Babajanov Rustam Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ommaviy sportni rivojlantirish jarayonida inson kapitalidan samarali foydalanish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped822.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotiboldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy sportni rivojlantirish jarayonida inson kapitalidan samarali foydalanish orqali jismoniy tayyorgarlik darjasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi sport turlari mashqlarining kompleks dasturini ishlab chiqish hisobiga, jismoniy tayyorgarlik darajalarini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak trener-o‘qituvchilarning pedagogik konsepyilarini shakllantirishda shug‘ullanuvchilarning sport o‘yinlari asosida jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha maxsus jismoniy mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga sog‘lomlashtirish jarayonidagi inson kapitallari kompetensiyalari oshirilgan; 
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy bilimlarini, inson kapitallarini rivojlantirishga qaratilga jismoniy mashqlarni uch oylik mezotsikl dasturini shiddat zonalari bo‘yicha taqsimlangan holda shug‘ullantirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining sport ta’lim muassalarida ommaviy sportni rivojlantirishiga qaratilgan, shug‘ullanuvchilarning jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda to‘p bilan bajariladigan mashqlar va harakatlarni takrorlanishlar ta’siri asosida bosqichli ravishda foydalanish orqali jismoniy sifatlarni oshirishning innovatsion konseptual metodologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ommaviy sportni rivojlantirish jarayonida inson kapitalidan samarali foydalanish orqali jismoniy tayyorgarlik darjasini oshirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi sport turlari mashqlarining kompleks dasturi nazariy va amaliy tavsiyalar “Jismoni tarbiya va sport menejmenti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 03-16/11861-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ismoniy tarbiya va sport menejmenti” fanini o‘zlashtirish 40 % ga, “Ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkillashtirish” fanini o‘zlashtirish 45 % ga oshgan;
bo‘lajak trener-o‘qituvchilarning pedagogik konsepyilarini shakllantirishda shug‘ullanuvchilarning sport o‘yinlari asosida jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha maxsus jismoniy mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 03-16/11861-son ma’lumotnomasi). Natijada, turnikda tortilish 2,88 % ga, 100 metrga yugurish 1,20 % ga, turgan joyda uzunlikga sakrash 1,28 % ga, gimnastika o‘rindig‘ida oyoq tizzalarini bukmagan holdi oldinga engashish 3,15 % ga oshgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy bilimlarini, inson kapitallarini rivojlantirishga qaratilga jismoniy mashqlarni uch oylik mezotsikl dasturini shiddat zonalari bo‘yicha taqsimlangan holda shug‘ullantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) va psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekis ton Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 03-16/11861-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy sifatlari hamda fanlarni o‘zlashtirish 25 % ga oshgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining sport ta’lim muassalarida ommaviy sportni rivojlantirishiga qaratilgan, shug‘ullanuvchilarning jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda to‘p bilan bajariladigan mashqlar va harakatlarni takrorlanishlar ta’siri asosida bosqichli ravishda foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nukus filiali talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga va tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 03-16/11861-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy sifatlari 14 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish