G‘ulomova Nargiza Sa’dullaevnaning 
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti g‘azallaridagi leksik birliklarning semantik bazasini yaratish”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fil904.
Ilmiy maslahatchi: Abjalova Manzura Abdurashetovna, filologiya fanlari doktori, professor v/b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Maxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bazarova Dilbar Urinbaeva, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yangi tipdagi Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish va uning bazasini takomillashtirish, korpusda izohtalab leksik birliklarning semantik tavsiflarini interaktiv tarzda chiqarish uchun “G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Favoyid ul-kibar” devonlaridagi leksik birliklarning semantik bazasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va o‘zbek korpusshunosligidagi mualliflik korpuslarining semantik teglarini ishlab chiqish tajribasi asosida muallif asarlaridagi leksik birliklarni korpus bazasi uchun semantik teglash texnologiyasi aniqlangan; 
yangi tipdagi Alisher Navoiy mualliflik korpusini takomillashtirishning dasturiy va lingvistik texnologiyalari ishlab chiqilgan, korpusning afzalliklari va ta’lim jarayonidagi zarurati dalillangan;
Alisher Navoiy mualliflik korpusida ma’lumotlarni taqdim etishning qiyoslash, kontekstuallik, keng qamrovlilik, tizimlilik tamoyillari ishlab chiqilgan, korpus menejerini shakllantirishda metama’lumotning zarurati yoritilgan va korpus reprezentatsiyasini ta’minlovchi xususiyatlar statistik jihatdan dalillangan;
semantik annotatsiyaga qo‘yilgan umumiy lingvistik, texnik, didaktik talablar belgilangan; Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan leksemalarni semantik teglashda fasetli tasnif asosida leksik-semantik guruhlarga ajratib tasnif etish afzalliklari aniqlangan;
“G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Favoyid ul-kibar” devonlari g‘azallaridagi she’riy san’atlar (talmeh, tashbeh, tanosub, irsoli masal, tazod, tasdir, tasbe’), xalq maqollari, turg‘un birikmalarini semantik teglash xususiyatlari aniqlangan va ularning semantik tavsiflari bazasi shakllantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy MKni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
jahon va o‘zbek korpusshunosligidagi mualliflik korpuslarining semantik teglarini ishlab chiqish tajribasi asosida muallif asarlaridagi leksik birliklarni korpus bazasi uchun semantik teglash texnologiyasi aniqlanganligiga oid xulosalardan 2023-2024-yillarga amalga oshirilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 23-noyabrdagi 04/1-3350-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy mualliflik korpusi bazasi uchun g‘azallarni semantik teglarini ishlab chiqish texnologiyasi qiyoslash, kontekstuallik, keng qamrovlilik, tizimlilik tamoyillari asosida takomillashib, korpusning afzalliklari va ta’limiy ahamiyati oshishiga erishilgan;
yangi tipdagi Alisher Navoiy MKni takomillashtirishning dasturiy va lingvistik texnologiyalari ishlab chiqilgan, korpusning afzalliklari va ta’lim jarayonidagi zarurati dalillanib, korpusida muallif asarlaridagi leksemalarni korpus bazasi uchun semantik teglash texnologiyasi aniqlanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yilda amalga oshirilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda oʻrganilishi va targʻiboti asosida koʻp tilli multimedia toʻplamini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-avgustdagi 14/1-2187-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy ijodining xorijda oʻrganilishi va targʻiboti asosida koʻp tilli multimedia toʻplamining dasturiy va lingvistik texnologiyalari ishlab chiqishda foydalanilgan;
“G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Favoyid ul-kibar” devonlari g‘azallaridagi she’riy san’atlar (talmeh, tashbeh, tanosub, irsoli masal, tazod, tasdir, tasbe’), xalq maqollari, turg‘un birikmalarini semantik teglash xususiyatlari aniqlangan va ularning semantik tavsiflari bazasi shakllantirilganligi to‘g‘risidagi xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 27-avgustdagi 14/1-2200-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plamining hamda til korpusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ko‘lamini oshirishga xizmat qilgan;
semantik annotatsiyaga qo‘yilgan umumiy lingvistik, texnik, didaktik talablar aniqlanganligi va Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan leksemalarni semantik teglashda fasetli tasnif asosida leksik-semantik guruhlarga ajratib tasnif etish afzalliklari ochiqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan “Alisher Navoiy asarlarining omonimlar izohli lug‘ati”ni nashr etishda foydalanilgan (Alisher Navoiy asarlarining omonimlar izohli lug‘ati [Matn]: o‘quv uslubiy lug‘at. – Navoiy: Navoiy, 2024. – 104 b. ISBN 978-9943-6940-9-5). Natijada semantik annotatsiyaga qo‘yilgan umumiy lingvistik, texnik, didaktik talablarga tayangan holda omonim so‘zlarni fasetli tasnif asosida leksik-semantik guruhlarga ajratishga erishilgan;
Alisher Navoiy mualliflik korpusida ma’lumotlarni taqdim etishning qiyoslash, kontekstuallik, keng qamrovlilik, tizimlilik tamoyillari ishlab chiqilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni”, “Bedorlik” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-iyundagi 04-36-759-son dalolatnomasi). Natijada, tinglovchilar dunyoqarashida Alisher Navoiy mualliflik korpusi semantik teglari bazasi va undan foydalanish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, yoshlarning Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishi hamda internet orqali g‘azal tahlillarini tez va qulay sharoitda o‘qish ko‘nikmalarining takomillashishiga ko‘maklashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish