To‘rasunnat Shomansurxon Karomatxo‘ja o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xlorsulfolangan polietilen va epoksid smolasi asosidagi polimer materiallar uchun aminli qotiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2053.
Ilmiy rahbar: Qiyomov Sharifjon Nozimovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad, texnika fanlari doktori; Nazarov Nurullo Ibodullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: xlorsulfolangan polietilen va epoksid smolasi asosidagi polimer materiallar uchun yuqori samarali aminli qotiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
komponentlarning strukturasi va aktiv reaksion guruhlari epoksid smola bilan samarali bog‘lanish xususiyatiga ega, tarmoqlangan makromolekulyar tizimlar hosil qiluvchi yangi aminli qotiruvchilar sintez qilingan;
olingan aminli qotiruvchilarning kimyoviy tarkibi, fizikaviy xossalari va ularning polimerlanuvchi materiallarga ta’sir qilish mexanizmlari aniqlangan;
xlorsulfolangan polietilen va epoksid smolasi asosidagi polimerlarni, sintez qilingan aminli qotiruvchilar bilan modifikatsiya qilish usullari ishlab chiqilgan;
xlorsulfirlangan polietilen va epoksid smolasi asosida interpolimerlarni olishda aminli bog‘lovchi agentlar miqdori, mahsulotning qo‘llanilish sohasiga qarab, 2% dan 5% gacha bo‘lishi optimal ekanligi aniqlangan;
aminli qotiruvchilar asosida olingan reaktoplastlarning fizik-mexanik, olovbardoshlik va antikorrozion xossalari, hamda qo‘llashdagi texnik-iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xlorsulfirlangan polietilen va epoksid smolasi asosidagi polimer materiallar uchun aminli qotiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan aminli qotiruvchilar Qashqadaryo viloyati “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Avtotraktorradiator” QKning 2024 yil 26 oktyabrdagi 201-son ma’lumotnomasi). Natijada, termoreaktiv smolalarni uch tomonlama kimyoviy choklash orqali yangi turdagi antikorrozion qoplamalar olish imkonini bergan;
xlorsulfirlangan polietilen va epoksid smolasi asosidagi interpolimerlar Qashqadaryo viloyati “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan. (“Avtotraktorradiator” QKning 2024 yil 26 oktyabrdagi 201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar ta’siri natijasida metall konstruksiyalarda hosil bo‘ladigan korroziyalanish jarayonining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish