Muzaffarova Nodira Mardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning kommunikativ texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7860
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievish. pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanova Shahnoza Abduraupovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Jumanazarov Umid Umurzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning kommunikativ texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning metodik imkoniyatlari lingvistik-madaniy, kommunikativ-etnografik, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarga muvofiq  professor-o‘qituvshining axborot, kommunikativ, konstruktiv, kognitiv va tashkiliy kabi kasbiy-pedagogik funksiyalari bilan ta’lim oluvshilarning vitagen tajribasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yisha integratsiyalash orqali kengaytirilgan;
fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning tarkibiy-kontentli modeli motivatsion, mazmunli, faoliyatli komponentlar, “8 step by step” bosqish,  ko‘p tillilik, davomiylik, ijodkorlik, madaniy yaxlitlik kabi tamoyillarga muvofiq pedagogik-psixologik, tashkiliy, didaktik shart-sharoitlarni ishlab shiqish asosida takomillashtirilgan;
fransuz tilini o‘qitishda madaniy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasidan foydalanishning mualliflik metodikasi talabalarning boshqa madaniyat vakillari bilan muloqot darajasi, boshlang‘ish, oraliq va yakuniy sinovlar davomida miqdoriy o‘zgarishlarning farqini aniqlash, o‘qish va nutq materiallarining ketma-ketligi va murakkablik darajasini maqbullashtirishga doir “til portfoliosi”ning adaptiv variantini ishlab shiqish asosida takomillashtirilgan;
fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning kommunikativ texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholashning motivatsion, kognitiv, xulq-atvor va refleksiv mezonlariga muvofiq minimum, maqbul va  integrativ ko‘rsatkishlar korrelyatsiyasi faktorli-tahlilga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning kommunikativ texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yisha olingan natijalar asosida:
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning metodik imkoniyatlarini lingvistik-madaniy, kommunikativ-etnografik, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarga muvofiq professor-o‘qituvchining axborot, kommunikativ, konstruktiv, kognitiv va tashkiliy kabi kasbiy-pedagogik funksiyalari bilan ta’lim oluvchilarning vitagen tajribasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha integratsiyalash orqali kengaytirishga oid ma’lumotlar barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun yaratilgan “La grammaire facile” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil, 28-dekabrdagi 11-05-7594/04 sonli dalolatnoma). Natijada. pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning metodik imkoniyatlarini yoritib berishga erishilgan;
fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning tarkibiy-kontentli modelini motivatsion, mazmunli, faoliyatli komponentlar, “8 step by step” bosqich,  ko‘p tillilik, davomiylik, ijodkorlik, madaniy yaxlitlik kabi tamoyillarga muvofiq pedagogik-psixologik, tashkiliy, didaktik shart-sharoitlarni ishlab shiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun yaratilgan “La grammaire facile” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil, 28-dekabrdagi 11-05-7594/04 sonli dalolatnoma). Natijada, fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatish jarayonini modellashtirishga xizmat qilgan;
fransuz tilini o‘qitishda madaniy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasidan foydalanishning mualliflik metodikasini talabalarning boshqa madaniyat vakillari bilan muloqot darajasi, boshlang‘ich, oraliq va yakuniy sinovlar davomida miqdoriy o‘zgarishlarning farqini aniqlash, o‘qish va nutq materiallarining ketma-ketligi va murakkablik darajasini maqbullashtirishga doir “til portfoliosi”ning adaptiv variantini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun yaratilgan “La grammaire facile” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil, 28-dekabrdagi 11-05-7594/04 sonli dalolatnoma). Natijada, fransuz tilini o‘qitishda madaniy kompetentlikni rivojlantirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fransuz tili mashg‘ulotlarida talabalarni madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning kommunikativ texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholashning motivatsion, kognitiv, xulq-atvor va refleksiv mezonlariga muvofiq minimum, maqbul va  integrativ ko‘rsatkichlar korrelyasiyasini faktorli-tahlilga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar  barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun yaratilgan “La grammaire facile” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil, 28-dekabrdagi 11-05-7594/04 sonli dalolatnoma). Natijada, fransuz tili mashg‘ulotlarida kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning pedagogik infratuzilmasi kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish