Haydarova Umidaxon Xojiakbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tillar mumtoz adabiyotida suv arxisemali birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari (o‘zbek, ingliz va yapon tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Fil4223.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratilla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Dildora Azizovna, fillogiya fanlari doktori, professor; Abduhamidova Dilafruz Abduxabirovna, filoloogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va yapon tillarida suv tushunchalarining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish va ularni adabiy matnlarda semantik, lingvomadaniy tahlil jarayonida qiyosiy-chog‘ishtirish nuqtayi nazariga ko‘ra ochib berishdan iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va jahon tilshunosligida suv bilan bog‘liq tushunchalarning tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar o‘rganilib, tadqiqotlar bir yoki ikki til doirasida suv bilan bog‘liq leksemalarining etimologiyasi va maqol, matal, iboralar yordamida ifodalangan lingvomadaniy jihatlarni aks ettirishga qaratilgani aniqlangan; 
o‘zbek, ingliz va yapon mumtoz adabiyotida suv bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi birliklar miqdori lingvostatistik jihatdan isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi mumtoz matnlarda suv bilan bog‘liq tushunchalarning semantik maydoni umumiy va xususiy belgilari asosida to‘rt guruhga ajratilib, ular tarkibida tabiiy suv havzalari semantik jihatdan katta miqdorni tashkil etishi, sun’iy suv havzalari, tabiat hodisasi va hissiyot bilan bog‘liq suv leksemalari esa semalari kichikroq ko‘lamga egaligi asoslangan; 
mumtoz matnlarda berilgan suv leksemalarining neytral, ijobiy va salbiy semalari ko‘rsatilib, ularning yuzaga kelishida dinning ta’siri yuqori ekani, o‘zbek lingvomadaniyatida metaforalar orqali ochib berilgan semalar asosiy o‘rinni egallashi, ingliz lingvomadaniyatida maqollar, xristian ta’limotiga murojaatning ko‘pligi, yapon lingvomadaniyati esa sinto va buddaviylik nazariyalari orqali har uchala lingvomadaniyatda tafovutlar yuzaga kelgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
o‘zbek va jahon tilshunosligida suv bilan bog‘liq tushunchalarning tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar o‘rganilib, tadqiqotlar bir yoki ikki til doirasida suv leksemalarining etimologiyasi va maqol, matal, iboralar yordamida ifodalab kelgan lingvomadaniy jihatlarini aks ettirishga qaratilgani va o‘zbek, ingliz va yapon mumtoz adabiyotida suv bilan bog‘liq tushunchalarning  lingvostatistik miqdori bilan bog‘liq taklif va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yil fevral va avgust oylaridagi “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-avgustdagi 04-36-963-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar ssenariylari lingvomadaniy sohaga oid ilmiy yangiliklar bilan boyitilgan;
mumtoz matnlarda berilgan suv leksemalarining neytral, ijobiy va salbiy semalari ko‘rsatilgan, ularning yuzaga kelishida dinning ta’siri, o‘zbek lingvomadaniyatida metaforalar orqali ochib berilgan semalar,  yapon lingvomadaniyati  aks ettirilgan suv bilan bog‘liq tushunchalarning lingvokulturologiyasi ifodalangan lingvomadaniy xususiyatlariga oid xulosa va takliflardan “Memorandum of understanding between Fergana regional admisntration of the Republic of Uzbekistan and Nippon academy Japan, Gunma” nomli shartnoma doirasida “Farg‘ona viloyati yapon metodikasiga ixtisoslashtirilgan maktablarda yapon tili va madaniyatini o‘qitish”ga doir loyihada Farg‘ona viloyatining 19 ta maktablarida o‘zbek o‘quvchilariga yapon madaniyati va adabiyotini tanishtirishda tadqiqot manbasi hisoblangan mumtoz manbadan, vaka she’riy misollaridan va metaforalar yordamida yapon jamiyatining e’tiqodga doir qarashlarini tushuntirishda foydalanilgan va amaliy yordam ko‘rsatilgan (Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 01-17/2771-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari loyiha doirasida maktab o‘quvchilarining yapon madaniyati va adabiyoti haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi mumtoz matnlarda suv bilan bog‘liq tushunchalarning semantik maydoni umumiy va xususiy belgilari asosida to‘rt guruhga ajratilib, ular tarkibida tabiiy suv havzalari semantik jihatdan katta miqdorni, ammo  sun’iy suv havzalari, tabiat hodisasi va hissiyot bilan bog‘liq suv leksemalarining semalari kichikroq ko‘lamga egaligi asoslangan taklif va xulosalaridan Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023 yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan ( Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2024-yil 27-dekabrdagi 149-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro loyiha doirasida nashr etilgan ilmiy maqolalar uchun manba sifatida foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish