Djalilov Farrux Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zarafshon tog‘ tizmasi buloq va chashmalari (Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi (O‘zbekistonga qarashli qismi)», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V917.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Gandjaeva Lola Atanazarovna, biologiya fanlari doktori, professor; Pozilov Abduvoyit Pozilovich., biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon tog‘ tizmalari bulaq va chashmalari (Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae) mollyuskalarining faunasini aniqlash, ekologik va tarqalish xususiyatlarini ochib berish hamda muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon tog‘ tizmalari buloq va chashmalari suv ekotizimlarida Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae oilalariga mansub mollyuskalarning 6 oila va  7 ta urug‘ga mansub 24 turi aniqlangan;
balandlik mintaqalari bo‘yicha mollyuskalarning buloq va chashmalarda tarqalish zichligi va ekologik guruhlariga ko‘ra taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
mollyuskalarning buloqlar, chashmalar va ariqlarda tarqalishiga hamda chig‘anoqlarining o‘zgaruvchanligiga abiotik omillarning ta’siri ochib berilgan;
ilk bor konxologik belgilari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan E. turkistanica va E. globularis turlarini rDNK ni 18S sohasidagi nukleotidlar ketma-ketligi va olingan natijalar asosida alohida tur ekanligi isbotlangan; 
buloq va chashmalarda tarqalgan Kuiperipisidium terekense va Euglesa obliquata populyasiyalarda yoshi, zichligiga va chig‘anoqlari o‘lchamlariga  suv  muhiti omillarining  ta’siri  isbotlangan;
indikator turlaridan suv sifatini baholashda foydalanish, kamyob turlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan:
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshon tog‘ tizmasi buloq va chashmalari (Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi (O‘zbekistonga qarashli qismi) yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon tog‘ tizmasi hududidagi buloq va chashmalarda tarqalgan mollyuskalar Pisididae, Euglesidae, Belgrandiellidae, Lymnaeidae, Physidae, Planorbidae oilalari endem va noyob turlari hamda ularning himoyaga muhtoj populyasiyalarini saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlar Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 30 avgust 03-03/3-4281-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalari rejimini tizimli boshqarish orqali mollyuskalarning endem va noyob turlari yo‘qolish xavfi ostida bo‘lgan populyasiyalarini saqlab qolish va ularni muhofaza qilish imkonini bergan; 
Zarafshon tog‘ tizmasi buloq va chashmalarida tarqalgan Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini rDNK ning IS-2 sohasi 5.8S. uchastkasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NSBI) bazasiga (https://www.ncbi.nlm.nih.gov) joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining (NCBI) 2023 yil 30 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Euglesa turkistanica (OR616539) turining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ikki pallali mollyuskalarni aniqlash hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish