Raxmonova Iroda Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologizmlar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/Fil4886
Ilmiy rahbar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:G‘anieva Shodiya Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mazkur dissertatsion ishning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologik birliklarning leksik, grammatik, semantik jihatlarini tahlil qilish hamda tarjima qilish muammolarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“food/oziq-ovqat” komponentli frazeologik birliklarning eng qadimiy leksik qatlamlarga mansubligi, ularning ayrim guruhlari rivojlanish tabiati va intensivligi, birliklarda ma’lum madaniy kodlarning shakllanganligi, uni ifodalovchilarning ramziyligi hamda metaforizatsiya imkoniyati, shuningdek, u bilan bog‘liq bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/oziq-ovqat” komponentli substantiv iboralarning shaxsni tavsiflash bilan bog‘liqligi, ular ijobiy yoki salbiy bahoni o‘z ichiga olishi, har ikki tilda ham salbiy baho ifodalovchi frazemalarning son jihatidan ko‘pligi, fe’l frazemalarda baho minosabati orqali shaxs holatining tasvirlanishi, ushbu birliklar o‘rtasidagi farqlilik nafaqat miqdoriy parametrga balki semantik tomonga ham bog‘liqligi isbotlangan;
har ikki til lug‘at tarkibida “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologizmlarning sezilarli darajada ustunligi til jamoalarining tarixiy tajribasi, madaniyati hamda ruhiy-psixologik tuzilmasidagi o‘ziga xoslik bilan ajralib turishi, shuningdek, frazeologik obrazlar tizimini ma’joziy ma’noda anglashning milliy o‘ziga xos imkoniyatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari kabi tipologik va genetik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki xil til tizimining “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologik birliklari tahliliga differensial yondashuv asosida frazeologik zaxirasining o‘ziga xos tabiati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
frazeologik birliklarning eng qadimiy leksik qatlamlarga mansubligi, ularning ayrim guruhlariga xos rivojlanish tabiati va intensivligi, bu birliklarda ma’lum madaniy kodlarning mavjudligi, uni ifodalovchilarning ramziyligi hamda metaforizatsiya imkoniyati, har ikki tilda ham salbiy baho ifodalovchi frazemalarning son jihatidan ko‘pligi, shuningdek, frazemalar bilan bog‘liq bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar haqidagi ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining F3-2019081663-raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (electron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 1/04-125-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
har ikki tilning lug‘at tarkibida frazeologizmlarning sezilarli darajada ustunligi til jamoalari tarixiy tajribasi, madaniyati hamda ruhiy-psixologik tuzilmasining o‘ziga xosligi bilan izohlanishi mumkinligi, shuningdek, frazeologik obrazlar tizimini ma’joziy ma’noda anglashning milliy o‘ziga xos imkoniyatlari borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda yoshlar ishlari agentligining faoliyati va ustuvor vazifalari» nomli bir haftalik seminar-trening, uchrashuvlar va yoshlarning intellektual salohiyati hamda ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovining 2023-yilgi mavsumi Farg‘ona viloyati bosqichini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining boshqarmasining 2025-yil 17-yanvardagi 2-15-21-272-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlikning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga nisbatan aksiologik (qadriyatli) munosabatlarni yanada yuksaltirishga erishilgan.
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar tasvirining o‘xshashligi va farqli tomonlari; tipologik va genetik jihatdan keskin farqlanuvchi ikki xil leksik tizimning “food/oziq-ovqat” komponentli frazeologik birliklar tahliliga differensial yondashuv asosida aniqlangan mazkur tillar frazeologiya fondining o‘ziga xos milliy-madaniy tabiati yuzasidan berilgan xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-sentyabrdagi 01-12/141-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Maxsus reportaj”, “Jarayon” ko‘rsatuvlari uchun telenamoyish va radio eshittirishlar uchun materiallar tayyorlashda keng foydalanilgan.