taqqoslanganda 92,3±5,2 dan 63,5±1,8 minutgacha qisqardi, (t-mezon = 5,07; p<0,001).
uchinchi ilmiy yangilik: atrof to‘qimaga exinokokk birlamchi elementlari tarqalish xavfini kamaytirishga imkon beradigan, exinokokk kistasi tarkibini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun xirurgik uskunalar – punksion igna va “xirurgik qisqich” takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.12.2024 y. 169-son buyrug‘i va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.12.2024 y. 68-son va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 24.12.2024 y. 5025-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak qafasi a’zolarining exinokokkozini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlash algoritmi, kirishni tanlash, davolash usuli va qoldiq bo‘shliqni yo‘q qilish, shuningdek profilaktik kimyoterapiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: profilaktik kimyoterapiya yordamida operatsiyasidan keyingi davrda odatda umumiy o‘rtacha 1060300 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: Amaliyotga takomillashtirilgan xirurgik uskunalarni – modifisirlangan punksion igna, «savatcha-qisqich» joriy etish orqali birlamchi elementlarning atrofga tarqalish xavfini bartaraf etish imkonini berdi va o‘pkadan exinokokkektomiyadan so‘ng adekvat germitizatsiyaga erishish hamda bronxoplevral aloqani bartaraf etish uchun qoldiq bo‘shliqni modifisirlangan usulda likvidatsiya qilish usulini amaliyotga joriy etish natijasida intraoperatsion asoratlar soni 6,4%dan 1,6%gacha qisqardi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ul`tratovush dissektor aspiratorni qo‘llash operatsiyadan keyingi bevosita va uzoq muddatdagi natijalarga effektiv erishishga imkon berishi isbotlangan. Adekvat germitizatsiyaga erishish va bronxoplevral aloqani oldini olish uchun o‘pkadan exinokokkektomiyadan keyin qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 17.12.2024 y. 169-son buyrug‘i va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.12.2024 y. 68-son va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 24.12.2024 y. 5025-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: exinokokk kistasi tarkibini evakuatsiya qilish usuli tavsiya etilgan vositalarni - modifisirlangan punksion ignasi va savat qisqichini qo‘llash orqali takomillashtirildi, bu parazit va qiz (nabira) tuzilmalarining bo‘laklarini ularni yo‘q qilish xavfisiz germetik saqlashga va plevra bo‘shlig‘ining ifloslanishi oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4251450 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Ko‘krak qafasi a’zolari exinokokkozida xirurgik taktikani tanlash algoritmi, radikal exinokokkektomiya va qoldiq bo‘shliqni bartaraf qilish ustunligi bilan kompleks yondashuni hisobga olib kesimni tanlash, shuningdek profilaktik kimyoterapiya operatsiyadan keyingi erta davrdagi asoratlarni 13,6%dan 1,6%gacha (p=0,027 χ2 mezoni bo‘yicha) va kasallik qaytalanishini 16,0%dan 2,9%gacha (p=0,031 χ2 mezoni bo‘yicha) qisqartirish bilan ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga erishildi.