Xasanov Elyorjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Ingliz va o‘zbek tillarida biznes terminlarining chog‘ishtirma-tipologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3604.
Ilmiy rahbar: Solijonov Muhammadjon Zokirjon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yihca falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; A’zamov Sayfulbot Muhammadalievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan biznes terminlarining chog‘ishtirma tipologik jihatlarini atroflicha o‘rganib chiqish, ikki tildagi misollarning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida biznes terminlarining chog‘ishtirma-derivatsion xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning affiksal, suffiksal, morfemik-morfologik modellari aniqlangan; 
o‘zbek tili biznes leksikasining xalqaro biznes terminosistemasi bilan hamohangligi chog‘ishtirilayotgan tillarga oid biznes terminologik maydoni, lisoniy shakli, definisiyasi va murakkab strukturaviy metodlar orqali isbotlangan;
ingliz tilidagi qo‘llanuvchi industry, international trade, finance, banking, accounting kabi 5 ta biznes terminlarini semantik tahlil qilish orqali transliteratsiya usuli bilan o‘zbek tiliga o‘zlashishi asoslab berilgan;
30 dan ortiq biznesga oid rasmiy veb-saytlardagi biznesga oid terminlarni chog‘ishtirish orqali tarjima va ekvivalent muammolari va tillararo tafovutni muvofiqlashtirish zarurati asoslangan hamda sohaga doir terminlarni tilda qo‘llanilish darajasi bo‘yicha lingvostatistik tahlillar bilan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida biznes terminlarining cho‘gishtirma-tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
terminologiya lug‘atining alohida tizim sifatida ochib berish masalalari hamda oliy ta’lim yo‘nalishlarida, ingliz tili darslarida terminlar masalasi va terminlarni maxsus yo‘nalishlarda o‘qitish metodlariga bag‘ishlangan nazariy materiallardan “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli loyihasida unumli foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika instituti 2023-yil 18-apreldagi 113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim o‘qituvchilariga terminologiyani o‘rgatish masalasida maxsus metod va texnologiyalari ishlab chiqilgan; 
tarjima usullarini o‘rgatishda, ularni tahlil qilish, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari va tarjimonlarning sohaga oid kompetentligini rivojlantirishning samarador ilmiy-pedagogik asoslari, shakl, vositalarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Oʻzbekiston” teleradiokanali 2023-yil 11-mayda 04-36-729-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilining madaniy xususiyatlarini tarjima qilish usullari ishlab chiqilgan, loyiha jarayonida olib borilgan eshittirish tarjimasi turli tarjima usullari bilan boyitilgan; 
biznes sohasi terminlari tarjimasi masalasi, terminlarning ingliz tilida qo‘llanishi 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Chet tillari” fan dasturini takomillashtirishda tadqiqot ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2023-yil 31-maydagi 10/897-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sohani rivojlantirish hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida o‘z aksini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish