Umarova Xurshidaxon Zikiryoxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz nasrida falsafiy-psixologik roman poetikasi (O‘ktam Usmonovning “Girdob” va Sol Bellouning “Gersog” romanlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2998.
Ilmiy rahbar: Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sodikov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz nasrida falsafiy-psixologik roman poetikasini qiyosiy aspektda tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
falsafiy-psixologik roman genezisi va taraqqiyot bosqichlari, badiiyatiga xos xususiyatlar, jumladan, muallif badiiy niyatining ma’lum bir falsafiy g‘oya va shaxs ruhiyatiining o‘zaro ta’siri masalalariga yo‘naltirilganligi, personajlarning ruhiy qiyofasi falsafiy tushunchalarni tahlil qilishga qaratilganligi, sujetning voqealar asosida emas, qahramon o‘y-tafakkuri bilan harakatlanishi, borliq, mavjudlik kabi umumbashariy falsafiy g‘oyalarning sujet kompozisiyasida yetakchilik kasb etishi kabi poetik jihatlar jahon adabiyoti namunalari misolida tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit bilan bog‘liq holda aniqlangan;
XX asr o‘zbek va AQSh adabiyotidagi falsafiy-psixologik romanlarda davr mafkurasining inson ruhiyatiga ta’siri, inson ichki olami tasviriga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar, ong oqimi, ichki monolog kabi psixologik tasvir vositalarining yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan;
O‘ktam Usmonov va Sol Bellou falsafiy-psixologik romanlarining mavzu, g‘oya, obrazlar tizimidagi o‘zaro o‘xshashliklari, sujet-kompozision tuzilishi va badiiy asar tilidagi o‘ziga xos jihatlari qiyoslangan; yozuvchilarning roman sujeti va kompozisiyasini qurishdagi uslubiy izlanishlari yoritilgan; falsafiy-psixologik romanda xronotop shakllarining badiiy xarakter ruhiy holati bilan bog‘liqligi, davrning qahramon ruhiyatiga ta’siri masalasi asoslangan;
“Girdob” va “Gersog” romanlarida murakkab xarakterga ega obrazlarni yaratish, qahramon ma’naviy-ruhiy dunyosini yoritishda muallif biografiyasidagi hayotiy voqea-hodisalarning aks etishi, psixologik portret yaratishdagi yozuvchilar ijodiy individual jihatlarining ustuvorligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz nasrida “Girdob” va “Gersog” romanlari tadqiqiga asoslangan falsafiy-psixologik roman poetikasi mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy va amaliy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
XX asr o‘zbek va AQSh adabiyotida falsafiy-psixologik romanlarda davr mafkurasining inson ruhiyatiga ta’siri, inson ichki olami tasviriga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar, ong oqimi, ichki monolog kabi psixologik tasvir vositalarining yetakchi o‘rin egallashi o‘zbek nasrida “Girdob” va ingliz nasrida “Gersog” romanlari misolidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama Club” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 8-iyuldagi 04/3648-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni mukammalashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.
O‘ktam Usmonov va Sol Bellou falsafiy-psixologik romanlarining o‘zaro o‘xshashliklari va o‘ziga xos jihatlari, yozuvchilarning roman sujeti va kompozisiyasini qurishdagi uslubiy izlanishlarining qiyosiy tadqiqi, falsafiy-psixologik romanda xronotop shakllarining badiiy xarakter ruhiy holati bilan bog‘liqligi, davrning qahramon ruhiyatiga ta’siri masalasiga oid xulosa va fikrlardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21- GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 8-iyuldagi 04/1988-son ma’lumotnomasi). Natijada romanlarning qiyosiy tahlili loyiha mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan boyitgan;
“Girdob” va “Gersog” romanlarida murakkab xarakterga ega obrazlarni yaratish, qahramon ma’naviy-ruhiy dunyosini yoritishda muallif biografiyasidagi ayrim voqea-hodisalarning aks etishi, psixologik portret yaratishdagi yozuvchilar ijodiy individual jihatlarining ustuvorligi yuzasidan chiqarilgan xulosa va tahlil natijalaridan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2024-yil 31-iyuldagi 1853-024-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy poetikaga oid qismi ilmiy jihatdan boyishiga erishilgan.