Sherzodxon Yunusovich Maxmudovning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Qo‘qon xonligining diplomatik aloqalari (1709-1876)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD / Tar. 56.01
Ilmiy maslahatchi: Gulchehra Agzamova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdulahad Xo‘jaev, tarix fanlari doktori, professor; 
Haydarbek Nazirbekovich Bobobekov, tarix fanlari doktori, professor;
Skot Levi, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1709-1876 yillarda Qo‘qon xonligi diplomatik aloqalarining O‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qo‘qon xonligi dastlab Buxoro xonligi bilan rasmiy kelishuv shartnomalarini tasdiqlash orqali xalqaro maqomini qonuniylashtirishni uddasidan chiqqanligi, Erdonaxon (1753-1763) tomonidan 1760 yillarda Chin imperiyasining Sharqiy Turkistonga nisbatan harbiy harakatlariga qarshi Turkiston xonliklari hamda mintaqada harbiy jihatdan bir muncha kuchaygan Durroniylar sulolasini ittifoqchilikka tortishi, buning oqibatida Chin imperiyasi bilan iqtisodiy manfaatlar keltiradigan sulh kelishuvlarini qo‘lga kiritganligi uning tashqi dunyoda o‘zining siyosiy mavqei va maqomini o‘rnata olganligi dallilangan;
19-yuzyillikning boshlariga kelib, xonlikning Rossiya imperiyasi, Usmoniylar davlati, Hindiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishi orqali  global dunyo bilan faol siyosiy-iqtisodiy munosabatlarga kirishganligi, xususan, Olimxon (1800-1811), Umarxon (1811-1822), Muhammad Alixonlar (1822-1841)  Rossiya bilan savdo munosabatlarini o‘rnatishi, Qo‘qon savdogarlari uchun imperiya hududida erkin harakatlanish bo‘yicha savdo imtiyozlari berish masalasida, o‘sib borayotgan Rossiya imperiyasi tajovuzi havfi ostida Usmoniylar davlati hamda Hindiston bilan harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun muayyan ko‘mak – qurol-aslahalarning namunalarini olish, harbiylarni tayyorlash, tog‘-kon ishlariga mutaxassislar jalb etish hamda maxsus qo‘llanmalar olish masalalarida olib borgan diplomatik munosabatlarini tahlili orqali “Qo‘qon xonligi izolyasiyadagi qoloq davlat” degan qarashning noto‘g‘ri ekanligi isbotlangan;
19-yuzyillikning boshlarida tashqi siyosiy aloqalarga katta e’tibor bergan Ming sulolasi vakillari uning tashkiliy tomonlari – elchilarning havfsizligi, ta’minoti, ularga xonlik hududida muayyan davr mobaynida istiqomat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga katta e’tibor qaratib, ayrim qo‘shni davlatlar, hatto, Usmoniylar davlatidan farqli ravishda diplomatik munosabatlarni mustahkamlash  maqsadida poytaxt shaharning chetidagi Afg‘onbog‘ mavzesida xorijiy elchilar vaqtincha turadigan maxsus qarorgoh barpo qilingani, bu holat orqali esa xonlikning 19-yuzyillikning boshlarida tashqi siyosiy aloqalarga katta e’tibor bergani dalillangan;
Erdonaxon (1753-1762), Norbo‘taxon (1763-1799), Olimxon (1799-1811), Umarxon (1811-1822), Muhammad Alixonlar (1822-1841)  Chin imperiyasi bilan Koshg‘ar xojalari masalasida olib borgan diplomatik munosabatlarida bir tomondan siyosiy ustamonlik orqali Koshg‘ar, Yorkend va boshqa hududlarda qo‘qonlik savdogarlar, musulmon aholining huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, savdo yig‘imlari va bojlarini to‘plab xonlikka yuboradigan siyosiy boshqaruv organi bo‘lgan konsulliklar (Qo‘qon oqsoqolligi) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishishi xonlikning Sharqiy Turkistonga siyosiy  da’vogarligining natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu diplomatik yutuq bu xududdan olinadigan savdo bojlari hamda yillik 1000 kumush yombu miqdoridagi ulush xonlik uchun davlat xazinasini to‘ldiradigan yana bir manba bo‘lib xizmat qilganligi ochib berilgan. 
Sovet tarixshunosligida shakllangan Buyuk Britaniya Turkiston xonliklariga “ko‘z tikkan” degan qarashlar, dunyo tarixshunosligida esa ingliz-rus raqobati sifatida talqin qilingan “Katta o‘yin” (“Great Game”) nazariyasi Turkistonni egallashga qaratilgan degan yondashuv 1840-1860 yillarda Britaniya hukumatining Hindistondagi boshqaruvi vakillari tomonidan qayd etilgan va hozirda Britaniya kutubxonasi hamda Hindiston Milliy arxivida saqlanayotgan xujjatlar asosida noto‘g‘ri ekanligi, aslida bu jarayonlar Buyuk Britaniyaning Rossiya imperiyasini Hindistonga yaqinlashtirmaslikka qaratilgan siyosati bo‘lganligi dalillandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qo‘qon xonligi dastlab Buxoro xonligi bilan rasmiy kelishuv shartnomalarini tasdiqlash orqali xalqaro maqomini qonuniylashtirishni uddasidan chiqqanligi, Erdonaxon (1753 – 1763) tomonidan 1760-yillarda Chin imperiyasining Sharqiy Turkistonga nisbatan harbiy harakatlariga qarshi Turkiston xonliklari hamda mintaqada harbiy jihatdan kuchaygan Durroniylar sulolasini ittifoqchilikka tortishi, buning oqibatida Chin imperiyasi bilan iqtisodiy manfaatlar keltiradigan sulh kelishuvlarini qo‘lga kiritganligi uning tashqi dunyoda o‘zining siyosiy mavqei va maqomini o‘rnata olganligiga oid ma’lumotlardan 2016 – 2018 yillarda Tarix institutida bajarilgan I1-FA-G003-IZ-2015-0907175446 “O‘zbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 3/1255-2183-son ma’lumotnoma). Natijada Qo‘qon tashqi dunyoda o‘zining siyosiy mavqei va maqomini o‘rnata olganligini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
19-yuzyillikning boshlariga kelib, xonlikning Rossiya imperiyasi, Usmoniylar davlati, Hindiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishi orqali  global dunyo bilan faol siyosiy-iqtisodiy munosabatlarga kirishganligi, xususan, Olimxon (1800 – 1811), Umarxon (1811 – 1822), Muhammad Alixonlar (1822 – 1841)  Rossiya bilan savdo munosabatlarini o‘rnatishi, Qo‘qon savdogarlari uchun imperiya hududida erkin harakatlanish bo‘yicha savdo imtiyozlari berish masalasida, o‘sib borayotgan Rossiya imperiyasi tajovuzi havfi ostida Usmoniylar davlati hamda Hindiston bilan harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun qurol-aslahalarning namunalarini olish, harbiylarni tayyorlash, tog‘-kon ishlariga mutaxassislar jalb etish hamda maxsus qo‘llanmalar olish masalalarida olib borgan diplomatik munosabatlarga oid tahlillardan “Qo‘qon xonligining Usmoniylar davlati bilan diplomatik aloqalariga doir Usmonli arxividan aniqlangan hujjatlar” mavzusida Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Tarix bo‘limining bakalavr, magistr, doktorantlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminarda foydalanilgan (2018-yilning 12-oktyabrida Karabuk universitetining ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar tahlili “Qo‘qon xonligi izolyasiyadagi qoloq davlat” degan qarashning noto‘g‘ri ekanligini dalillashga xizmat qilgan;
19-yuzyillikning boshlarida tashqi siyosiy aloqalarga katta e’tibor bergan Ming sulolasi vakillari uning tashkiliy tomonlari – diplomatik tartib qoidalar, elchilarni kutib olish, qabul marosimi, ularning  havfsizligi, ta’minoti, ularga xonlik hududida muayyan davr mobaynida istiqomat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga e’tibor qaratib, diplomatik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida poytaxt shaharning chetidagi Afg‘onbog‘ mavzesida xorijiy elchilar vaqtincha turadigan maxsus qarorgoh barpo qilingani to‘g‘risidagi xulosalardan Tarix institutida 2007 – 2011 yillarda bajarilgan FA-F8-044 “XV-XIX asrning birinchi yarmidagi xalqaro aloqalar tizimida O‘zbekistonning tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 3/1255-2183-son ma’lumotnoma). Bu esa Qo‘qon xonligining 19-yuzyillikning boshlarida tashqi siyosiy aloqalarga katta e’tibor berganligini asoslashga xizmat qilgan;
Erdonaxon (1753 – 1762), Norbo‘taxon (1763 – 1799), Olimxon (1799 – 1811), Umarxon (1811 – 1822), Muhammad Alixonlar (1822 – 1841)  Chin imperiyasi bilan Koshg‘ar xojalari masalasida olib borgan diplomatik munosabatlarida Koshg‘ar, Yorkend va boshqa hududlarda qo‘qonlik savdogarlar, musulmon aholining huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, savdo yig‘imlari va bojlarini to‘plab xonlikka yuboradigan siyosiy boshqaruv organi bo‘lgan konsulliklar (Qo‘qon oqsoqolligi) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishishi xonlikning Sharqiy Turkistonga da’vogarligining natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu xududdan olinadigan savdo bojlari hamda yillik 1000 kumush yombi miqdoridagi ulush xonlik uchun davlat xazinasini to‘ldiradigani to‘g‘risidagi xulosalardan Tarix institutida 2012 – 2014 yillarda bajarilgan A1-FA-O-13634 FA-A1-GO39 “O‘zbekiston davlatchiligi tizimida diplomatik institutlar: taraqqiyot bosqichlari va ularning o‘ziga xos jihatlari (X-XIX asr birinchi yarmi)” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 3/1255-2183-son ma’lumotnoma). Natijada savdo bojlari va diplomatik munosabatlardagi kelishuvlar natijasidagi daromadlar xonlik uchun davlat xazinasini to‘ldiradigan yana bir moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilganligini asoslashga imkon bergan;
Turkiya, Buyuk Britaniya hamda Hindistondagi arxiv va qo‘lyozma jamg‘armalaridagi nodir asarlar va hujjatlar o‘rganilib, ulardagi ma’lumotlar asosida Qo‘qon xonligining Afg‘oniston, Hindiston bilan olib borgan diplomatik aloqalarining muhim jihatlariga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol”, “Qismat”, “Javohir”, “Elchilik tarixi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil 20-sentyabrdagi 06-28-841-son ma’lumotnomasi). Ushbu masala Buyuk Britaniyaning Turkistonni bosib olish rejasi bo‘lmaganligi, aksincha Rossiya imperiyasini Hindistonga yaqinlashtirmaslikka qaratilgan siyosati bo‘lganligini ochib berishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish