Abdumannonov Xojiakbar Akmaljon o‘g‘lining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Filolog talabalar uchun frazeologik minimum tuzishning lingvodidaktik asoslari (ingliz, rus va o‘zbek tillari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4113.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Alimov Sharobiddin Solievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filolog talabalar uchun ingliz, rus va o‘zbek tillari asosida o‘quv frazeologik minimum tuzishning lingvodidaktik tamoyillarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazema atamasining izohi, tasnifi va xususiyatlari, frazemaning struktur, semantik, funksional, lingvokulturologik va lingvodidaktik jihatlari borasida olib borilgan tadqiqotlar ishning obekti va predmeti nuqtayi nazaridan aniqlangan;
filolog talabalarning og‘zaki hamda yozma nutqida foydalanish mumkin bo‘lgan frazeologizmlar bo‘yicha bilimlarni oshirish hamda uch tilli frazeologik minimum tuzishning tamoyillari lingvodidaktika nuqtayi nazaridan asoslab berilgan;
ingliz tilining frazeologik tizimi, ingliz turg‘un iboralarining o‘zbek va rus tillariga tarjimasi, ingliz o‘quv frazeografiyasi hamda frazeologik minimum, ushbu o‘quv frazeologik lug‘atining lingvodidaktik xususiyatlari, qolaversa, o‘quv lug‘atining ingliz tili darslaridagi o‘rni aniqlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari tizimidagi frazeologiya, frazeografiya, o‘quv leksikografiyasi, o‘quv frazeografiyasi kabi sohalarning shakllanishi tarixiy va qiyosiy jihatdan tahlil qilinib, ushbu tillarga xos bo‘lgan o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek frazeologik materialining xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar: 
filolog talabalarning og‘zaki hamda yozma nutqida foydalanish mumkin bo‘lgan frazeologizmlar bo‘yicha bilimlarni oshirish hamda uch tilli frazeologik minimum tuzishga qaratilgan tadqiqot ishi doirasida to‘plangan materiallar, chiqarilgan xulosalar va umumlashtirilgan fikrlardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanildi (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 11-martdagi 03/692-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ish loyihaning ilmiy qiymati oshishiga xizmat qilgan;
ingliz tilining frazeologik tizimi, ingliz turg‘un iboralarining o‘zbek va rus tillariga tarjimasi, ingliz o‘quv frazeografiyasi hamda tadqiqotning obekti bo‘lgan talabalar uchun mo‘ljallangan frazeologik minimum, ushbu o‘quv frazeologik lug‘atining lingvodidaktik xususiyatlari, qolaversa, ushbu o‘quv lug‘atining ingliz tili darslaridagi o‘rni va uni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasida xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining filiali va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida amalga oshirilgan 2022 – 2024-yillarga mo‘ljallangan S-UZ2800-21-GR-3106 “Access Microscholarship Program” xalqaro innovatsion grant loyihasida foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-sentyabrdagi №01/609-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot topilmalari loyihaning ilmiy qiymati oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va loyiha ishtirokchilarining keltirilgan ma’lumotlar asosida ingliz tili idiomatikasi bo‘yicha bilimlarini kengayishiga hissa qo‘shgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari tizimidagi frazeologiya, frazeografiya, o‘quv leksikografiyasi, o‘quv frazeografiyasi kabi sohalar shakllanishining tarixiy va qiyosiy tahlili, ushbu tillarga xos bo‘lgan o‘xshash va farqli jihatlariga doir ilmiy natijalar hamda ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlari uchun ssenariylar tayyorlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10-maydagi №06-28-577-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlar ilmiy g‘oyalar va dalillar bilan boyitildi, bu dasturlarning ilmiy qiymati oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish