Diyora Abdurashidovna Tashkenbaevaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr ingliz tarixshunosligida mustamlaka turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti muammolarining yoritilishi” 07.00.08 -Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.3.PhD/Tar187.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Nodira Rahmanovna Maxkamova tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, professor Shuhrat  Ergashev, t.f.n. Asadova Shoira Inoyatovna 
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr ingliz tili tarixshunosligidagi mustamlaka Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixiga oid asosiy yo‘nalish va yondashuvlarini baholash va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
XX asr ingliz tilli tarixshunoslikda Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti tarixining o‘rganilishini 2 bosqichga ajratilgani isbotlangan: XVIII asrning ikkinchi yarmi- XIX asr oxirlarini qamrab olgan birinchi bosqich  uchun mintaqa, aholisining ijtimoiy tarkibi, hunarmandchiligi, shaharlar hayoti, mahalliy aholining marosim hamda an’analari haqida tarixiy bilimlarning to‘planishi xos bo‘lib, ular mualliflarning bevosita ishtirokidagi qaydlar, kundaliklar, diplomatik hisobotlarida, shuningdek alohida asarlarda mujassamlashib, tarixshunoslikning bu manbalari shakliga xos bo‘lgan sub’ektiv xususiyatlarni namoyon qilishi, XX asrni qamrab olgan ikkinchi bosqichda ingliztilli tadqiqotchilar manbalardan erkin foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lganliklari tufayli, o‘z asarlarini mavjud asarlar talqini, shaxsiy aloqalari orqali olingan uzuq yuluq ma’lumotlar asosida yaratganliklari ko‘rsatib berildi. 
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishiga oid ingliztilli tadqiqotlar tahlili reprezentativ manbaviy asoslarini yoqligi sababli Turkiston o‘lkasi jamiyati ijtimoiy tuzilishidagi o‘zgarishlar, sanoat rivojlanishidagi muammolar kabi masalalarni baholashda  ba’zi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar vujudga kelgani, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar hayotidagi ijobiy va salbiy  o‘zgarishlarning xolis manzarasini tasvirlash imkoni bo‘lmaganini ko‘rsatgani asoslandi; 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ingliztilli tarixshunoslikning Turkistondagi madaniy hayot, diniy e’tiqodlar, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy hayot masalalariga qiziqishining susayib borganligi kuzatilib, bu holat Sovuq urushning boshlanishi uning natijasida ilmiy hamkorlikning to‘xtatilishi bilan izohlanib, ushbu mavzuga doir yaratilayotgan ilmiy asarlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi; 
Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga doir nuqtai nazari kommunistik mafkura tazyiqi ostida bo‘lgan sovet mualliflari asarlaridagi yondashuvlar va qarashlardan konseptual jihatdan farq qilganligi, ayni paytda xorijiy tadqiqotlar metodologiyalarning xilma xilligi bilan ajralib turishi belgilangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlari ilmiy natijalari va xulosalari XX asr boshlariga kelib mustahkam manbaviy asosiga, xususan, musulmon tarixnavisligiga, xitoy manbalariga va o‘rta asr Evropa adabiyotshunosligiga tayanib amalga oshirildiki, bu ularning faoliyati yo‘nalishlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniya va AQShda Turkistonning kundalik hayotini hamda butun  mintaqa tarixini o‘rganish uchun ko‘p tarmoqli ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi yaratilgan bo‘lib, ular faoliyatining natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi kontenti mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 14-fevraldagi 14-07-249-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi XX asr boshlariga mansub inglizzabon tadqiqotlarning bibliografik ko‘rsatkichini tuzishda, shuningdek, Turkistonda madaniy va iqtisodiy sohalarining ingliz tarixshunosligidagi talqinini yoritishda asos bo‘lib xizmat qildi.  
Xorijiy ingliztilli mualliflar tomonidan Turkiston tarixi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili natijalari va ularning Turkiston tub aholisi jamiyatining ijtimoiy tuzilmasidagi o‘zgarishlar kabi muammolarni baholashdagi turlicha yondashuvlari, ziddiyatlar sabablari, yaratilgan asarlarda sanoat, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish muammolari, shuningdek, Turkiston tub aholisining dini, ma’rifati va ma’naviy-axloqiy hayoti masalalariga etarlicha e’tibor berilmaganligi haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat unitar korxonasining 2024-yil 20-fevraldagi 02-30-270-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida keng jamoatchilik e’tiboriga Turkiston tarixidagi muhim voqealarga G‘arb olimlarining muqobil qarashlari uni xolis yoritish maqsadida havola etildi.
Turkiston tarixi bo‘yicha xorijiy ingliztilli mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tahlili natijalari va ularning Turkiston tub aholisi jamiyatining ijtimoiy tuzilmasidagi o‘zgarishlar kabi muammolarni baholashdagi turlicha yondashuvlari, ziddiyatlar sabablari, yaratilgan asarlarda sanoat, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish muammolari, shuningdek, Turkiston tub aholisining dini, ma’rifati va ma’naviy-axloqiy hayoti masalalariga etarlicha e’tibor berilmaganligi haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Etno” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat unitar korxonasining 2024-yil 20-fevraldagi 02-30-270-sonli ma’lumotnomasi, O‘zR FA Tarix instituti 2019-yil 15-avgust 92,93-sonli ma’lumotnomalari ). Mazkur ma’lumotlar tarixiy obidalarimiz va boy ma’naviy merosimizni xorijiy tadqiqotchilar nigohidagi qiziqarli tafsilotlarini yoritishga xizmat qildi. Shuningdek, Turkistonning iqtisodiy va madaniy hayotiga oid yangi tadqiqotlarga ham ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Turkiston o‘lkasi tarixiga oid XX asr ingliztilli tadqiqotlar qo‘lyozma manbalar, arxiv hujjatlari, Turkiston o‘lkasida bo‘lgan tadqiqotchilar, sayyohlar, diplomatlarning xotiralari va sayohatnomalarida o‘lkaning  metropoliyaning qo‘shimcha xom ashyo manbasiga  aylantirilishi, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi qaror topishi bilan mintaqaning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlar, o‘ziga xos diniy siyosati, mahalliy dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar hayotidagi ijobiy va salbiy xarakterdagi o‘zgarishlar aks etgan ma’lumotlar  asosida yozilganligi haqidagi nazariy xulosalar Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzey fondini boyitish uchun foydalanilgan. (Qatag‘on qurbonlari xotirasi Toshkent muzeyi 2024 yil 7 oktyabrdagi 245-sonli ma’lumotnomasi). Muzey-qo‘riqxona faoliyati uchun taqdim etilgan manbalar va adabiyotlar tavsifi hamda ro‘yxati mutaxassislar, ilmiy xodimlar uchun ingliz tarixshunosligi bo‘yicha ilmiy-amaliy yo‘riqnoma sifatida  xizmat qiladi.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish