G‘apparova Maxkamxon Qodirovnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kommunikativ to‘siq lingvistik muammo sifatida”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2024.2.PhD/Fil.4917
lmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, doktori, professor; Gulyamova Shaxnoza Qahramonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muloqot tizimida kommunikativ to‘siqning o‘rnini aniqlashtirish va tavsiflash, uning antropotsentrik xususiyatlari va salbiy jihatlarini ochib berish, lingvistik hamda ekstralingvistik sabab va omillari ko‘lamini ilmiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunikativ to‘siqlar paydo bo‘lishining sabablari sirasi xabar mazmunining murakkabligi (nutq, so‘zlar, imo-ishoralar, tana harakatlari bilan bog‘liq); noodatiy va murakkab xabar shakli; kommunikatsiya  vositalari bilan bog‘liq muammolar; yomon teskari aloqa; axborotni kechiktirish; adresant yoki adresatning psixofiziologik holatlari bilan bog‘liq muammolar tarzida shakllantirilgan;
kommunikativ to‘siqlarning til va nutq to‘siqlari, nolisoniy  semiotik to‘siqlar, shaxslararo to‘siqlar, shaxsiy  to‘siqlar, makon-zamon to‘siqlari, texnik to‘siqlar, shart-sharoit bilan bog‘liq to‘siqlar, ijtimoiy-madaniy to‘siqlar, madaniyatlararo to‘siqlar, tillar yoki madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar natijasida yuzaga keladigan  turlari aniqlangan;
muloqot to‘siqlari til tashuvchilarining xarakteri, dunyoqarashi, nutqiy imkoniyatlari, muloqot qilish qobiliyati/qobiliyasizligi bilan bog‘liqligi, muloqot jarayonida adresatning suhbatdoshni tinglash va tushunish qobiliyati muhimligi, fiziologik yoki nutqiy kamchiliklar  kommunikativ to‘siqni paydo qilishi ochib berilgan;
psixolingvistik muloqot to‘sig‘i sifatida kognitiv (bilish) to‘siqlar, akseologik to‘siqlar, status-rol to‘siqlari, idrok to‘sig‘i, semiotik to‘siq aniqlanib, muloqot fenomenida mazmun, maqsad, vositalar, funksiyalar, shakllar, tomonlar, turlar, to‘siqlar kabi kategorial tushunchalar ajratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Kommunikativ to‘siqning lingvistik muammo sifatida o‘rni va muammolarini, kommunikativ to‘siq ifodalovchilarning tarixiy rivojlanishi, lingvistik, lingvokulturologik va sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq jihatlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kommunikativ to‘siqlar paydo bo‘lishining sabablari sirasi xabar mazmunining murakkabligi (nutq, so‘zlar, imo-ishoralar, tana harakatlari bilan bog‘liq); noodatiy va murakkab xabar shakli; kommunikatsiya  vositalari bilan bog‘liq muammolar; yomon teskari aloqa; axborotni kechiktirish; adresant yoki adresatning psixofiziologik holatlari bilan bog‘liq muammolar tarzida shakllantirishga doir ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2024-yil 10-dekabrdagi 39-04-958-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta'minlashga oid metodologiya kommunikativ to'siqlar paydo bo‘lishining sabablariga doir yangi nazariy qarashlar  bilan  boyitilgan. 
Kommunikativ to'siqlarning til va nutq to‘siqlari, nolisoniy  semiotik to‘siqlar, shaxslararo to‘siqlar, shaxsiy  to'siqlar, makon-zamon to‘siqlari, texnik to‘siqlar, shart-sharoit bilan bog‘liq to‘siqlar, ijtimoiy-madaniy to‘siqlar, madaniyatlararo to‘siqlar, tillar yoki madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar natijasida yuzaga keladigan  turlari kabilardan lingvistik atamalarni izohlashda, shuningdek, kommunikativ to‘siqlar borasida tadqiqotlar olib borgan tilshunos olimlar qarashlariga doir talqinlarni shakllantirishda Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 10-dekabrrdagi 39-04-967-son ma’lumotnomasi). Natijada kommunikativ to'siqlar tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
til jamiyatning ijtimoiy munosabatlarini  tashkillashtiruvchi funksiyasi ham til, ham jamiyat taraqqiyoti  uchun asos bo‘lib xizmat qilishi, “ijtimoiy ishora” tushunchasi ko‘proq boshqa hududiy sosiolektga yoki o‘zga madaniy muhitga  tushib qolganda kuzatiladigan doimiy qaytarilayotgan biror-bir odatga qarab bu harakatning qanday ma'no anglatishini ilg‘ab olish//ilg‘amasligi, muloqot to‘siqlari til tashuvchilarining xarakteri, dunyoqarashi, nutqiy imkoniyatlari, muloqot qilish qobiliyati/qobiliyasizligi bilan bog‘liqligi, muloqot jarayonida adresatning suhbatdoshni tinglash va tushunish qobiliyati muhimligi, fiziologik yoki nutqiy kamchiliklar kommunikativ to‘siqni paydo qilishi, psixolingvistik muloqot to‘sig‘i sifatida kognitiv (bilish) to‘siqlar, akseologik to‘siqlar, status-rol to‘siqlari, idrok to‘sig‘i, semiotik to‘siq aniqlangani kabi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysida (2024-yil sentyabri va oktyabri oylari) foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 10-dekabrdagi 04-36-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda kommunikativ to‘siqning turlari, ularning lingvistik ahamiyatini izchil amaliy tatbiq etishda o‘ziga xoslik ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish