Yuldasheva Dilorom Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy diskursda “subekt” kategoriyasi konseptual voqelanishining lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2706.
Ilmiy rahbar: Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Najmiddinov Muhammadjon G‘ayratjon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ishoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi subuekt kategoriyasining dunyo lisoniy tasvirini yaratishdagi ishtiroki va uning lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matn nuqtayi nazaridan subuekt kategoriyasining funksional qo‘llanilishi, shakllanishi va ishlatilish doirasining chastotasi lingvokulturologik jihatdan ochib berilgan;
o‘rganilayotgan tillar materiali asosida turli matnlarda qo‘llanadigan subuekt kategoriyasining konseptual-semantik xususiuatlari aniqlangan va aniq, majhul, o‘zlik, kauzativ, medial va birgalik nisbat shakllarida ishlatilishi dalillangan;
semantik guruhdagi fe’llar bilan subektning kombinatorikasi jarayonida ro‘y beradigan konseptuallashtirish, ifodalash, kuchaytirish kabi potensial imkoniyatlari asoslangan;
turli tillarda subuekt kategoriyasi shakllarining milliy, mental, pragmatik xususiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Subuekt kategoriyasini shakllantirish, uning olam lingvistik tasvirini yaratishdagi ishtirokini turli tillarda namoyon bo‘lishining funksional semantik va lingvomadaniy tadqiqi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot asosida:
badiiy diskursda qo‘llanilgan subuekt kategoriyasining funksional jihatdan matn turlarida qo‘llanilishi va subuekt kategoriyasini shakllantirish ma’no ko‘lami doirasida ularning keng yoki kamroq ishlatilishi kabi farqli tomonlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining “Erudit” shifrli yopiq fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 21.08.2023-yildagi 10/1626-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy diskursda qo‘llanilgan subekt kategoriyasining funksional jihatdan matn turlarida qo‘llanilishi va subekt kategoriyasini shakllantirishning ma’no ko‘lami doirasida ularning keng yoki kamroq ishlatilishi kabi farqli tomonlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tilidagi manbalar asosida turli matnlarda qo‘llanilgan subuekt shakllarining konseptual-semantik xususiuatlari tavsifi borasidagi ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutining S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 18.04.2023-yildagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rganilayotgan tillarda subuekt kategoriyasi shakllarining yasalishi, ularning boshqa grammatik kategoriyalardan farqlanish jihatlari va tillardagi bunday holatlarning o‘xshash va farqlanish belgilari haqida ma’lumot berishda foydalanilgan;
subuektning turli semantik guruhdagi fe’llar bilan kombinatorikasi jarayonidagi konseptuallashtirish, ifodalash, kuchaytirish, bog‘lanish cheklash kabi potensial imkoniyatlari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 5-noyabrdagi 04-36-728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tillarda subuekt kategoriyasi shakllarining konseptual kategoriyalash mexanizmi, vosita va turlari til funksional shakllarining funksional qiymatini belgilashda qayta rol o‘ynashi ko‘rsatib berilgan.