Akramova Gulixon Islamovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy lingvistikada matn madaniy qadriyatlar aksi sifatida (qiyosiy yondashuv)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1374.
Ilmiy rahbar: Tashtemirova Zamira pedagogika, fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Musaeva Elena Kazimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matnni kontaktga kiruvchi tillarning (rus vao‘zbek) asl madaniy qadriyatlarining aksi sifatida tadqiq etish hamda matn nazariyasi va tavsifiga yaxlit va bir xil yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
madaniyatning mavjudlik shakli sifatida til birliklari ortidagi madaniy fonni aks ettiruvchi, struktur-semantik va kommunikativ-maʼnoviy birliklarni oʻzida mujassam etgan, matniylik belgilariga (antropotsentriklik, tonallik, emotsionallik, temporallik, avtosemantiklik) ega verbal shakllanishlar hisoblangan matnning asosiy kategoriyalari aniqlangan;
rus va oʻzbek tillarining lingvomadaniy birliklari va frazeologizmlarini oʻz ichiga olgan turli madaniy elementlar, anʼanalar va urf-odatlarni aks ettiruvchi matnlar («O‘zbekistonda fotiha to‘yi” an’analari», «Rossiyada pomolvka (fotiha to‘y, unashtiruv) an’analari», «Dastarxan», «Maslenisa», «Navruz») asoaida dalillangan;
matnlarni lingvomadaniy yondashuv asosida qiyosiy oʻrganish olamning lisoniy manzarasini milliy qarashlar bilan to‘yintirgan holda taqdim etishi, millat yoki muayyan jamoaga mansub shaxsning individual qarashlarini to‘laqonli anglab etishda u mansub bo‘lgan xalqning maʼnaviy-madaniy merosiga oid oʻxshashlik va farqlarni aniqlash muhimligi isbotlangan;
matn madaniy qadriyatlarni namoyon etuvchi muhim vosita ekani, bir tilda yaratilgan matn o‘zga tilga tarjima qilinganda nafaqat lug‘at tarjimasi, balki lisoniy birliklarning qo‘llanilish holati bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy-madaniy yondashuvni talab qilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matnni qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matn madaniy qadriyatlarni namoyon etuvchi muhim vosita ekani, bir tilda yaratilgan matn o‘zga tilga tarjima qilinganda, nafaqat lug‘at tarjimasi, balki lisoniy birliklarning qo‘llanilish holati bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy-madaniy yondashuvni talab qilishi bilan bog‘liq xulosalar 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining “EMI (English as a Medium of Instruction) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 04/2285-son ma’lumotnomasi) Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida nashr etilgan ilmiy maqolalar uchun manba manba vazifasini bajargan;
madaniyatning mavjudlik shakli sifatida til birliklari ortidagi madaniy fonni aks ettiruvchi, struktur-semantik va kommunikativ-maʼnoviy birliklarni oʻzida mujassam etgan, matniylik belgilariga (antropotsentriklik, tonallik, emotsionallik, temporallik, avtosemantiklik) ega verbal shakllanishlar hisoblangan matnning asosiy kategoriyalari aniqlanganligiga oid xulosalardan Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasasi Federal davlat avtonom ta’lim universitetining Qozon Federal universiteti (KFU) filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda o‘quv jarayonida foydalanilgan. (Qozon Federal universitetining 2024-yil 3-apreldagi 01.2.10.101-09/197/2024-son ma’lumotnoma). Natijada, mashg‘ulotlarning ilmiy darajasi, shuningdek, taqqoslanayotgan tillarda madaniy qadriyatlarning aksi sifatida matnni qiyosiy va tipologik o‘rganish sohasidagi talabalar bilimlarining ilmiy-nazariy salohiyati oshdi;
matnlarni lingvokulturologik yondashuv asosida qiyosiy oʻrganish olamning lisoniy manzarasini milliy qarashlar bilan to‘yintirgan holda taqdim etishi, millat yoki muayyan jamoaga mansub shaxsning individual qarashlarini to‘laqonli anglab etishda u mansub bo‘lgan xalqning maʼnaviy-madaniy merosiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyat Milliy teleradiokompaniyasi teleradiokanalining muharririyati tomonidan 2024-yil 1-6 aprel oralig‘ida tayyorlangan “Farg‘ona va farg‘onaliklar”, “Dunyo bugun …”, “TV-plyus” nomli eshittirishlarda nazariy-amaliy manba sifatida eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyat Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 9-apreldagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio va teleko‘rsatuvlar mavzulari kengaytirildi va matnning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, qiyosiy ma’noda o‘zbek va rus xalqlarining milliy yo‘naltirilgan matnlari haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan boyitildi.