Yusupova Muntoza Baxtiyor qizing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evfemizatsiyalashgan maqol va matallar tadqiqi (ingliz hamda o‘zbek tillari asosida)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3213
Ilmiy rahbar: Xoshimova Nargis Abdullaevna, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdulaeva Nargiza Erkinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek lug‘atlari doirasida, muloqot jarayonida evfemizatsiyalashgan maqol hamda matallarni tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida “yumshatish” va “niqoblash” vazifalariga ko‘ra evfemizatsiyalashgan maqol va matallar tasnifi ishlab chiqilgan, konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish asosida ingliz va o‘zbek tillarida evfemizatsiya jarayonining voqelanish farqlari aniqlangan;
maqol va matallar tarkibidagi evfemizatsiya hodisasi parafraza, metafora, metonimiya, giperbola, litota, kinoya, o‘xshatish kabi uslubiy vositalar orqali namoyon bo‘lishi ingliz va o‘zbek tillari misolida qiyoslanib, mazkur uslubiy vositalar majoziy ma’no, evfemizm esa yashirin ma’no berishi misollar orqali dalillangan;
“madaniy kod” tushunchasi asosida evfemizatsiyalashgan maqol va matallarning ingliz va o‘zbek tillaridagi nisbati aniqlangan, ramz va belgilar asosida ifodalangan evfemizatsiyaning majoziy ma’nolari aniqlanib, paremiologik olam manzarasining lisoniy, konseptual va milliy olam manzaralari bilan bog‘liqligi ikki til doirasida asoslangan;
muloqot jarayonida semantik, pragmatik va metasemiotik yondashuvlar orqali maqol va matallarda real vaziyatni yashirish, odob-axloq me’yorlariga ko‘ra vaziyatni yumshatish, yoqimsiz holatni niqoblash, maqtovlar orqali fazilatlarni oshirish, o‘zini oqlash, tabulashtirish, xoinona harakatni yashirish, tinglovchi ongiga ta’sir etish, kayfiyatni ko‘tarish funksiyalari asosida evfemizatsiyaning hosil bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalaridan quyidagi loyiha va ishlarda foydalanilgan:
maqol va matallar tarkibidagi evfemizmlar parafraza, metafora, metonimiya, giperbola, litota, kinoya, o‘xshatish kabi uslubiy vositalar orqali gavdalanishi, uslubiy vositalar majoziy ma’no, evfemizm esa yashirin ma’no berishi misollar orqali isbotlanishi, ingliz va o‘zbek tillarida evfemizatsiyalashgan maqol hamda matallarning “madaniy kod” tushunchasiga asosan voqelanishiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-201709134-raqamli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 27.09.2024 yil 04/11-7904-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida semiotika, linvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika sohalarining uzviy bog‘liqligi asosida maqol va matallarning xalq og‘zaki ijodi mahsuli sifatida tadqiq qilishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarni qiyoslash va taqqoslash asosida maqol va matallardagi evfemik jarayonni tadqiq qilish, ingliz va o‘zbek paremiologik olam manzarasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, evfemizmlar lug‘atining shakllanishida lingvomadaniy jihatlarni yoritish masalalari bo‘yicha olingan natija va xulosalardan Farg‘ona tumani 62-umumta’lim o‘rta maktabida “The English Access Microscholarship Program” nomli AQSh elchixonasi tomonidan tashkil qilingan xalqaro loyihasida unumli foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7.11.2024 yil 31-ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida maqol hamda matallarning tarjima qilingan variantlaridan maktab o‘quvchilariga ingliz tili darslarida o‘rgatish loyiha doirasida samarali amalga oshirilgan;
lingvomadaniyatshunoslik, pragmalingvistika, semiotika va semantika sohalarining uzviy bog‘liqligi asosida maqol va matallarning xalq ijodi mahsuli sifatida tadqiq qilish ikki xalqning o‘ziga xosligini namoyon etib, madaniyatlarning bir birini tushunishga zamin yaratishi haqida dissertatsiyaning ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Oyina.uz rasmiy elektron portalining elektron targ‘ibot shakliga bag‘ishlangan turkum maqolalari, videolavhalarida va raqamli targ‘ibot laboratoriyasida podkast, ijtimoiy rolik, qadriyatlarni aks ettiruvchi ssenariylarni tayorlash va suratga olishda foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 07.10.2024 yil 21/63-163 ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishning natijalari barkamol avlodni tarbiyalash, yosh kadrlarga xorijiy tillarni o‘rgatish masalalarida muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.